To’g’ri, ularning o’rgatilgan bo’lishlari shart emas... Ishonavering, men bo`rttirayotganim yo`q. (Bandi burgut)
2. Gumon ifoda qiladi. Bu tip kirishlar badiiy nutqda personaj nutqida qo’llanadi: - Chog’imda, kun shu mahallar bo’g’an edi-yov. Qor tinimsiz jovayotganidan tomlarim ham kurovsiz qog’an edi. (Mangu yo’ldosh); Chamasi, ana shunday – yozning kuchi o’tgan kunlar edi – o’sha havo isib ketgan kunlar (O’zbek bobo).
Personaj nutqida yo’g’asam, boringki kirishlari ko’p qo’llanadi: Yo’g’asam, qo’yvor. (Bandi burgut)
Shu-da. Men ham istamayman…(Bandi burgut); Qarangki, insonning tabiati ham sirtqi muhitdagi o`zgarishlarga mos holda o`zgarar ekan. Bizning-da lablarimizga kulgu yugurdi. (Bandi burgut)
So’zlashuv uslubida sizga aytmoqchi bo`lganim, tag’in bir gap konstruksiyasi ham nutqdagi vazifasi va ma’nosiga ko’ra kirish vazifasida keladi: Tag’in bir gap: Yo’ldoshboyning aytishicha, osmondan o’zga burgutlarning titroqli chinqirig’i eshitilgan chog’larda juda bezovta bo’larkan. (Bandi burgut). Yoki Buning ustiga, bu o`zaro farqqa urg`u berishdan menga naf yo`q. Ya`ni sizga aytmoqchi bo`lganim, voqealarga anchayin daxli bor, xolos. (Bandi burgut).
3. Orzu-umid, istak, mamnunlik ifodalaydi. Bu tip kirishlar ham badiiy nutqda uchraydi: Xayriyat, yer loy-sirpanchiq edi, xolaning o`zi ham bazo`r qadam bosardi. Biz unga ergashi, shuvullaganimiz chuvullagan. (Bandi burgut).
4.Aytilayotgan fikrning oldingi fikr bilan aloqasini ifodalaydi. Bunga demak, xullas, xulosa qilib aytganda, anglashiladiki, shunday qilib, baribir, binobarin, ko’rinadiki, ochiq qilib aytganda, qisqasi, bir so’z bilan aytganda kabilar kiradi: Qisqasi, takxona ayvonidan ko`tarilgan zinapoya bilan ikkinchi qavatga chiqdik. (Bandi burgut). Qisqasi, To`raqulninp onasi qilchivirni uning qo`lidan olib, burgutchani o`zi sudray ketdi… Ha, engarakdan chiqarib, soyga optushadigan so`qmoqqa yo`naldi (Bandi burgut).
5. Aytilayotgan fikrning tartibini ifodalaydi. Bunga birinchidan, ikkinchidan, avvalo, nihoyat, oxiri kabilar kiradi: Ana shunaqa, aziz do’stlarim! Bir o’q bilan bir necha quyonni urdik. Birinchisi, Tohir bilan Zumradning uchrashuviga xalaqit beradigan janjalkashdan qutildik. Ikkinchidan, odamlarning nazarida, kamina yanada adolatliroq bo’lib ko’rindi. Uchinchidan... (Kuzda bahor havosi)
6.Taajjub ifodalaydi: –Obbo-o, o’zingizga o’xshamayapsiz, - dedi Tohir sezilarli qahr bilan. (Kuzda bahor havosi)
7. Ta’kid ifodalaydi: O`zlari ham bilmasa kerak… Ha-ha, biz ham unga ega bo`lishni istardik, xolos. (Bandi burgut). Ya`ni, sizga aytmoqchi bo`lganim, voqealarga anchayin daxli bor, xolos. (Bandi burgut).
8.Taxmin ifodalaydi. Aytilayotgan fikrning kimga qarashli ekanligini ifodalaydi. Bu tip kirishlardan menimcha, fikrimcha, nazarimda, aytishlaricha, bilishimcha... aytmoqchi kabilar ko’proq badiiy uslub uchun xarakterli: - Nega bo’lmasin? Biz maza qilyapmiz, menimcha, boshqalar ham befarq qolishmas. (Kuzda bahor havosi) Aslida, mening bilishimcha, shu kichkina chorbog’ arzimagan choypuliga tushgan...(O’zbek bobo)
II. Aytilayotgan fikrning oldingi fikr bilan aloqasini ifodalaydi. Bunda quyidagi holatlar kuzatiladi:
1. Bir gap, abzats yoki murakkab sintaktik butunlik tarkibida aytilgan keyingi fikr oldingi fikr bilan munosabatda bo’ladi. Bunda ko’pincha keyingi kirishli gap oldingi fikr xulosasi, yakuniday hisoblanadi. Bu vazifada badiiy uslubda bundan chiqdi, qo’ying-chi, baribir, yaxshisi, shu-shu, qildi-qildi, shunday qilib, bir so’z bilan aytganda, xullasi kalom, vassalom, binobarin, qarabsizki, qo’yingki, umuman kabi so’zlar keladi: Menga u bola yoqardi, umuman. (Bandi burgut). Yaxshi o`qirdi, informatsiyaga boy edi. Darvoqe, o`tgan bir-ikki oy mobaynida burgutcha ancha yetilib, bo`in-u qanotlari cho`zilib qolgan, qandaydir oriqlagandek ko`rinar, ammo yetilayotgan yirtqich qushligi yaqqol bilinib turardi. (Bandi burgut).
Bir abzats, murakkab sintaktik butunlikda aytilgan fikr oldingi matnda aytilgan fikr bilan munosabatga kirishib, uning xulosasi, yakunini ifodalaydi. Bu vaqtda ko’rinadiki, qisqasi, anglashiladiki, ko’rib o’tdikki, xullas kabi kirishlar keladi: Qisqasi, To`raqulninh onasi qilchivirni uning qo`lidan olib, burgutchani o`zi sudray ketdi… Ha, engarakdan chiqarib, soyga optushadigan so`qmoqqa yo`naldi. (Bandi burgut).
Aytilayotgan fikrning oldingi fikr bilan aloqasini ifodalovchi kirishlarning bir guruhi aytib o’tilganlarni eslatish uchun xizmat qiladi. Bu vazifada aytganday, aytgancha, aytmoqchi, darvoqe, nima bo’ldi-yu, buni qarangki, qarang kabi kirishlar keladi: Darvoqe, o`tgan bir-ikki oy mobaynida burgutcha ancha yetilib, bo`in-u qanotlari cho`zilib qolgan, qandaydir oriqlagandek ko`rinar, ammo yetilayotgan yirtqich qushligi yaqqol bilinib turardi. (Bandi burgut). Tag’in bir gap: Yo’ldoshboyning aytishicha, osmondan o’zga burgutlarning titroqli chinqirig’i eshitilgan chog’larda juda bezovta bo’larkan (Bandi burgut).
IV. Aytilayotgan fikrning tartibini ifodalaydi. Bu vazifada birinchidan, ikkinchidan, avvalo, nihoyat, so’ngra, oxiri, dastlab, innaykeyin kabi so’zlar keladi. Bulardan nihoyat, dastlab, avvalo, oxiri kabilar badiiy, uslubda ko’proq qo’llanadi: Ana shunaqa, aziz do’stlarim! Bir o’q bilan bir necha quyonni urdik. Birinchisi, Tohir bilan Zumradning uchrashuviga xalaqit beradigan janjalkashdan qutildik. Ikkinchidan, odamlarning nazarida, kamina yanada adolatliroq bo’lib ko’rindi. Uchinchidan... (Kuzda bahor havosi)
Yoki ... Tolstoy uni tinglashga majbur bo’lib, ko’p xalqlarda inson oltmish yoshga to’lganidan keyin “tarki dunyo etish odati” mavjudligi (masalan, hindularda o’shanday odamlarning o’rmonlarga ketib qolishlari, O’rta Osiyoda esa Ahmad Yassaviy degan so’fiyning 63 yoshdan keyin yer ostiga tushib yashagani...) haqida vazminlik bilan gapirib, nihoyat, barcha payg’ambarlar – Allohning yerdagi rasullari ekani...(Tanholik)
Kiritma tuzilmalar gap mazmuniga yoki uning ayrim bo’laklari ma’nosiga oid qo’shimcha izoh, ma’lumotlar beradi. Bular gap tarkibiga nutq jarayonida kiritilib, gap bilan logik - semantik jihatdan munosabatga kirishadilar.
Kiritma tuzilmalar intonatsion jihatdan mustaqillikka ega bo’ladilar. Ular biror so’roqqa javob bo’lmaydi, sintaktik vazifa bajarmaydi, gap bo’lagi yoki qo’shma gaplarning kesimi bo’lib kelmaydi.
Kiritma tuzilmalar tushunilishi qiyin yoki tushunilmaydigan so’zlar (dialektizm, professionalizm, termin, jargonizm, arxaizm, istorizm kabilar) ma’nosini, ayrim leksik birliklarning talaffuzi va etimologiyasini izohlash, so’zlovchining sub’yektiv - emotsional munosabatini ifodalash, xabar manbaini ko’rsatish, qo’shimcha ma’lumotlar berish uchun xizmat qiladi: Yoz boshlanib ketgan, kunduz kunlari qanchalik issiq bo’lsa (tog’ning toshlari darrov qiziydi-da), kechalari shunchalik salqin, hatto sovuq bo’ladigan kunlardan biri edi. (Bandi burgut).
Kiritma tuzilmalar tuzilishiga ko’ra 3 turga bo’linadi: kiritma bo’lak, kiritma birikma, kiritma gaplar.
Kiritma bo’lak ayrim so’z shaklida bo’ladi: Bo`z mergan degan ovchi bo`lardi. Yonida bir juft tozi (it) bilan bitta gurju (kuchukvachcha)ni ergashtirib yurardi.
Kiritma birikmalar so’z birikmasi shaklida bo’ladi: Tag`in shunisi zavqli ediki, u (hamon oyog`idan bog`langan) kata qafas ichida qanotlarini hilpillatib urib, burchakka suyab qo`yilgan quruq o`rik shohiga uchib chiqar, osha yerda mag`rur o`tirib, patlarini cho`qir, sargish, gachak tumshug`ini butoqqa rosa surkab artar edi. (Bandi burgut).
Kiritma gaplar gap shaklida bo’ladi: Yoz boshlanib ketgan, kunduz kunlari qanchalik issiq bo’lsa (tog’ning toshlari darrov qiziydi-da), kechalari shunchalik salqin, hatto sovuq bo’ladigan kunlardan biri edi. (Bandi burgut).
Kiritma tuzilmalar gapning barcha tiplari tarkibida kelishi mumkin. Ba’zan bir gap (ko’proq murakkablashgan gaplar) tarkibida bir necha bo’lishi ham mumkin: ...Tolstoy uni tinglashga majbur bo’lib, ko’p xalqlarda inson oltmish yoshga to’lganidan keyin “tarki dunyo etish odati” mavjudligi (masalan, hindularda o’shanday odamlarning o’rmonlarga ketib qolishlari, O’rta Osiyoda esa Ahmad Yassaviy degan so’fiyning 63 yoshdan keyin yer ostiga tushib yashagani...) haqida vazminlik bilan gapirib, nihoyat, barcha payg’ambarlar – Allohning yerdagi rasullari ekani... (Tanholik)
Yoki quyidagi kiritmalarga diqqat qiling: ... Ostin ibodatxonasida tilovat qilish – o’tgan gunohlar (gunohlarini Lev Nikolayevich aniq eslolmas, biroq har qadamida his qilardi) uchun tavba qilish – ha-ha, ruhoniydan “gunohlarimni so’rab bering” deb iltimos qilish emas (unday ruhoniylarning tili boshqv-yu, dili boshqa ekanini Lev Nikolayevich yaxshi biladi: bu holni badiiy asarlarida ham, maqolalarida ham baralla aytgan, shu tariqa, albatta, cherkovning g’azabini qo’zg’agan, keyin esa umuman dinga, Isoga munosabatini ochiq bayon qilib, Injilni noto’g’ri talqin qilayotganlarini isbotlab berganida, cherkovning toqati tugagan edi) .... (Tanholik)
Odatda, so’zlashuv uslubida kiritmalarga ko’proq ehtiyoj seziladi. Bunday nutqning oldindan o’ylab shakllantirilmasligi, ya’ni fikrni tayyorgarliksiz ifodalash nutqqa kirish gaplar kiritish zaruratini tug’diradi. Bu nutq situatsiyasi, nutqning kimga qaratilganligi, uning yoshi, bilimi, kasbi, shevasi kabi holatlar bilan bog’liq bo’ladi. Natijada bu xususiyatlar nasriy asarlarda personajlar nutqiga ko’chiriladi. Personajlar nutqida uchraydigan kirish gaplar personajlarning o’ziga xos tabiati, xarakterini ochish uchun, uning nutqini ifodalashga qaratilgan turli til vositalarini izohlash yoki sharhlash uchun xizmat qiladi: Tag`in shunisi zavqli ediki, u (hamon oyog`idan bog`langan) katta qafas ichida qanotlarini hilpillatib urib, burchakka suyab qo`yilgan quruq o`rik shohiga uchib chiqar, osha yerda mag`rur o`tirib, patlarini cho`qir, sargish, gachak tumshug`ini butoqqa rosa surkab artar edi. (Bandi burgut)
Kiritmalar orqali personaj kechinmalari, obrazlar harakatining ichki motivlari, his-hayajonning sabablari, tasvirlanayotgan voqelikka bo’lgan munosabat kabilarni ifodalash, ifoda qilinayotgan fikrni izohlash yoki bu haqda qo’shimcha ma’lumot berish asar voqealarini aniq aks ettirishga yordam beradi: Tag’in bir gap: Yo’ldoshboyning aytishicha, osmondan o’zga burgutlarning titroqli chinqirig’i eshitilgan chog’larda juda bezovta bo’larkan. Yoz boshlanib ketgan, kunduz kunlari qanchalik issiq bo’lsa (tog’ning toshlari darrov qiziydi-da), kechalari shunchalik salqin, hatto sovuq bo’ladigan kunlardan biri edi. Yoki Ishonavering, men bo`rttirayotganim yo`q. Buning ustiga, bu o`zaro farqqa urg`u berishdan menga naf yo`q. Ya`ni, sizga aytmoqchi bo`lganim, voqealarga anchayin daxli bor, xolos. (Bandi burgut).
Kiritma gapning qo’shma gap tarkibidagi sodda gapdan farqi – uning ma’lum gapga nutq momentida tug’ilib qolgan ehtiyojiga ko’ra kutilmagan tarzda birdan kiritilishi. Kiritma gapning xususiyati uning yig’iq (kesimdangina iborat) bo’lmasligi: Tag`in shunisi zavqli ediki, u (hamon oyog`idan bog`langan) kata qafas ichida qanotlarini hilpillatib urib, burchakka suyab qo`yilgan quruq o`rik shohiga uchib chiqar, osha yerda mag`rur o`tirib, patlarini cho`qir, sargish, gachak tumshug`ini butoqqa rosa surkab artar edi (Bandi burgut).
Ma’lumki, nutq jarayonida aytilayotgan fikrning tinglovchiga to’la yetib borishi ucun, gap mazmuniga yoki uning ayrim bo’laklari ma’nosiga oid qo’shimcha izoh, ma’lumotlar berish zaruriyati tug’iladi. Bu zaruriyati nutqda kiritmalarni qo’llash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Badiiy va so’zlashuv uslubida kiritmalar ko’proq qo’llaniladi. Kiritmalarning badiiy uslubida ko’proq qo’llanilishining sababi – personajlarning kechinmalarini, qahramonlarning xarakterini kengroq yoritib berishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |