SNIPS (Claring House Interbank Payments System) moliyaviy tarmog'i 90% tashqi oldi-berdilarni jamlagan bo'lib, unda yuzlab banklar ishtirok etadi.
Banklararo elektron hisob-kitob sistemasining keyingi ravnaqi oxir oqibatda naqd pullarning butunlay yo'qotilishiga olib kelishi shubha tug'dirmaydi. Har qalay bu qat'iy qadamga barcha rivojlangan kapitalistik mamlakatlar amalda tayyordir. G'arbiy Yevropadagi kichik davlatlar tayyorgarlik tadbiri sifatida har bir yangi tug'ilgan chaqaloqqa bankda hisob raqami ochishni zaruriy shart qilib qo'ydilar.
O'z navbatida iqtisodiyotda, yangi informatsion texnologiyalardan foydalanish orqali ma'lumotlarni to'plash, saqlash, qayta ishlash va tarqatish bilan bog'liq ishlarni yengillashtirishga xizmat qiladi. Bu sohadagi yetakchi olimlarning fikriga ko'ra, informatika ilmiy va amaliy fanlar majmuasini tashkil qilib, ma'lumotlarni kompyuterlar yordamida qayta ishlash sistemalarini loyihalash, yaratish, baholash, ishlashini ta'minlash bo'yicha barcha muammolarni o'rganish, bu sistemalarni boshqa sohalarga qo'llash va shu sohalarga ta'sirini o'rganadigan fandir. Qisqacha aytganda, informatika ma'lumotlarni ishlash jarayonlarini o'rganish va uni avtomatlashtirish yo'llarini izlashga xizmat qiladigan fan sifatida maydonga keldi.
Informatikaning usullari va vositalari ma'lum ma'noda moddiylashib, iste'molchilarga yangi informatsion texnologiya va sistemalar tarzida yetib boradi. "Informatsion texnologiya" deganda, ma'lumotlar majmuasi va bilimlar bazasi orqali
joylarda yoki masofaviy usulda xizmat ko'rsatishning zamonaviy hisoblash texnikasi programmaviy-texnik vositalari va tarmoqli hamda Internet aloqa vositalariga tayangan hozirgi zamon turlariga tushuniladi.
Mustaqillik sharofati bilan O'zbekistonda milliy axborot tizimini shakllantirish, axborot texnologiyalarini iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalarida keng qo'llash va halqaro axborot jamiyatiga kirish uchun puxta zamin yaratildi. Axborotlashtirish milliy tizimini shakllantirish O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to'g'risida»gi farmoniga muvofiq amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimiz internet tizimiga keng miqyosda ulandi va aholiga axborot xizmati ko'rsatish amalga oshirildi. Birgina 2004 yilda internetdan foydalanuvchilar soni 2 baravar ko'paydi va internet-klub va internet-kafelar soni yildan-yilga ko'payib bormoqda.
2004 yil aprel oyida «uz» sayti ro'yxatga olindi va Web-saytlar soni 600 taga yetdi. O'zbekiston Respublikasi xududida faoliyat yuritayotgan barcha banklar ham o'z saytlariga ega.
Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bank ishi yo'nalishini tugallagan mutaxassislarning banklarda o'z ish o'rinlariga ega bo'lishlari uchun o'zlari ustida tinimsiz izlanishlari va yangi axborot texnologiya vositalaridan foydalanishni bilishlari zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |