Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari. Sodda gaplarning murakkablashuvi gap konstruksiyasining kengayishi bilan bog’liq bo’libgina qolmasdan, bunda qatnashgan til birliklarining yarim predikativlikni keltirib chiqarishi bilan muhimdir. Mazkur ishda murakkablashgan sodda gaplarning tinglovchiga axborotni yetkazishdagi ahamiyati, badiiy matndagi ma'no salmog’ini aniqlash maqsad etildi. Nazarda tutilgan asosiy maqsadga quyidagi vazifalarni bajarish orqali erishiladi:
- murakkablashgan sodda gaplarning lingvopoyetikadagi mavqeyini belgilab olish:
- personaj nutqida ajratilgan bo’laklarning joylashish tartibini hamda uslubiy ahamiyatini aniqlab olish;
- nasrda uyushiq bo’laklarning semantik-stilistik xususiyatlarini ochib berish;
-undalmalarning uslubiy ahamiyatini ko’rsatish;
-kirish bo’laklarning semantik-stilistik mundarijasini oydinlashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |