Shoberdi baxshi
Shoberdi baxshi - (taxallusi; asl nomi Boltayev Shoberdi) (1944.9.4, Boysun tumani) — Oʻzbekiston xalq baxshisi (2000). Termiz untining pedagogika fakultetini tugatgan (1972). Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi (1999). Dostonchilikni Xushboqbaxshidan oʻrgangan, asosan doʻmbira joʻrligida kuylaydi. Ilk ijodini termalar aytishdan boshlagan ("Oypari", "Ogʻajon", "Nima yomon — shu yomon" va boshqalar). Uning repertuaridan "Alpomish", "Kuntugʻmish", "Oyparcha", "Sanam gavhar", "Oltin qaboq", "Suluvxon", "Malla savdogar" kabi dostonlar oʻrin olgan. "Alpomish" dostonining 1000 yilligi oldidan boʻlib oʻtgan Oʻrta Osiyo baxshilari koʻriktanlovining sovrindory (Termiz, 1999).
Abdunazar Poyonov
Abdunazar Poyonov - (1949, Qiziriq tumani) — Oʻzbekiston xalq baxshisi (2003). Sherobod dostonchilik maktabi vakili. Termiz pedagogika institutini tugatgan (1973). Qiziriq tumani umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisi (1973 y. dan). Dostonchilik anʼanalarini Mardonaqul baxshi, Umir baxshilardan oʻzlashtirgan. Repertuaridan "Alpomish", "Malika ayyor", "Sherali" va boshqa dostonlar, doʻmbira kuylari, shuningdek, xalq ("Doʻmbiram", "Nima aytay"’ va boshqalar) hamda Vatanga muhabbat, sadoqat, xalq hayoti mavzularida oʻzi ijod qilgan termalar oʻrin olgan. Xalqaro (Qozogʻiston, 1997; Termiz, 1999) va respublika baxshi-shoirlar taplovlari laureati.
Umirov Rasul Qorayevich
Umirov Rasul Qorayevich - 1960 yil 5-dekabr kuni Qashqadaryo viloyatida tavallud topgan, xozirgi kunda Muzrabot tumanida yashab ijod qilmoqda, 2015 yilda O‘zbekiston xalq baxshisi, 2021 yil fidoyi xizmatlari uchun Mustaqilligimizning 30 yillig ko'krak nishoni bilan taqdirlangan.
Artikov Baxtiyor Abdimuratovich
Artikov Baxtiyor Abdimuratovich 1972 yil 2 may kuni Sho'rchi tumanida tavallud topgan. B.Artikov 2000 yildan baxshichilik san’ati bilan shug'ullanib ko'p yillik samarali ijodiy faoliyati orqali el-yurtga tanilgan.
U baxshilik san’atini mukammal o'rganish uchun ustozlari Eshqobil baxshi Qo'shoqovga, 2009 yildan O'zbekiston xalq baxshisi Shoberdi baxshi Boltaevga shogirdlikka tushgan. U 30 dan ortiq xalq termalarini yod olib, ijod qilmoqda.
B.Artikov Respublikaning 20 dan ortiq teleko'rsatuvlarida chiqishlar qilgan. Faol harakati va mehnatda erishgan yutuqlari uchun bir necha marotaba faxriy yorliq va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan.
2009 yilda Sho'rchi tumanida o'tkazilgan Respublika “Baxshi shoir va oqinlar” ko'rik-tanlovida ishtirok etib, faxriy yorliq bilan taqdirlangan.
2011 yilda Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari o'rtasida o'tkazilgan “Ustozlarni yod aylab” ko'rik- tanlovida “Alpomish” dostonini ijro etib, 1-darajali diplom bilan taqdirlangan.
2011 yilda Samarqand viloyati Qo'shrabot tumanida o'tkazilgan “Fol`klor insoniyat aytgan birinchi qo'shiq” mavzusidagi yosh shoir va baxshi ijodkorlar ko'rik-tanlovida 2-o'rinni egallagan. Shu yili Surxondaryo viloyatida o'tkazilgan “Nafosat Bo'stonim manim” an’anaviy VII respublika ko'rik-festivalining viloyat bosqichida “Baxshi va xalfachilik” yo'nalishi bo'yicha faol ishtirok etib, faxriy yorliq bilan taqdirlangan.
Shuningdek, 2011 yilda “Baxshi shoir va oqinlarning an’anaviy” respublika ko'rik-festivalining viloyat bosqichida 1-darajali diplom sohibi bo'lib, respublika bosqichiga yo'llanma olgan.
O'zbekiston Mustaqilligining 20 yilligiga bag'ishlab o'tkazilgan “Baxshi shoir va oqinlarning an’anaviy” respublika ko'rik-festivalida yuqori badiiy saviyadagi ijro dasturi bilan ishtirok etganligi uchun 3-darajali diplom bilan taqdirlangan.
2012 yilda ustozi Shoberdi Boltaev bilan birgalikda “Assalom O'zbekiston” teleko'rsatuvida bir necha marta chiqishlar qilgan.
2012 yilda Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida Qodir baxshi Raximov tavalludining 75 yilligiga bag'ishlab “Baxshisi bor elning baxti bor” mavzusida o'tkazilgan respublika baxshi-shoirlar seminar treningida faxriy yorliq bilan taqdirlangan.
2013 yilda Navoiy viloyatida o'tkazilgan “Asrlar sadosi” festivalida sertifikat bilan mukofolangan hamda Xiva shahrida “Obod turmush yili”ga bag'ishlab o'tkazilgan “Baxshi shoir va oqinlarning an’anaviy” respublika ko'rik-festivalida ishtirok etib, faxriy yorliq bilan taqdirlangan.
2016 yilda “Baxshi shoir ko'rik-tanlovi”da faol ishtirok etganligi uchun Surxondaryo viloyati madaniyat boshqarmasining faxriy yorlig'i bilan taqdirlangan. Shuningdek, “Baxshi, shoir, oqin va jirovlarning” an’anaviy respublika ko'rik-tanlovining viloyat bosqichi g'olib bo'lib, I-darajali diplom bilan taqdirlangan.
B.Artikovning 2016 yilda “Denov ovozi” gazetasida “Bahorim” va “Onajon” baxshiyona she’rlari chop etilgan. Hozirgi kunda she’riy termalar kitobi nashrga tayyorlanib, chop etilish arafasida.
2017 yilda Toshkent “Navo” kanalida ikki nafar shogirdi bilan, Surxondaryo telekanalida “Alpomish” dostoni bilan chiqish qilgan.
Shuningdek, el orasida “Avazxon”, “Alpomish”, “Oyparcha”, “Malla savdogar”, “Kuntug'mish”, “Go'ro'g'li” hamda “Go'ro'g'lining tug'ilishi” va bolaligi dostonlarini targ'ib qilib kelmoqda.
2018 yilda Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida “Baxshi-shoir, oqin va jirovlar” respublika festivalida o'zbek va qoraqalpoq xalq dostonlaridan “Alpomish”, “Go'ro'g'li”, “Avazxon”, “Oshiq G'arib va Shohsanam”, “Tohir va Zuhra” kabi dostonlardan qisman hamda istiqlolni tarannum etuvchi dostonlar va termalarni 20 daqiqadan oshmagan vaqt davomida mahoratli ijro etganligi uchun 1-o'rinni egallagan.
Shuningdek, 2018 yilda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahridagi “Oqsaroy” maydonida bo'lib o'tgan xalqaro “Maqom anjumani”da ham viloyatdan ijodiy jamoa bilan faol ishtirok etgan.
2019 yilda Termiz shahrida “Xalqaro baxshichilik san’ati festivali” doirasida o'tkazilgan “Baxshi-shoirlar” ko'rik-tanlovida faol ishtirok etib, qimmatbaho sovg'alar va diplomlar bilan taqdirlangan.
2020 yil “Shuxrat” medali bilan taqdirlangan
Do'stlaringiz bilan baham: |