Akkaunt – ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchining nomi;
bloger – o‘z qarashlarini internetdagi ma’lum bir platformada doimiy ravishda e’lon qiladigan kishi;
avatarka – foydalanuvchi taqdimoti sifatida tanlangan rasm;
fayl – kompyuterda ma’lumot saqlovchi diskning nomlangan sohasi;
mem – mashhur bo‘lib,bahsga aylangan g‘oya yoki rasm;
xeshteg – ijtimoiy tarmoqlarda mavzu bo‘yicha xabarlarni tarqatishda foydalaniladigan yorliq;
veb-sahifa – internetdagi hujjat va ma’lumotlar zaxirasi;
vebinar – to‘g‘ridan to‘g‘ri mashg‘ulot,
dayjest – ma’lum bir mavzubo‘yicha eng qiziqarli nashrlarni yetkazadigan maqola.
IBORALAR
Ma’nosi bir so‘zga teng keladigan so‘zlar birikmasi yoki gaplar ibora deyiladi. Masalan: dimog‘i chog‘ bo‘ldi (xursand), yuzini yerga qaratmoq (uyaltirmoq), qo‘li baland kelmoq (g‘olib chiqmoq) va h.k. Iboralar nutqni ta’sirchan, jozibali qiladi.
1. Boshiga ko‘tarmoq – qadrlamoq
2.Yeng uchida ish qilmoq – zimdan, ko‘pchilikka bildirmay
3.Oyog‘ini qo‘liga olib yugurmoq – shoshilmoq
4.Tilidan bol tommoq – shirinso'z
5.Tilidan zahar tommoq – achchiq gap
6.Og‘zi qulog‘ida – xursand
7.Kapalagi uchmoq – cho‘chidi
8.Qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan – yuvosh
9.Adabini yemoq – oshkor bo‘lmoq, siri fosh bo‘lmoq
10.Burni ko‘tarilmoq – kibrlanmoq, gerdaymoq
11.Bu qulog‘idan kirib, u qulog‘idan chiqib ketmoq – e’tibor bermaslik, xotirasida tutib qolmaslik
12.Misi chiqmoq – qilmishiga yarasha jazosini olmoq
13.Qush uyasida ko‘rganini qiladi – odob haqida
14.Sichqonning ini ming tanga – qochib qutilgani joy topilmay qolmoq
15.Sen bog‘dan kelsang, u tog‘dan keladi – suhbatdoshning gapiga hech aloqasi yo‘q pap-so‘z aytish
16.Bir yoqadan bosh chiqarmoq – hamjihat bo‘lmoq, yakdillik bilan
17.Yuzi shuvut bo‘lmoq – uyatli holda qolmoq
18.Aldamoq – ko‘zini bo‘yamoq
19.Aldanmoq– laqqa tushmoq
20.Shirinsuxan – og‘zidan bol tomadigan
21.Xursand – chehrasi ochilgan
22.Talabchan – qattiqqo‘l
23.Qo‘rqmoq – o‘takasi yorilmoq
24.Ko‘zdan kechirmoq – sinchiklab tanishdi
25.Ko‘zi ola–kula bo‘lmoq – olayib qardi
26.Ko‘zining qirini tashlamoq – tez va sezilar-sezilmas qaradi
27.Ko‘zi to‘rt bo‘lib kutmoq – intizor bo‘lmoq
28.Qosh qo‘yaman deb, ko‘z chiqarmoq – yaxshilik qilaman degan holda yomonlik qilib qo‘ydi
29. Tarvuzi qo‘ltig‘idan tushdi – umidi puchga chiqib, bo‘shashdi
30.Almisoqdan qolgan – eski
ESLATMA:IBORALAR O‘RTASIDA HAM OMONIMLAR, SINONIMLAR VA ANTONIMLAR MAVJUD. MASALAN: SINONIM IBORALAR: Tilidan bol tommoq – tili shirin, O‘ziga to‘q odam – qo’li o‘zin odam, Dimog‘i choq bo‘lmoq – og‘zi qo‘log‘ida, Qildan qiyiq ag‘darmoq – tirnoq orasidan kir izlamoq, Yuragi qon bo‘lmoq – yuragi siqilmoq va h.
OMONIM IBORALAR: Bunda ibora bo‘lganda boshqa ma’no, ibora bo‘lmaganda o‘z ma’nosida qo‘llanadi. MASALAN: ko‘z yummoq (o‘lmoq)o‘z ma’nosida – ko‘z yummoq (e’tibor bermaslik) ibora, boshiga ko‘tarmoq (chelakni boshiga kotardi) o‘z ma’nosida – boshiga ko‘tarmoq (qadirlamoq) ibora.
ANTONIM IBORALAR:Ma’nosi bir-biriga zid bo‘lgan iboralar: Yerga urmoq – ko‘kka ko‘tarmoq,Tili shirin – tilidan zahar tommoq.
MAQOLLAR
Maqollar xalqning hayotiy tajribasi, donishmandligi natijasida maydonga keladi. Ular nutqqa tayyor holda olib kiriladi. Ularda fikr aniq, xulosa tugal, ifoda lo‘nda bo‘lishi kerak.Maqollar fi krni ta’sirchan, bo‘yoqdor qilib ifodalaydi. Nutqda maqollardan o‘rinli foydalanish so‘zlovchining mahorati hisoblanadi. Bejiz “Ilm o‘lchovi – aql, zehn o‘lchovi – naql”, deyilmaydi. Maqollar, asosan, bir, ikki misrali bo‘ladi. Ularda antonimlardan keng foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |