Bitiruv malakaviy ishining o’rganilganlik darajasi. Til belgilar sistemasi bo’lib, lisoniy belgilar qatorida gap alohida mavqega egadir, chunki gapda shakl va mazmun to’liqligi namoyon bo’ladi. Hozirga qadar murakkablashgan sodda gaplarning o’ziga xos xususiyatlari muammosi rus va boshqa xorijiy tilshunoslikda birmuncha atroflicha o’rganilgan. O’zbek tilshunosligida mavjud darsliklarda ham murakkablashgan sodda gaplar bo’limi berilgan2. Ayrim ishlarda bunday gaplarning grammatik-semantik-stilistik xususiyatlari tadqiq etilgan3. Badiiy asar tiliga oid darsliklarda murakkablashgan sodda gaplarning stilistik xususiyatlariga to’xtalingan4.
Mazkur bitiruv malakaviy ishida ham murakkablashgan sodda gaplarning lisoniy xususiyatlari, badiiylikni ifodalashdagi o’rni o’rganildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |