Shu sababli, davr ruhiga mos tushuvchi bozor iqtisodiyot g'oyalarini aks


O`zbekiston banklarning umumiy kapitali 6,5 trln. so`mdan oshd



Download 113 Kb.
bet4/7
Sana07.07.2022
Hajmi113 Kb.
#754380
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
banklarning moliya bozoridagi vazifalari

O`zbekiston banklarning umumiy kapitali 6,5 trln. so`mdan oshd

Respublika Markaziy bankida bank tizimining 2014 yilning I choragidagi faoliyati yakunlari hamda mamlakatimiz Prezidenti I. A. Karimov tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 17 yanvardagi majlisida belgilab berilgan 2014 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim vazifalari va ustuvor yo`nalishlari ijrosi hamda Vazirlar Mahkamasining shu yil 18 apreldagi yig`ilishida bank tizimi oldiga qo`yilgan dolzarb vazifalarning muhokamasiga bag`ishlangan kengaytirilgan Boshqaruv majlisi bo`lib o`tdi.
Majlisni O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F. Mullajonov boshqardi.
Qayd etildiki, hisobot davrida Markaziy bankning pul-kredit siyosati 2014 yil uchun mo`ljallangan makroiqtisodiy ko`rsatkichlarning bajarilishiga mamlakatimiz Prezidentining bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko`rsatkichlariga erishishga qaratilgan farmon va qarorlarida belgilangan vazifalarning so`zsiz bajarilishini ta`minlashga qaratildi.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar bank tizimida erishilgan ko`rsatkichlarning nafaqat xalqaro umumqabul qilingan me`yorlarga javob berishi, balki ayrim yo`nalishlar bo`yicha undan ham yuqori ko`rsatkichlarga erishilishini ta`minladi.
Xususan, bugungi kunda bank tizimi kapitalining etarlilik darajasi 24,3 foizni tashkil etib, u xalqaro bank nazorati bo`yicha Bazel qo`mitasi tomonidan belgilangan 8 foizlik talabdan 3 barobar ko`pdir. 2014 yilning 1 aprel holatiga ko`ra, banklarning umumiy kapitali 6,5 trln. so`mdan oshib ketdi.
Bank tizimining joriy likvidlik darajasi bir necha yildan buyon 65 foizdan yuqori bo`lib, bu jahon amaliyotida «yuqori» deb umumiy tarzda qabul qilingan ko`rsatkichdan 2 barobardan ham ortiqdir.
Bank aktivlari 2013 yilning shu davriga nisbatan 29 foizga o`sib, bugungi kunda 44,1 trln. so`mdan oshib ketdi.
«Mudis» xalqaro reyting agentligining 2014 yil 15 apreldagi «O`zbekiston bank tizimining rivojlanish istiqboli» hisobotida O`zbekiston bank tizimining rivojlanish istiqbollari ketma-ket beshinchi yil «barqaror» deb e`tirof etildi va bu respublikamizda samarali bank nazorati xalqaro standartlar asosida amalga oshirilayotgani, bank likvidligi va aktivlari sifati ustidan doimiy monitoring olib borilayotganini tasdiqlab turibdi.
Bugungi kunda, respublikamizning barcha tijorat banklari «Fitch Reytings», «Mudis» va «Standart end Purs» kabi etakchi xalqaro reyting agentliklarining «barqaror» reyting baholariga egalar.
Bank tizimi faoliyatining asosiy indikatorlari - «banklarning umumiy kapitali etarliligi», «tijorat banklarining likvidligi», «depozitlar hajmining dinamikasi», «kredit qo`yilmalari hajmining o`zgarishi» joriy yilning I choragi yakunlari bo`yicha yuqori bahoga mosdir.
Banklar tomonidan 2014 yil uchun ustuvor vazifalar etib belgilangan sanoatda yuqori texnologiyali va zamonaviy bo`lgan eng muhim ob`ektlar hamda quvvatlarni ishga tushirish, mamlakatda ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan yangilash va modernizasiyalashga qaratilgan keng ko`lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Xususan, hisobot davrida iqtisodiyotning real sektoriga yo`naltirilgan kreditlarning umumiy hajmi 2013 yilning shu davriga nisbatan 31,2 foiz ko`payib, bugungi kunda ularning miqdori 26,8 trln. so`mdan ortdi.
Banklarning investisiya maqsadlariga ajratilgan investision kreditlari miqdori ham 2013 yilning shu davriga nisbatan 1,2 barobardan ziyod oshib, 2014 yilning 1 aprel holatiga ko`ra 2,1 trln. so`mni tashkil etdi.
Mamlakatimiz rahbarining kichik biznesni rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish borasida qabul qilgan direktiv hujjatlari ijrosini ta`minlash borasida amalga oshirilgan keng ko`lamli chora-tadbirlar natijasida kichik biznes subektlariga ajratilgan kreditlar hajmi o`tgan yilning shu davriga nisbatan 1,3 barobar oshib, joriy yilning 1 aprel holatiga ko`ra 2,1 trln. so`mdan oshib ketdi.
Jumladan, mikrokreditlar hajmi 444,2 mlrd. so`mni tashkil etib, bu ko`rsatkich ham 2013 yilning shu davriga nisbatan qariyb 1,3 barobarga ko`pdir.
Tijorat banklari tomonidan ayollarning tadbirkorlik faoliyatini qo`llab-quvvatlashga yo`naltirilgan kreditlar miqdori 2013 yilning shu davriga nisbatan 1,8 barobar oshib, 2014 yilning 1 aprel holatiga ko`ra 240 mlrd. so`mdan ortdi.
Shuningdek, banklar yoshlarni, ayniqsa kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, ularning biznes loyihalarini moliyaviy qo`llab-quvvatlashga ham jiddiy e`tibor qaratib kelmoqda.
Xususan, 2014 yilning I choragida mazkur yo`nalishga 26,8 mlrd. so`m miqdorida kreditlar ajratilib, mazkur ko`rsatkich 2013 yilning shu davriga nisbatan 1,6 barobardan ziyod oshdi.
Mamlakatimiz banklarining barqaror holati, bank tizimiga bo`lgan ishonchning yildan-yilga oshishi hamda aholi real daromadlarining o`sib borishi aholi va xo`jalik yurituvchi sub`ektlarining bo`sh pul mablag`larini omonatlarga jalb qilishning mustahkam asosi bo`lib xizmat qilmoqda va pirovardida banklarning jami depozitlari miqdori yildan yilga oshib bormoqda.
Xususan, ushbu ko`rsatkich 2013 yilning shu davriga nisbatan 30,5 foiz o`sib, bugungi kunda uning miqdori 26,2 trln. so`mdan oshdi.
Hisobot davrida moliyaviy xizmatlar tarkibida, bevosita bank xizmatlarining ulushi 88 foizni tashkil etdi. Mazkur ko`rsatkich ham 2013 yilning shu davriga nisbatan 1,3 barobar ko`pdir. Bu esa, bank tizimini isloh qilish, aholi hamda tadbirkorlik sub`ektlariga zamonaviy bank xizmatlari ko`rsatish sifati va ko`lamini kengaytirish borasida ko`rilayotgan maqsadli chora-tadbirlarning samarasidir.
Bugungi kunga kelib 11,5 mln. donadan plastik kartochkalar muomalaga chiqarilgan, savdo va xizmat ko`rsatish shoxobchalariga 134 ming 615 ta hisob-kitob terminallarining o`rnatilishi respublikamizda naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini yanada rivojlantirish borasida ko`rilayotgan chora-tadbirlar natijasidadir.
Shu bilan birga, majlisda banklar tomonidan mijozlarga zamonaviy bank xizmatlari ko`rsatish va ular ishonchini yanada oshirish borasidagi mavjud ichki imkoniyatlardan to`liq foydalanmayotgan ayrim tijorat banklari faoliyati keskin tanqid qilindi.
Majlisda, joriy yilning birinchi yarmida bank tizimida amalga oshirilishi lozim bo`lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi. Xususan, tijorat banklari rahbarlari zimmasiga Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 17 yanvardagi majlisida 2014 yil uchun belgilab berilgan eng muhim vazifalar: tijorat banklarining faoliyatini xalqaro standartlar va prinsiplarga muvofiq baholash, tartibga solish hamda nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirish, etakchi xalqaro moliya institutlari bilan o`rnatilgan hamkorlikni yanada mustahkamlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlarini moliyaviy qo`llab-quvvatlash, bank xizmatlari turlarini yanada kengaytirish hamda sifatini yaxshilash, zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini bank faoliyatiga jadal tadbiq etish vazifalari topshirildi.
Shuningdek, ular zimmasiga «Sog`lom bola yili» Davlat dasturida belgilangan barcha vazifalarni og`ishmay bajarish, banklarning barcha bo`lim va filiallarida biznesni rivojlantirish uchun yanada qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, investisiya maqsadlari uchun ajratilayotgan kreditlar hajmini oshirish borasidagi ishlarni faol davom ettirish vazifalari ham yuklatildi.
Majlisda muhokama etilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.


Download 113 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish