Shukur Xolmirzayev hikoyalarida murakkablashgan sodda gaplar stilistikasi



Download 366,5 Kb.
bet14/17
Sana23.01.2022
Hajmi366,5 Kb.
#402344
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
O‘zbek filologiyasi fakulteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi

- Qismatboy, ketdik, - dedi Amirqul polvon – Agar bu mahmadana bilan yana biroz gaplashaman desangiz, qoling. Men uyda bo’laman, ishlarim ko’p. (O’zbek bobo).

Badiiy nutqda esa undalmalar jonli va jonsiz predmetlarga qaratilishi ham mumkin. Bunday undalmalar nutqning emotsional-ekspressivligi uchun xizmat qiladi: Shunqor. Mening Shunqorim, -dedi Yo`ldosh qush olidida cho`nqayib. – Ye,Yegin. Nimaga yemaysan? (Bandi burgut)

Undalma badiiy adabiyotda personajlar nutqini xarakterlash uchun ham xizmat qiladi. Masalan, maishiy mavzuda yozilgan asarlarda dialektal so’z bo’lgan undalmalarga murojaat qilinadi: - Yo`q, bu kattarib qolgan, ulim. Bu erkinlikning havosini olgan. (Bandi burgut)

8)Undalmalarning gapdagi o’rni (gap boshida, o’rtasida, oxirida) ham bahoni kuchaytirishda muhimdir. Odatda, baho undalmalari gap oxirida kelib, gapdan pauza bilan ajratiladi: - O’ylamang, Roziq bobo, - deya chapdagi tor ko’chaga yo’l olgan Polvon boboga ergashdi Qismatillo. – Ollohning karami keng emish. (O’zbek bobo)

Bu kabi tuzilish badiiy asarda personaj nutqida keladi: - Ha, bobong keldi, ulim. Otangni aytib jubor, - deb dedi Polvon qilchivirni ustunga bog’lar ekan, ovozi Sirriboyga yetadimi-yo’qmi – baribir, xuddi yonidagi kimsaga gap qotgandek (O’zbek bobo).

Murakkab tarkibli va undov so’zli undalmalar nutq qara­tilgan shaxs diqqatini jalb etish uchun qo’llanganda, gap boshi­da keladi. Bu vaqtda undalma bilan gap orasida pauza cho’ziqroq bo’ladi. Murakkab tarkibli undalmalar: - Hurmatli o’rtoqlar! – deb palag’da, xuddi keksalarga xos vazmin-shang’i ovozda boshladi. (Qushlar qishlovdan qaytdi). Undov so’zli undalmalar: Hoy, menga to’g’risini ayt, ayollarning lozim kiyishiga ruxsat berilganmi? (Qushlar qishlovdan qaytdi)

Undalma gap o’rtasida kelganda ham ko’pincha baho xarakteristikasini ifoda qiladi. Bunda u qisqaroq pauza bilan ajratiladi: - Yur, jo`ra. Yur-yur. Bu – bizning zalimiz. Ya`ni mehmonxona bu… Qara, yaxshi, a? Yaxshi (Bandi burgut).

Undalmalar ko’pincha gap boshida keladi. Chaqirish ma’nosida: -Hamid? Habibullo xotinining o’g’lining nomi bilan chaqirayotganini eshitib va uning yoning kelganini bilib, qomatini ko’tardi. (Qushlar qishlovdan qaytdi) .

Tinchlantirish ma’nosida: Domla-domla, qizishmang, - Sulton u kishiga mute’ ekanini anglatish uchun yelkasini qiyshaytirdi. (Navro’z, navro’z)

Haqorat ma’nosida: - He, ukkag’ar. (Qushlar qishlovdan qaytdi)

Erkalatish ma’nosida: Shunqor. Mening Shunqorim, -dedi Yo`ldosh qush olidida cho`nqayib. – Ye,Yegin. Nimaga yemaysan? (Bandi burgut)

Umum ma’nosida: O, inson, boshing omon bo’lsin-u, naqadar makkorsan. (Bandi burgut)

Ba’zan forsiy, arabiy izofalar undalma vazifasida keladi: He, birodari aziz, buyam holva ekan. (Bandi burgut)

Undalma bo‘lak fikr qaratilgan shaxsni bildirganida u bilan birga keladigan gapshakl tarkibida ega bo‘lak odatda ishlatilmaydi, chunki bunday qurilmada ega bo‘lakning ishlatilishi o‘ziga xos pleonazmni (ortiqchalikni) yuzaga keltiradi: - Xolajon, yirtqich qushlar o`zlarining atrofidagi tovuq jo`jalariga teginmaydi, - dedi Yo`ldosh. (Bandi burgut)

Ma’lumki, undalma takrorlanib qo’llanganda o’quvchi diqqati alohida ta’kidlangan, so’zlovchining nutqi to’laligicha qaratilgan shaxs yoki predmetga yo’naltiriladi, poetik matnda “emotsionallik ottenkasini bildirish uchun takrorlanib ham qo’llanadi”20: - Shunqor. Mening Shunqorim, -dedi Yo`ldosh qush olidida cho`nqayib. – Ye,Yegin. Nimaga yemaysan? (Bandi burgut)

Undalmalar uyushib kelganda uyushiq bo’laklar kabi tejamlilikka asoslangan ortiqchalik yuzaga keladi. Undalmalar uyushganda murojaat birdan ortiq subyektga qaratiladi, bunda mantiqiy ketma-ketlik mavjud bo’lib, uyushgan undalmalarda shakliy murakkablashuv yuzaga keladi: - Dada, onajon, bugungi kun meniki, mening gapimni qilasiz, to’g’rimi? – Mehmonlar ham “to’g’ri” deb tasdiqlashdi. (Bandi burgut)

Demak, undalmalarning murakkab shakllarda qo’llanilishi, takrorlanishi, uyushgan holda kelishi baho xarakteristikasiga ega, undalmaning morfologik-sintaktik ifodalanishi, leksik-semantik xususiyati, stilistik rolini e’tiborga olgan holda ularni ekspressiv sintaksis uchun xizmat qiladi deyish xato bo’lmaydi.

Tegishli nutqiy muloqot ehtiyoji va talabiga muvofiq gapning (yoki matnning) hajmi strukturasi, modal kommunikativ, badiiy-estetik jihatlari turlicha bo’lishi mumkun. Ana shu ehtiyoj va talabga uyg’un ravishda nutqiy jarayonda jumla ixchamlanishi, kengayishi, odatdagi shaklini saqlagan holda mazmun sig’imini orttirish , turli qo’shimcha axborotni o’z ichiga olishi, ifodalanayotgan fikrda so’zlovchining munosabatidagi o’zgarishlarni turli darajada aks ettirishi, yaxshi yoki muayyan bir qismining ayricha poetik ta’kid olishi kabi juda ko’p xilma-xil hodisalar mavjudki, ular turli sintaktik usul va vositalar orqali voqe bo’ladi. Mazkur usul va vositalardan biri kirish va kiritmalardir. Kirish va kiritmalar gapda (matnda) jiddiy kommunikativ va ayni paytda, semantik, struktur hamda lingvopoetik qiymatga egaligi bilan alohida diqqatga sazovordir. Ular ham kommunikativ sintaksisning, ham konstruktiv sintaksisning o’rganish obyektidir.

Kirish va kiritmalarni umumlashtiruvchi nom sifatida tilshunoslikda “paranteza// parenteza” dan boshqa “vstavka ”(kiritma), “vnesrniye”(kirgizma ), “vklineniye”(yozib kirgizma , suqub kirgizma) terminlaridan ham foydalanilgan.

O’zbek tilshunosligida kirish va kiritmalar uchun umumlashtiruvchi muayyan bir termin yo’q. Aslida, umumiy termin sifatida “kiritma” so’zidan foydalanish mumkin, u gapning pozitsion-struktual tarkibi ichiga boshqa birliklarni kiritishdan iborat hodisani ifodalay oladi. Ammo bu so’z tilshunosligimizda kirishlarga zid qo’yilgan sintaktik hodisani ifodalash uchun xoslanib, ilmiy an’anaga kirib bo’lgan. Shuning uchun, o’zbek tilida kirish va kiritmalarni umumlashtiruvchi termin sifatida “paranteza” terminini qo’llash maqsadga muvofiqdir.

Aytish mumkunki, bugungi o’zbek adabiyotida kirish bo’laklar anchayin faol qo’llanadigan va badiiy axborotning yanada to’liq, estetik ta’sirli tarzda ifodalanishiga ko’mak beradigan o’ziga xos murakkab sintaktik hodisalardan biri sifatida ham grammatik, ham leksik –semantik jihatdan o’rganilishi lozim bo’lgan dolzarb nazariy muammodir.

Kirish bo‘lak o‘zi qo‘shiluvchi gap anglatayotgan fikrga so‘zlovchining turli aqliy va hissiy munosabatini bildiradi; o‘zi qo‘shilayotgan gapga bir butun holda taalluqli bo‘ladi, odatda gapdan oldin joylashadi, shu sababdan bunday shakllarni “kirishish”21 deb nomlanishi to‘g‘riroq, degan fikrlar bor.

Kirish konstruksiyalar gap bo’laklaridan, gapdagi boshqa elementlardan pauza orqali ajralib turadi. Bu ajratishdagi boshqa intonatsion xususiyatlar (masalan, nutq sur’ati) ham ma’lum darajada rol o’ynaydi.

Kirish so’z va kirish gaplar ma’lum strukturadagi gapga qo’shimcha sifatida orttiriladi.O’sha gapning sintaktik qurulishiga , strukturasiga o’zgarish kiritmaydi, lekin mazmun va intonatsion jihatdan biror qo’shimcha o’zgarish kiritadi.

Kirish so’z o’sha gapdagi fikrga bog’liq bo’lgan shu haqdagi qo’shimcha mulohazalarni ifodalaydi.Bu mazmun ottenkalari juda xilma-xildir. ishonch(albatta, so’zsiz), taxmin (balki ,ehtimol), shodlik emotsiyalar (baxtimizga) va boshqalar: Albatta, men Yo’ldoshboyni oramizdan eng faqir To’raqulchadan ham baland ko’rmasdim-u, qo’lidagi burgut, uning antiqa savodxonligi , to’g’rirog’i, “bilag’onligi”, boringki, uninng “ madaniyati” meni juda qiziqtirar, qolaversa, ojiz bandamiz-da: kimsan – Rais boboning arzandasi bilan “do’stligimdan” hamda buni birovlar ko’rib turganidan g’ururlanar edim (Bandi burgut).

Kirish bo‘lak vazifasida kelgan birlikning gapning qayerida o‘rinlashishi asosan erkin: boshida ham, o’rtasida ham, oxirida ham kelaveradi. Ayrim birliklarda esa bog‘liqlik mavjud: faqat gapning oldida yoki oxirida keladi, masalan, shekilli modali gapning oxirida keladi:

Ma’lumki, kirish birliklarning aksariyati muayyan so’z (albatta, shaksiz), so’z birikmasi (gapning ochig’i, so’zning qisqasi) yoki gap (Rostini aytsam; Buni qarangki) shaklida turg’unlashgan, muayyan bir subyektiv – modal munosabati uchun xoslangan, shuning uchun bunday subyektiv –modal ma’nolar va ularni ifodalovchi birliklarni tipiklashtirish , konkret semantik guruhga ajratish mumkin

Kirish so’z – gap bo’laklari bilan sintaktik bog’lanmagan, gap bo’lagi vazifasida bo’lmagan, gapning ayrim bo’laklari yoki butun gapning mazmuniga so’zlovchining turli munosabatini ifodalovchi so’z: Qarangki, insonning tabiati ham sirtqi muhitdagi o`zgarishlarga mos holda o`zgarar ekan. Bizning-da lablarimizga kulgu yugurdi. O`zlari ham bilmasa kerak…(Bandi burgut)

Kirish birikma xuddi kirish so’z kabi vazifa bajaruvchi so’z birikmasi: Yo’ldoshboyning aytishicha, osmondan o’zga burgutlarning titroqli chinqirig’i eshitilgan chog’larda juda bezovta bo’larkan. (Bandi burgut)

Kirish gap – gap bo’laklari bilan sintaktik, grammatik jihatdan bog’lanmagan , asosiy fikrda qo’shimcha , yo’l-yo’lakay qo’shimcha fakt qiluvchi, to’ldirish, aniqlik kiritish va shu kabi maqsadda qo’llanuvchi gap, qavs, tire, vergul bilan gapdan ajratiladi: Yoz boshlanib ketgan, kunduz kunlari qanchalik issiq bo’lsa (tog’ning toshlari darrov qiziydi-da), kechalari shunchalik salqin, hatto sovuq bo’ladigan kunlardan biri edi. (Bandi burgut)

So’zlovchining bayon qilinayotgan fikrga subyektiv munosabatini bildirgan so’zlar kirish so’zlar, shu xildagi birikmalar kirish birikmalar deb ataladi.

Kirish so’zlar va kirish birikmalar gapning biror bo’lagi bilan sintaktik munosabatga kirishmaydi: Demak, ular so’z birikmasi tarkibiga ham kirmaydi: Unga qo’shilib mening ham yig’lagim kelib turgan bir paytda, xudo shohid, kallamga yana bir fikr keldiki, uning amalga oshganini ko’rib, boshim osmonlarga yetdi. (Bandi burgut)

Kirishlar so’zlovchi shaxsning aytilayotgan fikrga bo’lgan munosabatini ifodalaydi. Bo’lar quyidagi semantik-stilistik xususiyatlarga egadirlar:

1. Ishoich yoki tasdiq ifodalaydi, ya’ni so‘zlovchining anglatilayotgan fikrga ishonch darajasini ifodalaydi. Bu vazifada asosan modal birliklar, qisman boshqa turkumlarning birliklari, jumladan, sifat keladi. Bu tip badiiy uslubda nisbatan ko’proq qo’llanadi: Shubhasiz, bizdan jirkanar, nafratlanar edi bu gladiator burgut… (Bandi burgut)


Download 366,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish