TOPSHIRIQ-1. O‘zlik olmoshi kimning yoki nimaning ma’nosini ta’kidlayotganiga e’tibor bering.
1. O‘zi bukur, Tishi o‘tkir, Dehqonga o‘rtoq, Nomi-chi ... (o‘roq). 2. O‘zi po‘latdan, Dumi yog‘ochdan (ketmon). 3. O‘zni sezib pahlavonday, ulg‘ayib zo‘r kuchga to‘ldim, o‘zim xohlab, askar bo‘ldim. (Dilshod Rajab) 4. Rostini aytsam, o‘zim ham unchalik yomon bola emasman. (X. To‘xtaboyev) 5. O‘zi dumaloq, Qor kabi oq (tuxum). 6. Baxtsizliging sirini boshqalardan emas, o‘zingdan izla. Hammadan avval o‘zingga hisob ber. 7. O‘zini hurmat qilmagan odamdan yaxshilik kutma. («Otalar so‘zi») 8. Ko‘rmagaysiz o‘zini, Eshitasiz so‘zini (radio).
3.KO‘RSATISH OLMOSHI – Oldingi gap, gapdagi biron-bir so‘z, so‘z birikmasi o‘rnida qo‘llanib, unga ishora qiluvchi yoki biror so‘zni aniqlab keluvchi olmoshlar ko‘rsatish olmoshlari hisoblanadi. So‘z ma’nosini aniqlab keluvchi olmoshlar o‘zi aniqlayotgan so‘zdan oldin qo‘llanadi. Masalan: Bu daftar meniki. Bu, shu, u, o‘sha, ana, mana kabi so‘zlar ko‘rsatish olmoshlari sanaladi.
Yozuvda mana bu, mana shu, ana bu, ana shu olmoshlari ajratib yoziladi. Ba’zan bu olmoshlar og‘zaki nutqda manovi, anovi tarzida talaffuz qilinishi va shunday yozilishi mumkin. Ba’zi ko‘rsatish olmoshlariga egalik va jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigi qo‘shimchalari qo‘shilganda, «n» tovushi orttiriladi: shu+n+ga, bu+n+da, bu+n+im, o‘sha+n+ga, u+n+im kabi.
TOPSHIRIQ-2 Ko‘rsatish olmoshlarini toping.
1. Niyatimga yetaman, mana bu to‘polonlar o‘tib olsin-chi...– derdi u Onabibiga. (Asqad Muxtor). 2. Ehsonning Moskvaga ketishi mana shu kunlarga to‘g‘ri keldi. (Abdulla Qahhor) 3. Voy, manavi
bolaning shirinligini! – Parcha xola do‘rillab xitob qildi. (O‘. Hoshimov) 4. Anavini qara-ya, o‘zimizning to‘pori Zebimi shu? (Said Ahmad) 5. Mana buni aytsa bo‘lar Eng oliy, zo‘r muammo! O‘rab oldi uni beshov, Miq etmasdi u ammo. (A. Oripov) 6. Mana bu fikringizga jonlar tasadduq bo‘lsin! – qichqirdi Sultonmurod. (Oybek) 7. Bu cholni butun yurt izzat qilardi. (Said Ahmad) 8. Hovlini supurish, idish-tovoqlarni yuvish o‘shaning bo‘ynida. (X. To‘xtaboyev) 9. Bu tushmi yo xayol, bu na turli kuy, Qayerdan bu qadar qushlar sayrashi? (Zulfiya) 10. Tog‘asining shu odati sabab o‘g‘li Haydar ham, qizi Tohira ham bu xonadondan bezib ketishdi. (O. Yoqubov) 11. G‘azab shunday bir daraxtki, mevasi pushaymonlikdan iborat. (Samandar
Termiziy) 12. Dunyoda yagona tilagim shuki, Yaxshi nomingizga g‘ubor tushmasin. (Mirtemir) 13. Qishloq allaqachon uyg‘ongan. Har qaysi hovlining burchagida tunning baxmal pardasini parchalab o‘t yaltiraydi. (O‘. Hoshimov) 14. O‘sha iliq bahor kuni mavlono Qozizoda Rumiy uning peshanasidano‘pgan edi. (O. Yoqubov)
4. SO‘ROQ OLMOSHLARI – Shaxs, narsa-hodisa, belgi-xususiyat, miqdor, sabab, maqsad, o‘rin, payt haqida so‘roqni bildiruvchi olmoshlar so‘roq olmoshlari sanaladi: Kim?, nima?, qachon?, qayer?, qaysi?, qanday?, nega?, qancha?
So‘roq olmoshlari ishtirok etgan gaplar so‘roq gap hisoblanadi. Bunday gaplar so‘roq ohangi bilan talaffuz qilinadi va yozuvda gap oxiriga so‘roq belgisi qo‘yiladi: Siz qaysi kitoblarni o‘qigansiz?.
5. BELGILASH OLMOSHLARI – Har so‘zi so‘roq olmoshlariga, bir so‘ziga qo‘shilib to‘pdan ajratilgan shaxs, narsa, belgilarni bildiradigan belgilash olmoshlarini hosil qiladi. Hamma, barcha, bari, butun olmoshlari esa shaxs, narsa, belgi, harakatlarni jamlab ifodalaydi. Demak, to‘pdan ajratilgan yoki jamlab ko‘rsatilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |