Hisoblash tamoyili. Bu tamoyil korxonaning daromad va harajatlarini yuz bergan vaqtiga ko‘ra tan olish va shu vaqtdan boshlab ularni buxgalteriya hisobida va hisobotda aks ettirishni bildiradi. Soliq Kodeksiga muvofiq 1998 yil 1 yanvardan boshlab barcha korxonalar uchun ularning mulk shaklidan qatiy nazar sotish momenti qilib mahsulot (ish, xizmat) ni jo‘natish (bajarish) sanasi, ular uchun to‘lov pulini qachon kelib tushishidan qatiy nazar, qabul qilindi.
Ikki yoqlama yozuv tamoyili. Bu tamoyil korxonada yuz bergan har qanday operatsiyaning summasini bir vaqtning o‘zida ikkita schetda, ya’ni birining debetida va ikkinchisining kreditida aks ettirishni bildiradi. Ushbu tamoyilga amal qilish korxonaning aktivlari va ularning tashkil topish manbalari summalarini doimo teng bo‘lishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |