F1 – yordam xizmatiga ma`lumot olish uchun murojaat qilish
F2 – tahrirlanadigan matnni diskli faylga yozish;
F3 – diskli fayldagi matnni muharrir oynasida o`qish;
F4 – tuzatish (yaxshilash) rejimida ishlatiladi: dastur bajarilishini
boshlash yoki davom ettirish va kursor turgan satrning bajarilishi oldidan to`xtash;
F5 – faol oynani butun ekranga yoyish;
F6 – navbatdagi oynani faollashtirish;
F7 – tuzatish rejimida ishlaydi: dasturning keyingi satrini bajarishni; agar satrda protsedura (funktsiya)ga murojaat bo`lsa, bu protsedura (funktsiya)ga kirish va uning birinchi operatori bajarilishi oldidan to`xtashni bildiradi.
F8 – tuzatish rejimida ishlatiladi: dasturning keyingi satrini bajarishni; agar satrda protsedura (funktsiya) ga murojaat bo`lsa, uni bajarish va uning ishini kuzatmaslik kerakligini bildiradi;
F9 – dasturni bajarmaslik, lekin uni kompilirlash kerak;
F10 – bosh menYu yordamida ishning muloqot tanlov rejimiga o`tish;
Ctrl-F9 – dasturni o`tkazishni bajarish: muharrirdagi dasturni kompilirlash, tezkor xotiraga Yuklash va bajarish va shundan keyin Turbo Paskal muhitiga qaytish;
Alt-F5– muharrir oynasini dastur ishi natijalarini chiqarish oynasi bilan almashtirish.
Qisqa izohlarni keltiramiz.
Dastur ishini tekshirish uchun Ctrl-F9, Turbo Paskaldan chiqish uchun Alt-X buyruqlari kerak bo`ladi. F2 va F3 klavishlar shaxsiy kataloglar bilan ishlashda yordam beradi. Alt-F5 buyrug`i yordamida, ixtiyoriy daqiqada, dasturni ishlatish natijasida olingan ma`lumotlarni ekranda ko`rish mumkin bo`ladi.
7.3. Matn muharriri
Turbo Paskal matn muharriri foydalanuvchiga dastur matnlarini yaratish va tahrir qilish uchun qulay vositalar beradi. Tahrir oynasida katta bo`lmagan imlovchi to`rtburchakning (kursorning) mavjudligi muhitning tahrirlash holatida ekanligi belgisidir. Tahrir rejimi Turbo Paskal Yuklanishi bilan avtomatik tarzda o`rnatiladi. Tahrirlash rejimidan Turbo Paskalning ixtiyoriy boshqa rejimiga funktsional klavishlar yordamida yoki bosh menYudan kerakli rejimini tanlash bilan o`tish mumkin. Agar muhit menYudan tanlash holatida bo`lsa, kursor yo`qoladi, menYu satrida esa kodli so`zlarda (menYu optsiyalarida) rangli to`rtburchakli ko`rsatkich paydo bo`ladi.
Bosh menyuning rejim tanlash holatidan tahrir holatiga o`tish uchun ESC (ESCape – qochish) klavishini, bosh menyudan tanlashga o`tish uchun F10 klavishini bosish kerak.
Matn muharrir bilan ishlashning asosiy yo`llarini ko`ramiz.
Dastur matnini yaratish uchun bu matnni shaxsiy kompyuter klaviaturasidan kiritish kerak. Navbatdagi satr to`lishi bilan kursorni keyingi satrga o`tkazish uchun (kursor hamma vaqt ekranning dasturning navbatdagi belgisi yozilishi kerak bo`lgan joyini ko`rsatadi) Enter klavishi bosiladi.
Tahrir oynasi uzun, etarli darajada keng, bir bo`lagi ekranda ko`rinib turgan qog`oz varagini ifodalaydi. Agar kursor quyi chegaraga etgan bo`lsa, tahrir oynasini o`rash amalga oshiriladi: u bir satr Yuqoriga ko`tariladi va pastdan varaqning yangi satri paydo bo`ladi. Agar kursor ekranning o`ng chegarasiga etsa, oyna, belgilarning kiritila borishi bilan, o`ngga siljib boradi. Varaqning gorizontal va vertikal o`lchamlari fayldagi belgilarning umumiy soni bilan (ular 64535 dan ko`p bo`lmasligi kerak) cheklanadi, lekin Turbo Paskal kompilyatori uzunligi 126 belgidan katta bo`lmagan dastur satrlarini qabul qiladi.
Oynani varaqqa nisbatan quyidagi klavishlar yordamida siljitish mumkin: