Mavzu: Bobur sheriyatidagi badiiy san’atlar
Reja:
Shoirning ma’naviy san’atlardan foydalanish mahorati.
Lafziy san’atlarning qo’llanilishi.
Shoirning ma’naviy san’atlardan foydalanish mahorati.
Ming yillik tarixga ega bo’lgan adabiyotimizda badiiyat masalasi hamisha she’r ahlining diqqat markazida bo’lib kelgan. U yoki bu san’atkor salohiyati haqida so’z borganda, uning nimalarni tasvirlagani emas, asosan, qanday tasvirlaganiga e’tibot qaratilgan. Jumladan, adabiy asarlarda she’riy san’atlardan foydalanish mahorati hamma davrlarda badiiy san’atkorlikning asosiy qirralaridan biri sifatida baholangan.
She’riy san’atlar badiiy asarda ifodalangan g’oyalarning hayotiyroq, ta’sirchanroq ifodalanishiga, lirik va epik timsollarning yorqinroq gavdalantirilishiga, misralar, baytlar, bandlarning lafziy nazokati, musiqiyligi, jozibadorligini ta’minlashga xizmat qilgan.
U yoki bu shoir ijodiga, u yoki bu asarga baho berilar ekan, ijodkor ifodalayotgan g’oya o’z aksini topgan ijtimoiy-siyosiy, falsafiy-axloqiy, ma’rifiy-tarbiyaviy muammolar mohiyati va ko’lami, badiiy timsollar jilosi bilan bir vaqtda qo’llangan she’riy san’atlarning rang-barangligi, mantiqiy asoslanishi, asar mazmunini ochishdagi o’rni va ahamiyati kabi masalalarga ham alohida e’tibot ilingan.
Adabiyotimiz tarixi yana shundan dalolat beradiki, she’riy san’atlar shoir badiiy iqtidorini namoyish qilish emas, balki ijodkor badiiy tafakkuri dahosining ko’lami, yuksak ijtimoiy-axloqiy g’oyalarni jilolantirish san’atkotligi ifodasi bo’lib kelgan.
Bobur - lirik san’atkor. Turli –tuman she’riy san’atlardan badiiylikka erishishda, tasvirning real va jonli bo’lishini ta’minlashda ustalik bilan keng foydalandi. U inson qalbidagi hayajon va quvonchlari, iztirob va orzularini butun ko’lami va nozikliklari bilan his etadi, ayniqsa, mo’jaz badiiy lavhalar, jonli sanalar yaratishda shoir katta mahorat namoyish qiladi.Umuman olganda, she’rda g’oyaviy butunlikka erishishni Bobur badiiylikning asosiy shartlaridan biri deb hisoblagan. “Bobur ruboiylari, - degan edi Oybek, -uning poeziyasining cho’qqisidir. Umar Xayyomning ruboiylari kabi uning ruboiylari ham falsafiy fikrlarga boy, shaklan mukammaldir”.1
Badiiy (she’riy) san’atlar Sharq mumtoz adabiyotining, shu jumladan, o’zbek adabiyotining o’ziga xosligi, milliyligi, latofati, nazokati, rango-rangligi, jozibadorligi, va ta’sirchanligini ifodalovchi vositadir. Badiiy sa’natlar uch guruhga bo’linadi:
Ma’naviy (ma’noga tegishli) san’atlar.
Lafziy (shaklga oid) san’atlar.
Ma’naviy va lafziy san’atlar. Zahiriddin Muhammad Boburning bir ruboiysi sevimli zavjalari Mohim begim va Gulrux begimlarga, bir ruboiysi Komron mirzoga, bir ruboiysi Humoyun mirzoga, bir ruboiysi hofizi Ruhdamga, bir forsiy ruboiysi Bajavr qal’a-sining olinishi haqida, ayrim qit’alari Xoja Kalon va Fo’lod sultonga bag’ishlagani ma’lum. Ayniqsa, uning quyidagi sirli ruboiysi adabiyotshunoslarni lol qoldiradi:
Hijronda, sabom yetti falakka ohim,
Gar ul sori borsang, bu durur dilxohim:
Kim arzi duo niyoz ila qilg’aysen,
Gar so’rsa man xastani gulrux Mohim.
Darhaqiqat, bu badiiy matn shu holatida ham juda o’qishli, go’zal, shinam: mazmunli, ta’sirchan.
Biz “Boburnoma”, “Humoyunnoma”, Bobur “Devoni”va boshqa manbalarni sinchiklab o’qish natijasida bu she’rning yaratilish tarixini taxmin qilib ko’rdik. Bu ruboiy Boburning Hirot safari vaqtida bitilganmi yoki Hindiston uchun besh marotaba yurishlarning birida yozilganmi?
Bizningcha, she’r shoh va shoir xonadoni Kobulda ekanida, o’zining safardalik paytida yaratilgan va oilaviy maktubga she’riy ilova bo’lgan. “Ul sori” deb ijodkor “Kobul tomon” ni nazarda tutgan. Biz ruboiyni quyidagicha uch xil o’qishga moyilmiz. To’g’rirog’i, she’rning to’rtinchi misrasini yana uch xil yangi mazmun ilovasi bilan o’qiymiz. Birinchisi:
Hijronda, sabom yetti falakka ohim,
Gar ul sori borsang, bu durur dilxohim:
Kim arzi duo niyoz ila qilg’aysen,
Gar so’rsa man xastani gulrux Mohim.
Bunga ko’ra rubioy Boburning jufti xaloli gulyuzli Mohim begimga atalgan.
Ikkinchisi:
Hijronda, sabom yetti falakka ohim,
Gar ul sori borsang, bu durur dilxohim:
Kim arzi duo niyoz ila qilg’aysen,
Gar so’rsa man xastani Gulrux mohim.
Bu holatda to’rtlik shoirning xotini oyday Gulrux begimga bag’ishlangan.
Uchinchisi:
Hijronda, sabom yetti falakka ohim,
Gar ul sori borsang, bu durur dilxohim:
Kim arzi duo niyoz ila qilg’aysen,
Gar so’rsa man xastani Gulrux, Mohim.
Do'stlaringiz bilan baham: |