38
to’kilib, nobudgarchilik ko’payadi.
Sholini o’rib-yanchish 2 usulda: oldin o’rib keyin yanchib olish
va bevosita kombaynlar
yordamida bajariladi.
Sholini ko’chat usulida yetishtirish.
Janubiy Sharqiy Osiyo, Hindiston, Ozarbayjonda
sholini ko’chat usulida yetishtirish asosiy o’rinni egallaydi. Dunyoda sholi ekiladigan
maydonlarning 85 -90% sholi ko’chat usulida yetishtiriladi.Sholini ko’chat usulida yetishtirish
urug’larni bevosita dalaga ekishga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega:
1.
Sholi urug’i ko’chatxonaga ekilganda o’simliklarning 30 -35 kun o’suv
davri
ko’chatxonada o’tadi, natijada sholi ko’chat holida ekilganda kuzda sovuq tushguncha hosil
o’rib -yanchib olinadi.
2.
Yerdan foydalanishning samaradorligi ortadi. Bir yilda ikki hosil (bug’doy, arpa -
sholi) olinadi.
3.
Bir gektar maydonga an’anaviy usulda ekishga nisbatan 60 -70% sholi urug’i kam
sarflanadi.
4.
O’suv davrining bir qismi ko’chatxonada o’tishi munosabati bilan suv sarfi 20 -25%
kamayadi.
5.
Sholi hosili urug’larni bevosita dalaga ekishga nisbatan 15 -30% yuqori bo’ladi.
Ammo ko’chat usulida sholi yetishtirishda qo’l mehnati ko’p sarflanadi.
6-ma’ruza: Don - dukkakli ekinlarning umumiy tavsifi.
Reja:
1.
Dukakli don ekinlarining vakillari,
axamiyati, ekin maydonlari.
2.
Soya , mosh, no’xat morfologik va biologik xususiyatldari.
3.
Yetishtirish texnologiyasi.
Dukkakli don ekinlariga ko’k no’xat, no’xat, soya, mosh, loviya, yasmiq, burchoq,
hashaki dukkak, vigna, lyupin, vika kiradi. Ularni hammasi dukkaklilar - oilasiga mansub.
Biologiyasi, o’stirish texnologiyasi, olingan mahsulot sifati bo’yicha bu ekinlar o’xshash.
Dukkakli don ekinlari don ekinlariga nisbatan oqsilga boy, hazmlanishi oson, sifatli, arzon
don hosili beradi va tuganak bakteriyalar yordamida havodagi azotni o’zlashtirish xususiyatiga
ega.
Dukkakli don ekinlarini yetishtirish qishloq xo’jaligidagi uchta asosiy muammoni hal
qilishga imkon beradi: 1) Don yetishtirishni ko’paytirish; 2) O’simlik oqsili muammosini hal
etish; 3) Tuproq unumdorligini oshirish.
Bu ekinlar foydalanishiga ko’ra oziq-ovqat (ko’k no’xat, no’xat, mosh, loviya, soya),
yem-xashak (vika, xashaki no’xat, lyupin, xashaki dukkak va boshq.) universal (yasmiq,
burchoq), ko’k o’g’it (alkoloidsiz lyupin) uchun ekiladigan guruhlarga bo’linadi.
Dukkakli don ekinlarini yetishtirishni ko’paytirish don yetishtirish muammosiga ijobiy
tasir ko’rsatadi.
Ularning donida oqsilning miqdori 25 - 50 % bo’ladi. Sifatli tayyorlangan dukkakli don
ekinlarining somonida 8-14 % oqsil bor, don ekinlarinikida esa 3-4 %. Ammo ularning somoni
hozirga qadar oziqa sifatida ishlatilmaydi.
39
Malumotlarga ko’ra 1 kg hayvon oqsili olish uchun 5-7 kg, ba’zan 8-9 kg o’simlik oqsili
sarflanadi. Oziqa moddalarni yo’qolishi ularni tayyorlash davrida 20-30 % tashkil qiladi. Bu
oqsil tanqisligini yana kuchaytiradi. Zootexnik me’yorlariga ko’ra bir energetik oziqa birligi
(EOB)da 110-115 g hazmlanadigan oqsil bo’lishi kerak.
Hozirda chorvachilikda
foydalaniladigan bir oziqa birligida 85 g hazmlanadigan oqsil bor.
Oziqalardan foydalanishni taxlillarini ko’rsatishicha oziqa birligida oqsil tanqisligi
kovush qaytaradigan mollarda oziqa sarfini 1,3-1,5 cho’chqalarda 2 barobar oshirishga olib
keladi.
AQSh, Kanada, Argentina va boshqa rivojlangan mamlakatlarda oqsil tanqisligi dukkakli
don
ekinlari, bedani ko’p ekish hisobiga qoplanadi. O’simlik oqsilini ishlab chiqish arzon.
Dukkakli don ekinlarining urug’ida oqsil ko’p, arpa va sulining 1 o.b.da hazmlanadigan oqsil
70 va 63 g., ko’k no’xat, vika, soyada 160, 186, 300 g. yetadi. Shuning uchun dukkakli don
ekinlari ajoyib oziqa va oziq-ovqat ekinlari bo’lishi bilan bir qatorda boshqa oziqalarning ham
qimmatini oshiradi.
Dukkakli don ekinlari urug’larida lizin, triptofan, metionin, valin, treoninning miqdori
ko’p. Lizin miqdori bo’yicha dukkakli don ekinlari oqsili hayvon mahsulotlaridan tayyorlangan
oziqalarga yaqin turadi. Suyak unida 8,2 %, soyada 7,6 %, lizin (oqsilda) bor.
Dukkakli don ekinlari proteini hazmlanishi quyidagicha: ko’k no’xatda - 88 %, vikada -
91, suli va arpada - 78 va 67 %.
Dukkakli ekinlar tarkibiga kiruvchi oqsilning asosiy qismi
havodagi azotni tuganak
bakteriyalar yordamida o’zlashtirishi hisobiga erishiladi. Tajribalarni ko’rsatishicha 1 ga
dukkakli don ekinlari, tuganak bakteriyalar yordamida 100-400 kg havodagi azotni
o’zlashtiradi. Lyupin 1 ga maydonda 400 kg, beda 140-300 kg, ko’k no’xat, vika - 100-150,
soya - 250 kg atmosfera azotini to’playdi.
To’plangan azotni katta qismi hosil bilan chiqib ketadi, 25-40 % ang’iz qoldiqlari bilan,
organik
modda holda tuproqda qoladi, bir qismi dentrifikasiya jarayonida yo’qoladi.
O’zbekiston tuproqlarida gumusning, azotning miqdori kamligi tufayli dukkakli don
ekinlarining tuproq unumdorligini oshirishdagi ahamiyati katta. Dukkakli don ekinlaridan
keyin tuproqda organic moddalar
miqdori ortadi, tuproqning suv-fizik xossalari yaxshilanadi.
Ularning ang’iz qoldiqlari don
ekinlarinikiga nisbatan tez parchalanadi.
Dunyo dehqonchiligida dukkakli don ekinlari 135 mln ga maydonga ekiladi. Dukkakli
don ekinlari maydoni don ekinlarning yalpi maydonini 10-11 dan 20-25
%
tashkil qiladi. Ekin
maydoni bo’yicha soya, no’xat, ko’k no’xat muvofiq holda o’rinlarni egallaydi. O’zbekistonda
soya, no’xat, mosh, loviya, ko’k no’xat, yasmiq, burchoq keng tarqalgan. Respublikamizda
2004 yilda dukkakli don ekinlari sug’oriladigan yerlarda
5,0
ming ga ekish rejalashtirilgan.