Buxgalteriya hisobi tamoyillari deganda uni yuritishda amal qilish lozim bo‘lgan qoida va tartiblar majmuasi tushuniladi.
Buxgalteriya hisobini yuritishning tamoyillari mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida Qonuni»ning 6- moddasi bilan belgilangan, shuningdek 1-son BXMS «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» ning 16-49 punktlarida ushbu tamoyillarning mohiyati ochib berilgan. Bu tamoyillarning asosiylari qo‘yidagilar.
Uzliksizlik tamoyili. Bu tamoyil korxonani doimo harakatdagi sub’ekt, ya’ni o‘z faoliyatini kelgusida davom ettiruvchi va rivojlantiruvchi sub’ekt sifatida qaraydi. Buxgalteriya hisobini uzliksiz yuritilishi korxonaning kelajagi borligidan darak beradi. Bundan tashqari buxgalteriya hisobi korxonaning kelajakda ravnaq topishiga xizmat qiluvchi vosita hamdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |