Bundan ko‘rinadiki, ismlari keltirilgan rahbar xodimlar o‘zlarining lavozim vazifalarini talab darajasida bajarmasdan kelganlar.
Ta’lim muassasalarida davlat ta’lim standartlarining bajarilishi, ya’ni:
O‘rganilgan maktablardagi fan o‘qituvchilarining o‘quv rejalari DTS talablariga muvofiq holda tuzilgan, dars jadvali Kundalik.com tizimiga muvofiq. Maktabning Kundalik.com tizimidagi faoliyati nazorat etib kelinmoqda. Maktabda chorak yakuni bo‘yicha hisobotlar olingan va mavjud. Sinflarda o‘quvchilar soni amaldagi normativlarga mos. Maktablardagi dars jadvali o‘quv reja va SanPIN talablariga deyarli javob beradi. Qiyinlik darajasi yuqori fanlarning deyarli barchasi imkon qadar oldingi soatlarga qo‘yilgan. Fan o‘qituvchilarining metodika kunlari maktabning ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib inobatga olingan.
Biroq, 27-maktab bo‘yicha 1a-sinfda 40 nafar, 3a-sinfda 38 nafar, 7a-sinfda 37 nafar, 8b-sinfda 38 nafar o‘quvchilar mavjud bo‘lib, amaldagi normativlarga mos emas.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyunda №3271 raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatini shakllantirish tartibi to‘g‘risida” Nizom tasdiqlangan bo‘lib, mazkur Nizomning 2-bob 3-bandida Umumta’lim muassasalarining sinflarida o‘quvchilar soni shahar hududi va tuman markazlarida 25-35 nafargacha, qishloq hududida 20-35 nafargacha qilib belgilangan.
Maktabga kelgan va ketgan o‘quvchilar hisobini yuritish bo‘yicha hujjatlar axvoli;
Maktablarda kelgan va ketgan o‘quvchilar hisobini yuritish bo‘yicha harakat daftari va buyruq daftari mavjud, tasdiqlangan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan.
Shuningdek, 36-son va 32-son maktablarda kelgan va ketgan o‘quvchilar hisobini yuritish bo‘yicha harakat daftarida aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etildi. Buyruq daftari mavjud va rasmiylashtirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 17-iyunda №2684 raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Xalq ta’limi vazirligining 2015-yil 2-iyundagi 13-mh-sonli buyrug‘i ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomda “O‘quvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy o‘rta ta’lim muasasasidan boshqasiga o‘tkazish tartibi” tasdiqlangan.
Maktabda tarifikatsiya ro‘yxatining shakllantirilganligi:
Maktabda o‘qituvchilarga dars taqsimoti, tarifikatsiya ro‘yxatini shakllantirish uchun birlamchi hujjatlar mavjud. Tarifikatsiya ro‘yxati mavjud va tasdiqlangan. Maktabda o‘quvchilarga dars mashg‘ulotlarini to‘g‘ri tashkil qilish maqsadida fan o‘qituvchilari o‘zlarining mutaxassisliklariga mos fanlar bilan ta’minlangan. Maktablarda nomutaxassis o‘qituvchilar mavjud emas. Maktabda fan o‘qituvchilarini malaka oshirish kurslariga yuborish bo‘yicha yillik buyurtmalar mavjud. Maktablarda qoldirilgan darslarni qoplash daftari mavjud va belgilangan tartibda yuritib kelingan.
O‘quvchilar davomati va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etilganligi:
Maktablarda o‘quvchilar davomati har kunlik olinib, doimiy nazorat etib kelinmoqda. O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida tashkil etilgan fan va sport to‘garaklari hujjatlari mavjud va tasdiqlangan, doimiy nazorati yuritilgan.
O‘zlashtirishi qiyin, tarbiyasi og‘ir va profilaktik hisobda turgan o‘quvchilar mavjud bo‘lsa shu borada amalga oshirilgan ishlar:
Maktablarda tarbiyasi og‘ir yoki profilaktik hisobda turgan o‘quvchilar mavjud emas. Biroq 36-son va 48-son maktablar tomonidan o‘zlashtirishi qiyin o‘quvchilarni aniqlash va ular bilan ishlash yuzadan hech qanday amaliy ishlar olib borilmagan. Bu yuzadan bevosita maktabning O‘IBDO‘, MMIBDO‘, psixolog va Yoshlar yetakchisi mas’ul hisoblanib ularning ish rejalarida ham ko‘rsatib o‘tilgan.
Maktabda uslubiy birlashmalar faoliyati (ish rejasi, a’zolari o‘rtasida dars taqsimoti, oylik yig‘ilish bayonnomalari);
48-son maktabda Tabiiy fanlar, Aniq fanlar, Boshlang‘ich ta’lim, Tarbiya va ijtimoiy fanlar, Amaliy fanlar, Ona tili va adabiyot fani uslubiy birlashma hujjatlarida xatoliklar mavjudligi aniqlandi, shuningdek Rus tili va xorijiy til fanlari uslubiy birashma hujjatlari, ya’ni yig‘ilish bayonlari to‘liq tasdiqlanmagan, ish reja to‘liq emas va tasdiqlanmagan.
36-son maktabda Ijtimoiy fanlar, Tabiiy fanlar, Boshlang‘ich ta’lim, Ona tili va adabiyot fani, Aniq fanlar, Xorijiy tillar fani uslubiy birlashma hujjatlari, ya’ni ish rejasi bugungi kunga qadar tasdiqlanmaganligi aniqlandi.
32-son maktabda Boshlang‘ich ta’lim, Xorijiy tillar, Ona tili va adabiyot, Tabiiy fanlar, Amaliy fanlar, Aniq fanlar uslubiy birlashmalar hujjatlarida aniqlangan ayrim kamchiliklar joyida bartaraf etildi. Rus tili fani uslubiy birlashma yig‘ilish bayonlari rasmiylashtirilmagan, Sog‘lomlashtirish fani uslubiy birlashmasi yig‘ilish bayonlarida kamchiliklar mavjud.
27-maktabda Ona tili va adabiyot fani uslubiy birlashma ish rejasi bugungi kunga qadar tasdiqlanmagan. Boshlang‘ich ta’lim, Amaliy fanlar, Xorijiy tillar, Jismoniy tarbiya fani uslubbirlashma hujjatlari taqdim etilmadi.
5-son maktabda Boshlang‘ich ta’lim fani uslubiy birlashma hujjatlaridan yig‘ilish bayonnomalari mavjud emas.
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligining 2020-yil 13-avgustda “Xalq ta’limi tizimida uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi 183-sonli buyrug‘i 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim maktabining Metodbirlashmalari to‘g‘risida”gi Nizomning 2-bob 5-bandida “Metodbirlashmaning maqsadi o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini yanada yaxshilash, fan o‘qituvchilariga metodik yordamni tashkil etish, tegishli o‘quv fanlarini o‘qitish uslublarini takomillashtirish va o‘qitish sifatini oshirishiga ko‘maklashishdan iborat”ligi ta’kidlangan. Mazkur Nizomning 3-bob:
11-bandida Metodbirlashma tarkibi umumta’lim maktabi direktorining buyrug‘i bilan shakllantirilishi;
12-bandida Metodbirlashmaning faoliyati umumta’lim maktabi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan nazorat qilinishi;
13-bandida Metodbirlashma yillik ish reja asosida faoliyat ko‘rsatishi va ish rejasi metodbirlashma rahbari tomonidan ishlab chiqilib Metodbirlashma yig‘ilishida ko‘rib chiqilishi hamda umumta’lim maktabi direktori tomonidan tasdiqlanishi;
14-bandida Metodbirlashma yig‘ilishi har chorakda kamida bir marta o‘tkazilishi belgilangan.
Hususan, mazkur Nizomning 6-bob 32-bandida Metodbirlashma faoliyatiga doir hujjatlardan “Metodbirlashmaning tasdiqlangan yillik ish rejasi, yig‘ilish bayonnomasi va yillik hisoboti” bo‘lishi lozimligi, 33-bandida esa “Metodbirlashmaning yillik ish rejasi, yig‘ilish bayonnomasi, hisoboti 3 yil mobaynida saqlanishi hamda Metodbirlashma hujjatlarining yuritilishi va saqlanishiga Metodbirlashma rahbari javobgar hisoblanadi” – deb belgilangan.
Bundan xulosa qiladigan bo‘lsak, Shovot tumanidagi:
48-son maktabning Tabiiy fanlar, Aniq fanlar, Boshlang‘ich ta’lim, Tarbiya va ijtimoiy fanlar, Amaliy fanlar, Ona tili va adabiyot fani, Rus tili va xorijiy til fanlari uslubiy birashma rahbarlari;
Do'stlaringiz bilan baham: |