Koshinlash materillari. Koshinlar mustaxkam, nam o‘tkazmaydigan, sovuqqa chidamli, asosga yaxshi yopishadigan, quyosh nuri va issiqqa bardoshli, chiroyli bo‘lishi va arxitektura yodgorliklarida avval ishlatilgan koshinlariga mos tushishi zarur.
Bino va inshootlarni koshinlashda koshin g‘ishtlari, bloklari va plitalari ishlatilishi mumkin. Koshin g‘ishtlari ishlatilishi mumkin. Koshin g‘ishtlari va bloklarining sirti silliq, taram-taram novli va naqshdor bo‘lishi mumkin. Koshinlash plitalari yassi, burchakbop va ravoqbop qilib ishlab chiqariladi. Kichik o‘lchamli fasad plitalarining
sirtiga-ajratilgan yuzasi silliq yoki naqshdor, rangli, sirlangan va sirlanmagan devorga yopishtiriladigan tomoni o‘yiq-o‘yiq bo‘ladi.
Ichki pardoz sopol materiallari suv shimmaydigan, mustaxkam, polboplari esa zarbga chidamli, yedirilishga bardoshli bo‘lishi lozim.
GOST bo‘yicha 30 hilga yaqin plitalar turli o‘lchamlarda, qalinligi esa 6 mm. dan qilib ishlab chiqariladi.
Plitaning yuzi bir tekisda sirlangan, g‘adir-budirlari, sir oqib tushgan joylari, havo pufakchalari, sir yuqmay qolgan va to‘rsimon darz ketgan joylari bo‘lmasligi lozim. Bir partiyadagi plitalarning rangida farq bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Plitka yuqori sifatli bo‘lishi uchun xom ashyo toza bo‘lishi muximdir. Plitkani zichlashtirish uchun 14-16 MPa bosimda presslanadi; bu esa buyum sopolining zichligini hamda buyumning aniq o‘lchamda va to‘g‘ri shaklda chiqishini ta’minlaydi.
Polbop sopol materiallar. Polbop sopolga-g‘isht, plitalar va koshinlar kiradi. Sopol plitalar 15 turda, uchburchak, to‘rtburchak, oltiburchak, sakkizqirrali holda ishlab chiqiladi. Polga ishlatiladigan sopol plitalarning suv shimuvchanligi 4% (massa bo‘yicha), yeyiluvchanligi 0,1 g/sm2 dan oshmasliki kerak.
Sopol quvurlar. Sopol quvurlar zich, zarralari uyushib qotgan, sirti sirlangan va sirlanmagan va turli o‘lchamlarda (diametri 50 dan 600mm gacha) bo‘lishi mumkin. Sopol quvurlar xom ashyosiga shamot, ba’zan kvars qumi kukuni qo‘shiladi.
quvurlar maxsus presslarda zichlashtirilib qoliplanadi. Ularning suv shimuvchanligi 9-10% atrofida. Asosiy yodgorliklari restavratsiyasida sopol asosiy material bo‘lgani uchun, zarurat bo‘lsa GOSTda ko‘rsatilmagan buyum va qismlarini maxsus sexlarda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish lozimdir. Bu sohada ilmiy-tadqiqot ishlarini va chet ellar bilan xamkorlikni kuchaytirish zarur.
KVARTS
Mustaqillikning 30 yilligi arafasida Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahridagi «Kvars» korxonasida yillik quvvati 22,2 million kv.metr bo‘lgan float oynalar ishlab chiqarish liniyasi ishga tushirildi.
Korxonaning asosiy ish faoliyati turli xil hajmdagi shisha idishlar (banka, butilka), yetti xil rangdagi qurilish oynalari shu jumladan avtomobilsozlik sanoati, mebel sanoati hamda xalq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan turli xil oyna mahsulotlarini ishlab chiqarishdan iborat.
2017 yilda Prezident Shavkat Mirziyoyevning «Kvars» AJni yanada rivojlantirishga qaratilgan qaroriga asosan korxonaga “Quvvati sutkasiga 400 tonna bo‘lgan silliqlangan oyna ishlab chiqarish sexi”ni qurish uchun investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha, Prezidentimizning 2018 yil 18 sentyabr kuni 5374-sonli Farmoni qabul qilindi. Ushbu loyiha asosida qurilgan yangi liniya uchun zamonaviy uskunalar Xitoyning «ShanghayPony Technology» kompaniyasidan xarid qilingan. Loyiha amalga oshirilganidan so‘ng, korxonada oyna ishlab chiqarish quvvati yiliga 20 mln.m2, eni 3 metr, qalinligi esa 2 mm.dan 19 mm.gacha oshiriladi. Yangi liniyani ishga tushishi ortidan 280 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Eng muhimi loyiha amalga oshirilgach, energiya sarfi 2 barobarga kamaydi. Mahsulot tannarxi 20-30 foizga arzonlashdi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, mahalliy bozorda qurilish oynasiga bo‘lgan talab deyarli qoplanib, eksport ko‘lami kengaytirilgan.
Korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulot va xizmatlarning sifati dunyo andozalari talablariga mos kelishi sababli, korxonaga O‘zbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlashtirish tizimi DQS kompaniyasi tomonidan Xalkaro standart ISO 9001:2008 muvofiqlik sertifikati va Italiyaning Milan shahrida joylashgan Xalqaro standartlashtirish organi ICIM tomonidan xalqaro sertifikat berildi va «Kvars» AJ “O‘zbekistonda eng yaxshi korxona” ko‘rik-tanlovi sovrindori bo‘ldi. Shuningdek, 2017 yilda korxonaga ISO 9001:2015 hamda ISO 50001 sertifikatlari kiritlgan
Do'stlaringiz bilan baham: |