Natija turi |
Izoh
|
Abs (x)
|
Real, Integer
|
Argument turi
|
Argument moduli
|
ArcTan (x)
|
Real
|
Real
|
Arktangens, radianlardagi qiymati
|
cos (x)
|
Real
|
Real
|
Kosinus, radianlardagi burchak
|
exp (x)
|
|
|
Eksponenta
|
frac (x)
|
|
|
Sonning kasr qismi
|
int (x)
|
|
|
Sonning butun qismi
|
ln (x)
|
|
|
Natural logarifm
|
pi
|
-
|
|
=3.141592653…
|
Random
|
-
|
|
0…[1] sohada tekis taksimlangan psevdotasodifiy son
|
Random (x)
|
Integer
|
Integer
|
0…(x-1) sohada tekis taqsimlangan psevdotasodifiy son
|
Randomize
|
-
|
-
|
Tasodifiy sonlar generatorining initsiatsiyasi
|
sin (x)
|
Real
|
Real
|
Sinus, radianlardagi burchak
|
sqr (x)
|
Real
|
Real
|
Argument kvadrati
|
sqrt (x)
|
|
|
Kvadrat ildiz
|
Nazorat savollari:
Oddiy turlarga qanday turlar kiradi?
Tartibli turlar bilan haqiqiy turlar o`rtasida qanday farq bor?
Tartibli turlarga qanday turlar kiradi?
Tartibli turlarga qanday funktsiyalarni qo`llash mumkin?
Butun turlar qanday turlar, ularning qiymat sohalari qaysi chegaralarda bo`ladi?
Butun turlarga qaysi protsedura va funktsiyalar qo`llaniladi?
Mantiqiy turlar qanday turlar, ularga qanday qoidalar xos?
Qanday turlar simvolli deyiladi?
Xizmat kodlari belgilari qanday belgilar?
CHAR turiga qanday munosabat amallari va funktsiyalar qo`llaniladi?
Sanab o`tiladigan turlar qaysi tomoni bilan boshqa turlardan farqlanadi?
Sanab o`tiladigan turlarni qo`llashdan maqsad?
Tur-soha qanday tur, uning berilishi?
Tur-sohalar bilan qanday funktsiyalar ishlaydi?
Haqiqiy turlar qanday turlar?
Haqiqiy turlar SHK xotirasida qanday tarkibga ega?
VII BOB.
TURBO PASKAL MUHITIDA ISHLASH
7.1. Turbo Paskalda ishni boshlash tartibi
Turbo Paskal tizimi bir nechta distributiv disketlarda beriladi va qattiq diskka o`rnatiladi. Qattiq diskda tizim ochilganda, odatda, TR (yoki PAS, TURBO PAS, PASCAL va h.k.) nomli katalog hosil qilinadi, bu katalogga distributiv disketdagi hamma fayllar joylashtiriladi. Turbo Paskal muhitini ishga tushirish uchun shaxsiy komp’Yuterning kataloglar shajarasida bu katalogni va undagi TURBO.EXE faylini topish kerak. Bu fayl Turbo Paskalning ishga tayyor dasturlash muloqot tizimiga ega. Unga Turbo Paskalning minimal miqdordagi zaruriy qismlari (matn muharriri, kompilyator, joylashtiruvchi, Yuklovchi) kiradi. SHuningdek muloqot muhitida normal ishlash uchun TURBO.TPL faylida asosiy kutubxona va yordam xizmati (TUPBO. HLP) ham bo`lishi kerak. Ko`pgina misollarining yozilishi, tarjima (kompilyatsiya) qilinishi va bajarilishi uchun shu fayllar etarli.
Sanab o`tilgan fayllar D diskning TP katalogida joylashgan bo`lsin. Unda Turbo Paskalni chaqirish uchun
D:\TP\TURBO
buyrug`ini berish kerak.
Bu buyruq bo`yicha MS-DOS operatsion tizimi TURBO.EXE faylidan dasturni bajarishga qo`yadi: dasturni tezkor xotiraga Yuklaydi va unga boshqarishni uzatadi.
Yuqorida sanab o`tilgan fayllarga ega katalog tizim (sistema) katalogi deyiladi. Tizim katalogini joriy katalog qilib ishlatish mumkin emas. CHunki, birinchidan, dasturlash tizimidagi qandaydir bir faylni o`chirib qo`yib, uning ish qobiliyatini buzish mumkin, ikkinchidan, bu katalog tezda Turbo Paskalga tegishli bo`lmagan boshqa fayllar bilan to`lib qolishi mumkin. YAna bir sababi shuki, Turbo Paskal TURBO.TR va TURBO.RSK nomli fayllar orqali ishga tayyor bo`lish xususiyatiga ega. Tizim chaqirilganda u joriy katalogdan bu fayllarni izlay boshlaydi. Agar bu xususiy katalog bo`lsa, tizim har safar foydalanuvining xohishiga ko`ra ishga tayyorlanadi. Agar bu fayllar katalogda topilmasa, (Turbo Paskalga birinchi murojaatda shunday bo`ladi ham), sistema izlashni tizim katalogida davom ettiradi. Ularni u erda topolmagach, standart tarzida ishga tayyorlanadi. Keyinchalik foydalanuvchi ishga tayyorlash fayllarini shaxsiy katalogga saqlab qo`yib, shu bilan u har safar tizimga murojaat qilingandan keyin uni qayta ishga tayyorlash zaruriyatidan kutilishi mumkin.
Sistema muvaffaqiyat bilan chaqirilgach, shaxsiy komp’Yuter ekrani birinchi 7.1-rasmda ko`rsatilgan ko`rinishni oladi:
7.1-rasm. ekranning Turbo Paskalni chaqirgandan keyingi ko`rinishi
Turbo Paskaldan chiqish uchun Alt klavishini, uni qo`yib Yubormasdan turib, X lotin harfli klavishni bosish va ikkala klavishni qo`yib Yuborish kerak.
Yuqori satr Turbo Paskalning mumkin bo`lgan ish rejimlari «menYu» sidan, quyi satr asosiy funktsional klavishlarning qo`llanilishi to`g`risidagi qisqacha ma`lumotdan iborat. ekranning qolgan qismi, ikkilamchi ramka bilan chegaralangan va dastur matnini kiritish hamda tahrirlash uchun mo`ljallangan, tahrir oynasiga tegishli. Uning Yuqori satrida dastur matni o`qilgan disk faylining nomi (yangi faylga NONAME.PAS ismi beriladi) va «sichqon» - kiritish qurilmasi bilan ishlashda foydalaniladigan maydon (bu maydonlar kvadrat qavslar bilan belgilangan) hamda 1 raqami - oyna nomeri keltiriladi. Turbo Paskalda bir vaqtda bir nechta dasturlar (yoki bitta yirik dasturning qismlari) bilan ishlash mumkin. Ularning har biri alohida tahrir oynasida bo`lishi mumkin. Muhit bir vaqtda 9 tagacha tahrir oynasini ishlatishga imkon beradi. Turbo Paskalda tahrir oynasi (oynalari) dan tashqari tahrir rejimi, dastur ishi natijasini chiqarish, yordam, registrlar xizmati oynalari ishlatiladi. Xohishga ko`ra ular ekranga navbat bilan chaqiriladi yoki unda bir vaqtda mavjud bo`ladi.
7.2. Funktsional klavishlar
Funktsional klavishlar Turbo Paskal muhitini boshqarish uchun ishlatiladi. Ular F1, F2, … F12 deb belgilanadi va klaviaturaning eng Yuqori registrida joylashgan bo`ladi. Bu klavishlarning har biri bilan menYuning qandaydir bir buyrug`i bog`lanadi. Deyarli hamma klavishlarning ishlashini uchta klavishlar bilan takomillashtirish mumkin. Bu klavishlar quyidagilar: Alt (Alternative – qo`shimcha degan so`zdan), Ctrl (Control – boshqaruvchi) va Shift (SHIFT - siljituvchi). Bu klavishlar yozuv mashinkasida registrni vaqtincha almashtirish klavishlari kabi ishlatiladi: ularning bittasini bosish va uni qo`yib Yubormasdan turib, funktsional klavishni bosish kerak. Bundan keyin ikki klavishning bunday birgalikda bosilishini chiziq orqali ko`rsatamiz. Masalan, Alt-F3 Alt klavishi bilan birgalikda F3 klavishi ham bosilishi kerakligini bildiradi.
Quyida funktsional klavishlar va ularning Ctrl hamda Alt klavishlari hamkorligida Turbo Paskal muhitida uzatiladigan buyruqlar keltiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |