insoniy, samimiy munosabat ko‘rganlarini tasvirlab, qaltis, si- novli holatlarda kishilarning asl mohiyati namoyon bo‘lishini, kishining sirtiga qarab emas, qilgan ishi, og‘ir vaziyatlarda o‘zini qanday tuta olganiga qarab baho berish lozimligini uqti- radi. Bu fikrlar xushsurat yigitcha – shahar komsomol qo‘mitasi kotibining yozuvchi otasiga qamalgunicha xushomad qilib yurib, musibatdan so‘ng yovga aylanib, hatto, bolani tahqirlashi, «Qashqirdan tug‘ilgan qashqircha» deb haqoratlashi parchasida yaqqol aks etadi. Davr shunday yovuz ediki, hatto, bolani otaga dushman qilib qo‘yar edi. Sho‘ro zamonida o‘z otasini dushman sanab, qizil askarlarga tutib bergan Pavlik Morozov degan bola Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: «Ma’naviyat», qahramonga aylantirilib, barcha maktab o‘quvchilariga ibrat qilib ko‘rsatilardi. Ana shunday targ‘ibot-tashviqotlar ta’sirida asl voqelikni tushunmay yurgan hikoya qahramoni tintuv chog‘i zov deb maqtaganlaridan g‘ururlanadi. «Xalq dushmanlari» sifatida qancha-qancha begunoh yurtdoshlarini abgor qiladigan mitinglarga chorlovchi nog‘ora gumburi-yu, karnay-surnay sa- dolariga mahliyo bo‘lib, uni chalayotgan pionerlar ketidan erga- shib boradi. Bu tasvirlar orqali yozuvchi inson ichki dunyosi- ning naqadar murakkabligini, yolg‘on aqidalar, g‘oyalarga ishontirilgan odam o‘z yaqinlarining dushmaniga aylanishi mumkinligini ta’kidlaydi. Uni ma’naviy tanazzulga olib bora- digan holatlarni ko‘rsatib beradi. Ayni chog‘da o‘g‘liga muzqay- tufayli naqadar ojiz, g‘arib bir ahvolga tushishi, adolatsizlik hukm surgan jamiyatning qanchalar insonlar qalbini zada qilga- nini tasvirlash orqali yozuvchi mustaqillikning qadriga yetish, o‘shanday yovuzliklar bo‘lmasligi uchun kurashish, mehr-oqibat, adolat g‘oyalari barqaror bo‘lishiga erishish fikrini ilgari suradi. O‘quvchilarni bu borada ibratli xulosalar chiqarishga undaydi. 1. Yozuvchi Odil Yoqubovning hayoti va ijodini gapirib bering. 2. Odil Yoqubovning asarlaridan qaysilarini bilasiz? 3. Adibning qanday romanlari bor? 4. «Qatag‘on davri» qurbonlari bo‘lgan qaysi ijodkorlarni bilasiz? 5. «Muzqaymoq» hikoyasida qaysi davr voqealari aks etgan? 6. Hibsga olingan otaning holatini so‘zlab bering. 7. Yosh qo‘shni yigit – kotibning xatti-harakatini qanday izohlash mumkin? 8. Nog‘ora sadolari ostida o‘tadigan mitinglardan maqsad nima? 9. Hikoya qahramoni nima uchun maqtov eshitadi? 10. Hikoyadan o‘zingiz uchun qanday xulosalar chiqardingiz? 11. Mustaqillik tufayli yurtimizda qatag‘on qurbonlarini yod etish borasida qanday ishlar amalga oshirildi?
Uyga vazifa: Mavzu yuzasidan konspekt tayyorlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |