Shohjahon normurodov



Download 280,49 Kb.
bet71/132
Sana03.04.2022
Hajmi280,49 Kb.
#526032
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   132
Bog'liq
ONA TILI SH NORMURODOV SUPER 2 автовосстановление

KELISHIK SHAKLLARI
Ot, olmosh va otlashgan so‘zlarga qo‘shilib, ularni boshqa so‘zlarga bog‘lash uchun xizmat qiluvchi Grammatik shakllar tizimi kelishik shakllari sanaladi. Kelishik shakllari doimo tobe so‘zga qo‘shiladi. O‘zbek tilida oltita kelishik mavjud bo‘lib, ularning har qaysisining o‘z nomi va shakli bor.


Kelishik nomlari Qo‘shimchalari Misollar
1.Bosh kelishik – It hurar, karvon o‘tar. (Maqol)
2.Qaratqich kelishigi -ning Kitobning varag‘i.
3.Tushum kelishigi -ni Vatanni sev, tuprog‘ini o‘p. (Oybek)
4.Jo‘nalish kelishigi -ga (-ka,-qa) Betga aytganning zahri yo‘q. (Maqol)
5.O‘rin-payt kelishigi -da Yosh ko‘nglimda orzularim mo‘l. (E. Vohidov)
6.Chiqish kelishigi -dan Kutubxonadan keldim.
Ot va otlashgan so‘zlarning egalik qo‘shimchalari bilan shaxs va sonda hamda kelishik qo‘shimchalari bilan o‘zgarishi turlanish deyiladi.
1)BOSH KELISHIK – Bosh kelishik shakli maxsus qo‘shimchaga ega emas. Bu shakl kim?, nima?, qayer? so‘roqlarining biriga javob bo‘ladi va gapda ko‘pincha ega, ot kesim, undalma vazifalarida keladi. Masalan: 1. Men 7-sinf o‘quvchisiman.(EGA) 2. O‘zbekistonning poytaxti – Toshkent.(OT KESIM)
3. Toshkent, munchalar go‘zalsan!(UNDALMA).
2)QARATQICH KELISHIGI - Qaratqich kelishigi shaklidagi so‘z – qaratqich, qaratqich bog‘lanib kelgan so‘z esa qaralmish deyiladi. Qaratqich kelishigi gapda doim qaratqich aniqlovchi vazifasida keladi. Qaratqich va qaralmish yonma-yon kelganda, ko‘p hollarda qaratqich kelishigi tushib qolishi mumkin ya’ni belgisiz holda bu paytda qaratqichni qaralmish tarkibidagi egalik qo‘shimchasi orqali tiklasa bo‘ladi.
MASALAN: Insonga dunyoda ona sutidan halol narsa yo‘q. Ushbu gapdagi “ona suti” birikmasida suti tarkibidagi egalik qo‘shimchasi bilan qartqichni tiklasa bo‘ladi – Insonga dunyoda onaning sutidan halol narsa yoq. Lekin qaratqich va qaralmish o‘rtasida boshqa so‘z qo‘llanilsa, qaratqich qo‘shimchasi tiklanadi. Masalan: Maktabimiz bog‘i – Maktabimizning chiroyli bog‘i.
ESLATMA: Qaratqich kelishigi shaxs nomlari ( Anvar kitobi emas, Anvarning kitobi), otlashgan so‘zlar ( Yaxshi bog‘i emas, yaxshining bog‘i) va olmosh (Men kitobim emas, mening kitobim)ga qo‘shilganda, belgisiz qo‘llanmaydi.
3)TUSHUM KELISHIGI – Tushum kelishigi shaklini olgan so‘z doimo o‘timli fe’lga bog‘lanadi. Tushum kelishigidagi so‘z bilan o‘timli fe’l yonmayon turganda, ko‘pincha tushum kelishigi qo‘shimchasi tushib qoladi. Masalan: Kitobni o‘qidim – Kitob o‘qidim.
Tushum kelishigidagi so‘z bilan o‘timli fe’l o‘rtasida boshqa bir so‘z ishlatilsa, tushum kelishigidagi so‘z atoqli ot, olmosh yoki sifatdosh bo‘lsa, tushum kelishigi qo‘shimchasi tushib qolmaydi.

Download 280,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish