Shonazarova zumradning zoologiya fanidan



Download 412,35 Kb.
bet13/18
Sana17.07.2022
Hajmi412,35 Kb.
#813422
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Курс иши

Kiprikli infuzoriyalar (Ciliata) sinfi 
 Bu sinfga infuzoriyalar tipining ko‘pchilik turlari kiradi. Kiprikli infuzoriyalar bir hujay-
ralilar orasida ancha yirik hayvonlardir. Tanasining kattaligi 30—40 mkm.dan 1 mm gacha va 
undan ham yirikroq bo‘ladi. Kipriklar ular hayotining hamma davrlarida saqlanib qoladi. 
Sitoplazmasi ikki qatlamga - tashqi ektoplazma va ichki endoplazmaga aniq ajralib turadi. 
Ektoplazma sirtdan elastik va pishiq pellikula bilan qoplangan (20-rasm). Pellikula ikki qavatli, 
har qaysi qavati ikkita membranadan tashkil toptan. Ikkala qavat oralig‘i ochiq bo‘ladi. Pellikula 
sirti bir-biri bilan tutashib, turli shakllar hosil qiluvchi yo‘g‘on tolalar yordamida juda ko‘p 
katakchalarga bo‘lingan. Katakchalar pellikula sirtini panjaraga o‘xshab o‘rab turadi. 
Katakchalarning shakli har xil, tufelkada ular olti burchakli asalari inlariga o‘xshaydi (21-rasm).

Pellikuladagi tolalar tayanch skelet funktsiyasini o‘taydi; infuzoriya tanasi muayyan 
shaklini belgilab beradi. Infuzoriyalar ektoplazmasida kalta tayoqchaga o‘xshash tanachalar - 
trixotsistlar bo‘ladi. Trixotsistlar tana sirtiga nisbatan perpendikulyar joylashgan bo‘lib, 
pellikulaning sirtki qavatiga maxsus o‘simta orqali tegib turadi. Trixotsistlar himoya vazifasini 
bajaradi. Biron qo‘zg‘alish ta‘sirida, masalan, suvning kimyoviy tarkibi o‘zgarganda yoki 
yirtqich hayvonlar hujum qilganida trixotsistlar tashqariga otilib chiqib, uzun ipchalarni hosil 
qiladi. Ipchalar dushman tanasiga botib kirib, uni cho‘chitadi. Yirtqich infuzoriyalarda 
trixotsistlar ishlab chikargan modda o‘ljani falajlash xususiyatiga ega. ovqat hazm qilish 
organoidlari faoliyati bilan bog‘liq. Sodda tuzilgan infuzoriyalarning (Prorodon, Holophrya 
avlodi) og‘iz teshigi (sitostom) tanasi oldingi uchida joylashgan. Og‘iz atrofidagi kipriklar 
boshqa kipriklarga o‘xshash bo‘ladi. Boshqa infuzoriyalarda og‘iz teshigi tanasi qorin tomonida 
peristom deb ataluvchi og‘izoldi chuqurchasi tubida joylashgan. Og‘iz teshigi halqum - 
sitofarinks orqali endoplazma bilan bog‘langan. Og‘iz atrofidagi kipriklar ko‘pincha o‘zaro 
yopishib, maxsus membranalarni xosil qiladi. Tufelkaning og‘iz teshigi atrofida uch qator 
membranellalar joylashgan. Ular tebranib, oziqni og‘iz teshigiga suradi. Og‘iz apparati ancha 
murakkab va xilma-xil tuzilgan. Infuzoriyalarning ko‘pchi chiriyotgan bo‘laklari, mayda suv 

o‘tlari bilan oziqlanadi. Ularning og‘iz teshigi doimo ochiq bo‘lganidan oziq halqumga 


to‘xtovsiz kelib turadi. Tufelka halqumiga suv oqimi bilan zarralar oziq uchun yaroqli bo‘lmasa 
ham kelaveradi.
Suv oqimi bilan kelgan zarrachalar halqumning tubiga cho‘kib qoladi. Bu cho‘kmaga 
endoplazmadan biroz suyuqlik ajralishi bilan hazm vakuoli hosil bo‘ladi. Oziqqa to‘lgan vakuola 
halqumdan ajralib, endoplazmaga o‘tadi va sitoplazma oqimi bilan tana ichida aylanib yuradi. 
Endoplazmada bir qancha vakuollar bo‘lishi mumkin. Vakuollar harakati davomida 
endoplazmadan ajraladigan fermentlar ta‘sirida oziq hazm bo‘ lib, sitoplazmaga so‘riladi. Hazm 
bo‘lmaydigan oziq qoldiqlari tananing keyingi qismida joylashgan maxsus chiqarish teshikchasi 
— poroshitsa orqali sitoplazmadan chiqarib tashlanadi. 

Tufelkaning ovqat hazm qilish vakuolalari 1,5—2 daqiqada hosil bo‘lib turadi Dastlab 


hazm vakuolasi ichidagi muhit kislotali, hazm bo‘lish jarayonining keyingi davrlarida ishqoriy 
bo‘ladi. Bu ko‘p hujayrali hayvonlar ichidagi oziq moddalarning hazm bo‘lish jarayoniga 
o‘xshab ketadi. Tufelka hayoti davomida to‘xtovsiz oziqlanadi. 
Aksariyat ko‘ pchilik infuzoriyalar ektoplazma va endoplazmasi chegarasida qisqaruvchi 
vakuolalari bo‘ladi. Ayrim sodda tuzilgan vakillarida vakuola xuddi amyoba xivchinlilarga 
o‘xshash oddiy pufakchadan iborat. Lekin ko‘pchilik infuzoriyalarning qisqaruvchi vakuolalari 
ancha murakkab tuzilgan sistemani hosil qiladi. Tufelkaning ikkita qisqaruvchi vakuolalari 
tanasining oldingi va keyingi qismida joylashgan. Har qaysi vakuola markaziy rezervuardan va 
rezervuar atrofida joylashgan 5—7 ta yig‘uvchi naylardan iborat. Rezervuar juda ingichka 
naycha orqali tashqi muhit bilan bog‘langan. Sitoplazmadan ajralayotgan suyuqlik dastlab 
yig‘uvchi naylarda to‘planadi. Ular qisqarganda suyuqlik rezervuarga o‘tib, uni to‘ldiradi. 
So‘ngra rezervuar qisqarib, suyuqlik naycha orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Yig‘uvchi 
naylar va rezervuar faqat suyuqlikka to‘lgan davrdagina aniq ko‘rinadigan bo‘ladi. Odatda 
oldingi va keyingi vakuolalar galma-galdan qisqarib turadi. Tufelka vakuolasining pulsatsiya 
sikli uy haroratida 10— 15 soniya davom etadi. Dengizda yashovchi va parazit infuzoriyalarning 
qisqarish vakuola pulsatsiyasi ancha past bo‘ladi. Qisqaruvchi vakuolalar osmoregulyatsiya 
vazifasini bajaradi. Ko‘pchilik infuzoriyalar kislorod miqdori har xil bo‘lgan muhitda hayot 
kechira olishi mumkin. Masalan, odatda kislorodga boy muxitda hayot kechiradigan tufelka, bu 
gaz juda kamayib ketgan muhitda ham bemalol yashay oladi. Lekin bu jarayonda aerob 
moddalar almashinuvi anaerob almashinuv (glikoliz)ga o‘tadi. Ayrim infuzoriyalar (masalan, 
kavsh qaytaruvchi sut emizuvchilar oshqozonida yashovchilar) faqat kislorodsiz muhitda yashay 
oladi. Kislorod ular uchun zaharli hisoblanadi. 

Yadro infuzoriyalarda 2 xil bo‘lib, bitta katta yadro - makronukleus va bitta yoki bir 


necha kichik yadrolar esa mikronukleuslar deyiladi. Tufelkaning bitta katta va bitta kichik 
yadrosi bor, ular ikkalasi ham tanasining o‘rtasida joylashgan. Infuzoriyalar makronukleusi har 
xil shaklda: yumaloq, loviyasimon (tufelka), taqasimon (suvoyka), zanjirsimon (karnaycha) 
bo‘ladi. Ko‘pchilik infuzoriyalar makronukleusi xromatin (DNK)ga boy poliploidli bo‘ladi. 
Makronukleus xromosomalari replikatsiya (sonini ikki marta oshib ketishi) xususiyatiga ega. 
Makronukleus - vegetativ yadro, unda DNK matritsasi boyicha informatsion va boshqa RNKlar 
sintez qilinadi. Sitoplazma ribosomalarida RNK yordamida oqsil sintezlanadi. Mikronukleus 
yumaloq yoki tuxumga o‘xshash bo‘ladi. Mikronukleuslar poliploid emas, unda RNK sintez 

bo‘lmaydi, lekin mikronukleuslar xromosomalari replikatsiya xususiyatiga ega. Mikronukleus 


xromosomalari irsiy belgilarni tashuvchi substrat hisoblanadi. 

Download 412,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish