Shodmon Xo’jamberdiyev
O'zbekiston xalq baxshisi Shodmon Xo’jamberdiyev 1967-yili 06-fevral Boysun tumanida tug'ilgan. U tumandagi 22-umumta’lim maktabida o'qigan davridanoq baxshichilik sirlarini o'rgangan.
Sh.Xo’jamberdiyev 1984 yildan buyon Sherobod tumani madaniyat bo'limiga qarashli markaziy madaniyat uyining “Chaman” badiiy jamoasi qatnashchisidir.
U maktabda o'qib yurgan davrida san’atning sirlarini chuqur egallab tuman va viloyat miqyosida o'tkazilgan baxshichilik yo'nalishidagi tadbirlarda faol ishtirok etib kelgan.
Sh.Xo’jamberdiyev ko'p yillik mehnat faoliyati davomida madaniyat ishlarini tashkil qilishda o'zining izlanuvchanligi va tashabbuskorligini ko'rsatdi. Madaniyat uyining erishgan yutuqlarida uning xizmati alohida o'rin tutadi Respublika miqyosida o'tkazilayotgan Mustaqillik, Navro'z bayramlarida faol ishtirok etib kelmoqda.
Sh.Xo’jamberdiyev 1985 yilda Xorazm viloyatida o'tkazilgan “Baxshi – shoirlar va oqinlar” ko'rik-tanlovining g'olibi bo'lib, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasining maxsus sovrini bilan mukofotlangan.
Shuningdek, 1985 yilda o'tkazilgan O'zbekiston televideniesining “Baxshilar aytishuvi” ko'rik-tanlovi, 1989 yilda Ozarbayjon Respublikasida bo'lib o'tgan baxshilar “Xalqaro festivali” laureati,
1991 yil Markaziy Osiyo mamlakatlari baxshi-oqinlarning laureati,
1999 yil Qirg'iziston Respublikasi Bishkek shahrida o'tkazilgan “Chet elga chiqish” xalqaro baxshilar tanlovi g'olibi bo'lgan.
2003 yil 14 mayda bo'lib o'tgan Markaziy Osiyo Respublikalarining “Baxshi – shoir va oqinlar” 3 an’anaviy xalqaro ko'rik festivalida o'zining yuqori saviyadagi dasturi hamda yuksak ijrochilik mahorati uchun ushbu festivalning 1-darajali diplomi bilan taqdirlangan.
U 2013 yil “Obod turmush yili”ga bag'ishlab o'tkazilgan Baxshi-shoir va oqinlarning an’anaviy Respublika ko'rik-tanlovida 1-o'rinni egallab, yuqori badiiy saviyadagi ijrochilik mahorati hamda faol ishtiroki uchun Respublika xalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar ilmiy-metodik markazining diplomi bilan taqdirlangan.
2010 yil Qarshi shahridagi “Nasaf” nashriyoti tomonidan “Xon dalli” dostoni, 2012 yil “Surxondanman, surxondan”, 2019 yilda “Kuyla Surxon do'mbirasi” nomli termalar to'plami kitoblari chop etilgan. “Qaytmas” dostoni ustida ijodiy ish olib bormoqda.
Uning shogirdlaridan Sherali Ahmedov, Sherali Egamberdiev, Samariddin Xo'shboqov, Maysara Raximova, O'rolov Elbek, Olmosov Almurod, To'qsonov Salimlar ko'plab xalq sayillari va festivallarda ishtirok etib mehnat qilmoqda.
2017 yilda Qozog'iston Respublikasi Almata shahrida o'tkazilgan “Uli dala eli” xalqaro baxshi shoirlar va jiravlar festivali qatnashchisi, 2018 yil Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani “Vahshivor” qishlog'ida o'tkazilgan
Baxshi-shoir, oqin va jiravlarning an’anaviy respublika ko'rik-tanlovi, 2019 yil Qirg'iziston Respublikasi Bishkek shahrida o'tkazilgan festival faol ishtirokchisi bo'lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |