6.4.Kadrlar qo„nimsizligi va uni kamaytirish
.
Kadrlar qo„nimsizligi
bu - ma‘lum vaqt oralig‗ida o‗z xoxishlari va ma‘muriyat
qarori bilan ishdan bo‗shagan ishchi-xizmatchilar sonining tekshirilayotgan vaqt
oralig‗ida (bir oy, bir kvartal, bir yil) korxonadagi ishlovchilarning o‗rtacha umumiy
sonidagi salmog‗idir. Bu ba‘zi bir salbiy oqibatlarga olib keladi - jumladan, yangi
ishlovchini qabul qilish va o‗qitish bilan bog‗liq qo‗shimcha harajatlar qilish
zaruratini keltirib chiqaradi.
Kadrlar qo‗nimsizligi muammosi insonning o‗z mehnatiga ko‗nikishi bilan
bog‗liq bo‗lib, u ikkita masala yechilishini talab qiladi, birinchisi insonning aniq bir
korxonadagi mehnat sharoitiga moslashishi, ikkinchisi mehnat sharoitining inson
talabiga moslashishi. Kadrlarni saqlab qolish uchun ishlovchi ishdan qonikish olishi
va ushbu korxonada ishlashni xoxlashi lozim.Inson, odatda o‗z ishidan qachonki,
qilayotgan ishi o‗zining xizmat vazifasi (egallagan lavozimi), oladigan maoshi uni
qanoatlantirsa va jamoada o‗zini qulay sezsagina mamnun bo‗ladi.Kadrlar ko‗nim-
sizligini kamaytirish ishchilar ish joylarini kengaytirish; mehnatni sifat jihatdan boyi-
tish; vaqtini moslashuvchan shaklda tashkil etish; mehnat gigiyenasini yaxshilash;
yuqori sifatli va unumli mehnat uchun mehnatga haq to‗lashning ilg‗or usullarini
ko‗llash va boshqa rag‗batlantirish tadbirlarini amalga oshirish;ishlovchilar
o‗rtasidagi mehnat mojarolarini oqilona hal etish orqali amalga oshirilishi
mumkin.Kadrlar qo‗nimsizligini kamaytirishda xorijiy davlatlar, ayniqsa Yaponiya
tajribasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ishchi tez-tez ish joyini o‗zgartirishi
103
qattiq qoralanadi, shu sababli ishchilar bir ish joyida uzoq yillar davomida ishlab o‗z
kompaniyasiga juda sodiq bo‗lishadi. Natijada ishchilarning tajribasi va malakasi
juda yuqori bo‗ladi, bu esa o‗z navbatida mehnat unumdorligining o‗sishiga, yuqori
sifatli maxsulot ishlab chiqarilishiga olib keladi. Bozor iqtisodiyoti tizimida mehnat
uchun taqdirlanish mehnatga bo‗lgan qiziqishni anglatadi va unga bo‗lgan talab va
taklif bilan aniqlanadi.
Kichik biznes korxonasi o‗zining xodimlari uchun maoshdan tashqari
qo‗shimcha imtiyozlar ham berishi lozim. Bular: mukofot ko‗rinishidagi aksiya,
kimmatbaho qog‗ozlar, oylik mukofotlar; qo‗shimcha imtiyozlar, ya‘ni pulsiz
(qisman pullik) xizmat ko‗rsatish majmualari tashkil qilish: ijtimoiy ta‘minlash
xizmatlari, mehnatga yaroksizliq mehnatning salomatlikga zararliligaga to‗lanadigan
qo‗shimcha to‗lovlar, sug‗urtalash, moddiy yordam ko‗rsatish;oshxonalarda
ovkatlanishga haq to‗lash;bolalarni bogchalarda bo‗lishiga pul to‗lash; transport va
sog‗lomlashtirish harajatlari uchun qo‗shimcha to‗lovlar;uy-joy ajratish va boshqalar.
Taqdirlashlar, har xil shakllarda haq to‗lash korxonaning harajatlarini ko‗paytirib
yuboradi. Ammo, ishlovchilarning samarali mehnati xisobiga keladigan samara
bunday harajatlarni bir necha barobar qoplashi mumkin.
Shunday qilib, biznеs boshlashdan oldin e'tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar
quydagilar:
Nima uchun mеn shu yo‘nalishdagi kichik biznеsni olib bormoqchiman?
Mеning tovarim yoki xizmatim nimasi bilan jozibador?
Mеning mijozlarim kimlar va ular qaеrda joylashgan?
Mеning mahsulotim (xizmatim)ni mijozlar qanday sotib oladilar?
Mеning korxonam (firmam) qaеrda joylashadi?
Mеning mahsulotim (xizmatim)ni bozor potеntsiali qanday?
Korxonam (firmam)ning kattaligi qanday bo‘lishi kеrak?
Mеning raqobatchilarim kimlar?
Korxona (firma)ni boshqarish shakli qanday bo‘ladi?
Mеning korxonamga qanday kasbdagi pеrsonal (xodim) kеrak bo‘ladi?
Mеning korxonamga (firmam)ga qanday asbob-uskunalar kеrak?
104
Korxona (firma)ni tashkil etish uchun qancha mablaq kеrak bo‘ladi?
Mijozlarni o‘zimga qanday jalb etaman?
Korxona (firma)ni yil davomida qancha foyda olishga erishadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |