Kutiladigan natijalar
|
O’qituvchi.
Mavzuni qisqa vaqt ichida barcha tinglovchilar tomonidan o’zlashtirishiga erishadi. Tinglovchilarga mavzuga nisbatan qiziqish uyg’otadi.
|
Tinglovchi.
Mavzu yuzasidan bilimlarni egallaydi. Yakka holda va guruh bo’lib ishlashni o’rganadi. Qisqa vaqt ichida ko’p ma’lumotlarga ega bo’ladi.
|
Kelgusi rejalar
|
Mavzuga doir manbalar bilan ishlash ko’nikmasini takomillashtirish. Sohaga oid innovatsion yangiliklarni amaliyotga tatbiq etish masalasini shakllantirish.
|
Shu mavzu yuzasidan qo’shimcha materiallar topadi, ularni o’rganadi, amaliyotga tatbiq etadi.
|
MAVZU: Ta’limning zamonaviy texnologiyalarini filologik ta’limda
qo’llash (Muhammad Yusuf ijodini o’rganish bo’yicha)
R E J A:
1. Tashkiliy qism.
2. Kichik ma’ruza. (Zamonaviy texnologiyalarning ta’limdagi o’rni haqida).
3. Fikriy hujum.
4. Muhammad Yusuf haqida videolavha namoyish etiladi (“Tug’ilmagan
qo’shiqlarim sizdan uzr” she’ri o’qiladi)
5. Guruhlarda ishlash:
a) “Raqamlar tilga kirganda”o’yinini tashkil etish;
b) Mavzuni “klaster” usulida yoritish;
s) Guruhlar o’rtasida “mushoira” uyushtirish;
d) “Biz baxtli bo’lamiz” she’rining video lavhasini namoyish etish;
e) “Aql charxi” mashqi ustida ishlash;
5. Yakuniy xulosa: Guruhlar baholanadi.
6. Foydalanilgan adabiyotlar.
Biz shu vaqtga qadar an'anaviy ta'limda o'quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o'rgatib kelan edik. Bunday usul o'quvchilarda mustaqil fikrlash, ijodiy izlanish, tashabbuskorlikni so'ndirar edi.
Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol uslublar (innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalari)dan foydalanib, ta'limning samaradorligini ko'tarishga bo'lgan qiziqish, e'tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar qo'llanilgan mashg'ulotlar talaba (yoki o'quvchi)lar egallayotgan bilimlarni o'zlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan. O'qituvchi bu jarayonda o’quvchilar tafakkurini rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi uchun sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik, yo'naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Bunday o'quv jarayonida o'quvchi asosiy ishtirokchiga, o’qituvchi esa faqat darsni boshqarub boruvchi-kuzatuvchiga aylanadi.
Pedagog - olimlarning yillar davomida ta'lim tizimida
Nega o'qitamiz?
Nimani o'qitamiz?
Qanday o'qitamiz? savollariga javob izlash bilan bir qatorda
Qanday qilib samarali va natijali o'qitish mumkin? - degan savoliga ham javob qidirdilar*.
Bu o’z-o’zidan olim va amaliyotchilarni o'quv jarayonini texnologiyalashtirishga, ya'ni o'qitishni ishlab-chiqarishga oid aniq kafolatlangan natija beradigan texnologik jarayonga aylantirishga urinib ko'rish mumkin, degan fikrga olib keldi.
Bunday fikrning tug'ilishi pedagogika fanida yangi pedagogik texnologiya yo'nalishini yuzaga keltirdi.
Bugungi kunda ta'lim muassasalarining o'quv-tarbiyaviy jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanishga alohida e'tibor berilayotganining asosiy sababi qo'yiidagilardir:
Birinchidai, pedagogik texnologiyalarda shaxsni rivojlantiruvchi ta'limni amalga oshirish imkoniyatining kengligida. «Ta'lim to'g'risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da rivojlantiruvchi ta'limni amalga oshirish masalasiga alohida e'tibor qaratilgan.
Ikkinchidan, pedagogik texnologiyalar o'quv-tarbiya jarayoniga tizimli faoliyat yondashuvini keng joriy etish imkoniyatini beradi.
Uchinchidan, pedagogik texnologiya o'qituvchini ta'lim-tarbiya jarayonining maqsadlaridan boshlab, tashxis tizimini tuzish va bu jarayon kechishini nazorat qilishgacha bo'lgan texnologik zanjirni oldindan loyihalashtirib olishga undaydi.
To'rtinchidan, pedagogik texnologiya yangi vositalar va axborot usullarini qo'llashga asoslanganligi sababli, ularning qo'llanilishi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablarini amalga oshirishni ta'minlaydi*.
O'quv-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning to'g'ri joriy etilishi o'qituvchining bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa o'quvchidan ko'proq mustaqillikni, ijodni va irodaviy sifatlarni talab etadi.
Har qanday pedagogik texnologiyaning o'quv-tarbiya jarayonida qo’llanilishi shaxsiy xarakterdan kelib chiqqan holda, talaba (yoki o'quvchi)ni kim o'qitayotganligi va o'qituvchi kimni o'qitayotganiga bog'liq.
Pedagogik texnologiya asosida o'tkazilgan mashg'ulotlar yoshlarning muhim hayotiy yutuq va muammolariga o'z munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, o'z nuqtai nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi.
Shuningdek bugungi darsimizda “Ta’limning zamonaviy texnologiyalarini filologik ta’limda qo’llash” mavzusini Muhammad Yusuf ijodini o’rganish bo’yicha yoritishga harakat qilamiz.
Muhammad Yusuf hayoti va ijodi maktabda 8-sinf adabiyot darslarida o’rganiladi.
Muhammad Yusuf she’riyatidan o’quvchi nima olishi mumkin?
Har bir o’zbek xonadoniga kirib borgan shoir ijodi nafaqat o’quvchilarni, balki butun kitobxon muxlislarni, she’riyat ahliga mansub barcha ixlosmandlarni qalblariga bir titroq bo’lib kiradi. Tongda esgan bir sarin sabodek, musaffo shabnamdek ko’ngillarimizga huzur-halovat, ma’naviy ozuqa olib kiradi Muhammad Yusuf she’rlarida insondagi yashirin tuyg’ularning samimiy tasvirlanishi, his-tuyg’ularning haqqoniyligi, inson ko’nglidan kechgan, ifodalash mushkul bo’lgan sezgilarning o’ta tabiiy aks ettirilishi, Vatan madhining xalqona ohangda ifodalanishi o’quvchilarni xalqni, hayotni sevishga, ulug’lashga chaqiradi. Estetik tarbiyani shakllantiradi, vatanparvarlik tuyg’usini kuchaytiradi.. Demak, biz shu maqsadga erishish uchun o’quvchilarga sevimli shoirimizning ijodini zamonaviy texnologiyalar vositasida qiziqarli va ta’sirchan o’ta olishimiz kerak.
1987 YIL. XAYOL BOSHQA- HAYOT BOSHQA EKAN.
Do'stlaringiz bilan baham: |