G Tadbir ssenariysi
O`tkir qalami ila dunyoni lolqoldirgan alloma ,buyuk bobokalonimiz Mir Alisher Navoiy tavalludiga bag`ishlangan tadbir ssenariysi.Tadbir nomi
“XALQ G`AMIGA BAXSHIDA UMR”
QATNASHUVCHILAR 9- sinf o`quvchilari.
SHIOR: ODAMI ERSANG DEMAGIL ODAMIY,
ONIKI YO`Q, XALQ G`AMIDIN G`AMI.
BOSHLOVCHI SO`ZI:
Shu`laga intilganni parvona deng,
Mayli, mendek g`aribni devona deng.
Ne desangiz ko`naylek ko`ngil mulkin,
Navoiy hikmatisiz vayrona deng.
Assalomu alaykum qadri baland qadrdonlar , aziz ustozlar va maktabdosh do`stlar. Mana bugun buyuk bobokalonimiz Mir Alisher Navoiy tavalludining 579 yilligi munosabati bilan diydorlashib turibmiz.
Shunday bir buyuk siymo haqida so`z borar ekan ,kimsa yo`qki, qalbi mehr-muhabbat ga to`lmasa, faxrlanmasa. Nafaqat adabiyot ixlosmandlari balki butun dunyo ahli ulzot qarshisida ta`zimdadir .Zero O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.KARIMOV:”Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri , badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan, buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimizning g`ururi, sha`n-u sharafini dunyoga tarannum qilgan o`lmas so`z san`atkoridir. Ta`bir joiz bo`lsa ,olamda turkey vaforsiy tilda so`zlovchi biron inson yo`qki, u Navoiyni bilmasa, NAVOIYNI SEVMASA, Navoiyga sadoqat va e`tiqod bilan qaramasa”-deya e`tirof etmagan bo`lardi. So`zimizning isbotis ifatida Navoiy ixlosmandlarini davraga taklif qilamizda so`lariga quloq tutamiz .
O`quvchi.
Adbiyot osmonidan, shoirlarning bo`stonidan.
So`z mulkining sultonidan, assalomu alaykum.
O`quvchi.
Ajdodlarim pok ruhidan ,o`rgilayin shukuhidan,
Navoiyxonlar guruhidan ,assalomu alaykum.
O`quvchi.
Kimki jahon alida inson erur,
Bilkini shoni angaim on erur.
4-o`quvchi.
Ushbu misralar muallifi, ulug` mutafakkir bobo kalonimiz Mir Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Hirot shahrida dunyoga kelgan.
Otasi Giyosiddin Muhammad , onasi SHayx Abusaid CHangning qizi bo`lgan. U bolalikdan zehni o`tkir , zukko bola bo`lgan.4 yoshida maktabga chiqqan.10-12 yoshlarida she`rlar yoza boshlagan .Tarixchi Xondamirning yozishicha yosh Alisher Navoiy is`tedodidan hayratlangan mavlono Lutfiy, uning:
Orazin yopqach, ko`zumdin sochilur har lahza yosh,
O`ylakim, paydo bo`lur yulduz, nihon bo`lg`ach quyosh.
5-o`quvchi.
Matlali g`azalini tinglab:”Agar muyassar bo`lsa edi,o`zimning o`n-o`n ikki ming forsiy va turkey baytimni shu g`a—zalga almashtirar edim…”degan.Alisher Navoiy 15 yoshidashoir sifatida keng tanigan.She’rlarini turkiy (Navoiy taxallusi bilan) v aforsiy (Foniy taxallusi bilan) tillarda yozgan.
6—o`quvchi.
Buyuk inson parvar Alisher Navoiy o`rta asrdagi Uyg`onish davrining boshqa ulug` zotlari singari butun hayoti bilan haqiqiy inson qanday bo`lishi lozimligini ko`rsatdi. U o`z davridagi nohaqlikka , adolatsizlikka qarshi kurashdi , amaldorlarning o`z vazifalarini suv iste’mol qilishlarini va ta’magirliklarini fosh etdi, ojiz, muhtoj kishilarni o`z himoyasiga olgan.
Navoiy haqida batafsil ma`lumot beriladi.
G`azallaridan namunalar keltiriladi.
“Keimadi”,”Deyin”,”Bo`ldim sanga”,”On sakkizming olamo shubi agar boshin dadur”
G`azallarni o`qigach amma birgalikda
Tilagimizko`paysinNavoiyizdoshlari,
Navoiydek tanilsin O`zbekiston yoshlari.
Deb ta`zim qilib sahnani tark etadilar.
2-bosqich savol –javob .BUNDA O`QUVCHILARNING BILIMI SINIVDAN O`TKAZILADI
1-savol.
O`YLA BULUTDEKKI QURUQ BOG` UZA,
YOG`MAY O`TUB, SUVNI TO`KAR TOG` UZA.
Ushbu misralar orqali Navoiy qanday fikrni bayon qilgan?
Javob Zarurati bo`lmagan kishilarga saxiylik qilish aqldan emas.
2- savol.
“Panj ganj” nomi bilan mashhur bo`lgan birinchi “Xamsa” necha yilda ,kim tomonidan yozilgan?
Javob. Ozarbayjonlik ulug` soir Nizomiy Ganjaviy tomonidan 28yil davomida.
3-savol .Navoiy ning adolat haqidagi qarashlari “Hayratul- abror” dostoning nechanchi bobida keltirilgan?
Javob 3-“Salotin bobida.
4-savol. Navoiyning quyidagi satrlari qaysi dostondan olingan?
Men turkcha boshlabon rivoyat ,
Qildim bu fasonani hikoyat.
Kim shuhrati jahonga to`lg`ay,
Turk eliga dog`I bahra bo`lg`ay.
Javob.”Layli va Majnun” dostoni xotimasida.
5-savol.O`limi oldidan sahro,vodiy ,tog`, osmon hamda ular atrofidagi darrandalar-u parrandalar bilan vidolashib, ulardan bergan azoblari uchun uzr so`ragan, hamdardlik, ham nafaslik qilganlari uchun ularga minnatdorchilik bildirgan qahramon kim?
Javob.Farhod
6-savol.
Navoiy ayriliqqa ucraganlarn imaqsadiga yetkazuvchi, xomodamlarni pishiruvchi, taomlarni singdiruvchi deganda nimani nazarda tutgan?
Javob.Safar qilisin.
7-savol.
Ovqatim uvol bo`lmasin desang-yedir: davomini ayting
Javob.Libosim eskirmasin desang kiydir.
8-savol.
15-asr islom tafakkurining borliq va tabiat, inson va jamiyat, axloq va kamolot haqidagi qomusi deya e`tirof etilgan asar qaysi?
Javob Navoiyning “XAMSA” asari.
9-savol. Quyidagi ruboiyning turini toping.
Ko`z bila qoshing yaxshi, qabog`ing yaxshi,
Yuz bila so`zing yaxshi,dudog`ing yaxshi.
Iying birla mening yaxshi ,saqog`ing yaxshi,
Bir-bir ne deyin boshdin oyog`ing yaxshi.
Javob.Taronayi ruboiy
10-savol.
Erursen shoh –agar ogohsen ,sen,
Agar ogohsen,sen shoh sen sen.
Misrada qo`llangan badiiys an`at turini toping
Javob.tardeak san`ati.
Savol javob tugagach “Shoh G`oziy” hikoyati asosida sahna ko`rinishi qo`yiladi.
So`nggi so`z o`rnida
Shohki adli la bunyod etar,
Adl buzuq mulkni obod etar.
NAVOIY SO`ZI
BOLALARIM , O`G`ILLARIM, QIZLARIM,
SIZLAR MENING ORTDA QOLGAN IZLARIM.
UNUTMANGIZ HAQ TAOLO BORLIGIN,
YOMONLARGA BU DUNYONING TORLIGIN.
EGALLANGIZ ,ILM-U HUNAR KAMOLOT ,
BARINGIZDA BORDIR CHEKSIZ XAYOLOT.
PESHA QILING SAVOBGA QO`L URMOQNI ,
UYAT BILING NO POKKA YO`L BURMOQNI. v
QARILIKNI IBODATGA BAG`ISHLANG,
UMR LAHZALARI HAQDAN INOYAT,
QADRIN BILIB IZLAB TOPING HIDOYAT.
INSON DAHRI DUNDA O`ZI OMONAT,
VATANGA XIYONAT O`ZIGA XIYONAT.
UNUTSANGIZ NAVOIYNING O`ZINI, UNUTMANGIZ HAQ DEB AYTGAN SO`ZINI.
“X”alq g`amiga baxshida umr kechgan beqiyos,
“A”vlodiga qoldirgan bebaho ulkan meros,
“M”oziy larning qaridan taralmoqda bir ovoz,
“S”adolarning so`ziga diqqat bilan quloq os,
“2’
;A”LISHERNING AVLODI BOBONGGA MUNOSIB BO`L!
Do'stlaringiz bilan baham: |