Shimoliy parfiyaning ilk temir davri arxeologiyasi



Download 80,5 Kb.
Sana19.12.2019
Hajmi80,5 Kb.
#31070
Bog'liq
SHIMOLIY PARFIYANING ILK TEMIR DAVRI ARXEOLOGIYASI

SHIMOLIY PARFIYANING ILK TEMIR DAVRI ARXEOLOGIYASI

Reja:

Kirish


  1. Parfiya podsholigi.

  2. Sosoniylar davlati.

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar



KIRISH

Parfiya podsholigi — miloddan avvalgi taxminan 250 yilda Kaspiy dengizining jan. va jan.-sharqiy tomonida vujudga kelgan kad. davlat. Miloddan avvalgi 1-asr oʻrtalarida Mesopotamiyadan Hindistongacha boʻlgan hududni oʻziga boʻysun-dirgan. P. milodiy 3-asrning 20-yillarigacha mavjud boʻlgan. Miloddan avvalgi taxminan 250 yil saklarning koʻchmanchi parnlar (daxlar) qabilasi Arshak (arshakiylar sulolasi asoschisi) boshchiligida Salavkiylar davlatidan ajrab chiqqan Parfiyo-na yoki P. satrapiyasiga bostirib kirganlar va P.ni, soʻngra qoʻshni Girkaniya viloyatini ishgʻol etganlar. Salavk II oʻz hokimiyatini qayta tiklash maqsadida olib borgan bir necha muvaffaqiyatsiz urinishlar (miloddan avvalgi 230— 227)dan soʻng P. da arshakiylar hukmronligini tan olishga majbur boʻlgan. 209 yil P.ni salavkiylar podshohi An-tiox III bosib olgan. Biroq Salavkiylar davlatining zaiflashganidan foy-dalanib P. tezda oʻz mustaqilligini tiklagan. Parnlar mahalliy parfyanlar (parfiyaliklar) bilan aralashib ularning madaniyati, tili va mahalliy diniy eʼtiqodlarini qabul qilishgan. Miloddan avvalgi taxminan 170—138/137 yillarda P. podshohi Mitridat I salavkiylarning sharqiy satrapiyalari va Yunon-Baqtriya podsholigining bir qismini (miloddan avvalgi taxminan 136 y,) bosib olgan. Miloddan avvalgi 1-asr boshida P.ning qudrati yanada ortib, Rim imperiyasining xavfli raqibiga aylangan. Miloddan avvalgi 53 yil P. Rim bilan toʻqnashib, Karri jangitsa. Krase qoʻmondonligi ostidagi Rim qoʻshi-nini butkul tormor etgan. Miloddan avvalgi 40-yilda P. Kichik Osiyoning deyarli butun hududini, Suriya va Falastinni zabt etgan. Bu Rimning Sharkdagi hukmronligiga taxdid solmoqda edi. Miloddan avvalgi 39— 37 yillarda rimliklar bu viloyatlar us-tidan oʻz hukmronliklarini tiklashgan. Tez orada P. ichki nizolar va koʻchmanchi alanlarning hujumlari natijasida ta-nazzulga uchray boshlagan. Bundan foy-dalangan rimliklar P.ning gʻarbiy viloyatlarini qattiq talon-toroj qilgan. Parfiyaliklar vaqtvaqti bilan rimliklar ustidan gʻalaba qozonib turgan boʻlsalarda, davlatni siyosiy tushkunlikdan qutqarib qololmaganlar. Margʻiyona, Sa-kaston, Girkaniya, Elimaida, Fors, Xa-rakena, Xatra shahri amalda mustakil edilar. Tashki va ichki nizolar mamlakatni holdan toydirgan. 224 yil vassal Fors (Persida) viloyati hokimi Ardashir (qarang Ardashir I) hal qiluvchi jangda Arta-bon V ni Ormizdagon tekisligida magʻ-lub etib P. davlatini tugatgan; P. asoschisi Ardashir I boʻlgan. Sosoniylar davlatit qoʻshib yuborilgan.

Meʼmorlik, amaliy va bezak sanʼati dastlab sharqiy ellin madaniyatining shoxobchalaridan biri sifatida rivojlangan. Keyinchalik P. tarkibiga kirgan mahalliy xalklarning badiiy anʼanalari bilan boyib taraqqiy etgan. P.ning sharqiy qismida asosi kvadrat shaklidagi ibodatxonalar (Niso, miloddan avvalgi 2- va milodiy 1-asrlar), ayvonli saroylar (Koʻhi Xoʻja, Eron, 1-asr) qurilgan, binolar gʻarbdan keltirilgan marmar haykallar va mahalliy ustalar yasalgan terrakota haykallar bilan bezatilgan. Kryalarda ishlangan relyeflarda aʼyonlarning podshoga taʼzimi, qurbonlik marosimlari va boshqa aks ettirilgan. Nisodan topilgan kumush, fil suyagi, sopol buyum, idish, turli bezaklardagi tasvirlarning syujeti yunon afsonalari asosida, lekin kishilarning qiyofalari mahalliy xalklarni eslatadi.

P.ning garbiy qismida ibodatxonalarning turli-tuman tiplari mavjud boʻlib, yunon-rim meʼmorligining kuchli taʼsiri koʻzga tashlanadi, shu bilan bir qatorda ayvonli binolar qurilgan. Devoriy rasmlar, xudo va podsholarning haykallari bino bezagining bir qismiga aylantirilgan. Suyakdan ishlangan ayol haykalchalari saqlangan.



Parfiya podsholigining kuchayishi, Antiox III vafotidan soʻng Salavkalar davlati kuchsizlanib qoladi. Bu vaziyatdan foydalangan Parfiya shohi Mitridat I miloddan avvalgi (171–138) Midiya bilan Bobilni bosib olib miloddan avvalgi 141-yilda oʻzini «Bobil podshosi» deb eʻlon qiladi. Miloddan avvalgi 140–120-yillarda shimoldan saklarning xujumi boshlanib, Yunon-Baqtriya davlati agʻdarib tashlanadi. Saklarning jangovar qismlari Parfiya qoʻshinlari bilan ham toʻqnashadilar. Bu janglarda ikki Parfiya shohi halok boʻladi. Saklar Erimander, Xerirud daryolari oraligʻidagi viloyatga borib joylashadilar. Shundan boshlab bu viloyatni Sakiston deb ataydigan boʻldilar. Mitridat II (miloddan avvalgi 123–87) davrida Parfiya qoʻshinlari salavkiy qoʻshinlarini yengib, Eron va Mesopotamiyani ishgʻol qiladilar. Mitridat II «ulugʻ shahanshoh» degan unvonga ega boʻladi. Parfiya qoʻshinlari Kichik Osiyo va Oʻrtayer dengizining sharqiy sohili chegaralarida rimliklar bilan toʻqnashadilar. Miloddan avvalgi 53-yilda mashhur sarkarda Krass boshliq Rim qoʻshinlari bilan Parfiya podshosi Orod (miloddan avvalgi 55–37) qoʻshinlari oʻrtasida janglar boshlanib ketadi. Shu yili Karri shahri yaqinidagi dahshatli jangda rimliklar yengilib, sarkarda Krass halok boʻladi. Bu gʻalabadan soʻng parfiyonlar katta oʻljaga ega boʻlib, juda koʻp rim askarlari asirga tushadi. Asirlar Margʻiyonaga haydab ketilib oʻsha yerga joylashtiriladi. Bu gʻalabadan keyin Parfiya poytaxti Gekatompildan Mesopotamiyadagi Ktesifonga koʻchiriladi. Bu davrda Parfiya oʻz kuch-qudratining eng baland choʻqqisiga koʻtariladi. Parfiya qoʻshinlari Sharqda Hind daryosigacha, gʻarbda esa Oʻrtayer dengizi va Kichik Osiyo chegarasigacha boʻlgan yerlarni egallaydilar.

1. Qadimgi Parfiyaning geografik o`rni, tabiati va aholisi. Parfiya ham janubi-g`arbiy Osiyodagi qadimgi davlatlardan biri bo`lib Sharqning eng katta va kuchli davlatiga aylangan paytda Mesopotamiyadan Hindiston chegaralarigacha bo`lgan yerlarni o`z ichiga olar edi.

Parfiyaning yer usti tuzilishi asosan tog`lik, yassitog`lik va qisman sho`rxok tekisliklardan iborat bo`lgan. Uning hududidan Frot, Dajla, Atrok, Tajan, Murg`ob kabi katta-kichik daryolar oqib o`tgan. Parfiya hududida bir necha yuz ming yillardan beri aholi yashab keladi. Uning tub aholisi parnlar, daxlar, saklar, girkanlar va boshqa qabilalar bo`lgan. Parfiya kuchayib atrofdagi o`lkalarni istilo qilgach, aholisi tarkibiga yunon-makedonlar, eroniylar, midiyaliklar, mesopotamiyalik va boshqa xalqlar ham kirgan.



2. Parfiya davlatining tashkil topishi. Miloddan avvalgi VII– VI asrlarda Kaspiy dengizdan janubi-sharqiy hududlarda parn-parfiya qabilalari yashar edilar. Miloddan avvalgi VII–VI asrlarda Parfiya goh Midiya, goh Eron, goh Yunon-Makedon, goh Salavkalar davlati tarkibida bo`lgan.

Miloddan avvalgi III asr o`rtalarida Salavkalar davlati kuch-sizlanib qolgan edi. Shu davrda Turkman-Xuroson tog`lari va uning shimoliy hamda janubiy etaklarida Parfiya satrapligi bo`lib, unga Stagnor degan kishi noiblik qilardi. Miloddan avvalgi 250-yili salavkiylarning Parfiyadagi noibi Andragor o`zini Parfiya podshosi deb e`lon qildi. Lekin Andragorning podsholigi uzoqqa bormadi.

Miloddan avvalgi 247-yili ko`chmanchi sak qavmlarining parn-dax qabilalari Parfiyani bosib oladilar. Ularning sardori Arshak Parfiya davlatining podshosi deb e`lon qilinadi. Rim tarixchisi Pompey Trog ma`lumotlariga ko`ra Arshakning kelib ghiqishi saklardan bo`lib, o`ta jasur va mard odam bo`lgan ekan. Arshak ismi shak botiri, pahlavoni, degan ma`noni bildirgan. Arshak` Kaspiyning janubidagi Girkaniyani bosib olib, podsholik yerlarini kengaytiradi. U arshakiylar sulolasiga asos soladi. Arshak Yunon-Baqtriya podshosi Deodot I bilan harbiy ittifoq tuzib, salavkiylar qo`shinini tor-mor etadi.

Salavka podsholaridan Antiox III miloddan avvalgi 209-yili Parfiya ustiga qo`shin tortadi. Bu jangda Parfiya qo`shinlari yengiladi, ammo Parfiya o`z mustaqilligini saqlab qoladi.



3. Parfiya podsholigining kuchayishi. Antiox III vafotidan so`ng Salavkalar davlati kuchsizlanib qoladi. Bu vaziyatdan foydalangan Parfiya shohi Mitridat I miloddan avvalgi (171–138) Midiya bilan Bobilni bosib olib miloddan avvalgi 141-yilda o`zini «Bobil podshosi» deb e`lon qiladi.

Miloddan avvalgi 140–120-yillarda shimoldan saklarning xujumi boshlanib, Yunon-Baqtriya davlati ag`darib tashlanadi. Saklarning jangovar qismlari Parfiya qo`shinlari bilan ham to`qnashadilar. Bu janglarda ikki Parfiya shohi halok bo`ladi. Saklar Erimander, Xerirud daryolari oralig`idagi viloyatga borib joylashadilar. Shundan boshlab bu viloyatni Sakiston deb ataydigan bo`ldilar.

Mitridat II (miloddan avvalgi 123–87) davrida Parfiya qo`shinlari salavkiy qo`shinlarini yengib, Eron va Mesopotamiyani ishg`ol qiladilar. Mitridat II «ulug` shahanshoh» degan unvonga ega bo`ladi. Parfiya qo`shinlari Kichik Osiyo va O`rtayer dengizining sharqiy sohili chegaralarida rimliklar bilan to`qnashadilar. Miloddan avvalgi 53-yilda mashhur sarkarda Krass boshliq Rim qo`shinlari bilan Parfiya podshosi Orod (miloddan avvalgi 55–37) qo`shinlari o`rtasida janglar boshlanib ketadi. Shu yili Karri shahri yaqinidagi dahshatli jangda rimliklar yengilib, sarkarda Krass halok bo`ladi. Bu g`alabadan so`ng parfiyonlar katta o`ljaga ega bo`lib, juda ko`p rim askarlari asirga tushadi. Asirlar Marg`iyonaga haydab ketilib o`sha yerga joylashtiriladi.

Bu g`alabadan keyin Parfiya poytaxti Gekatompildan Mesopotamiyadagi Ktesifonga ko`chiriladi. Bu davrda Parfiya o`z kuch-qudratining eng baland cho`qqisiga ko`tariladi. Parfiya qo`shinlari Sharqda Hind daryosigacha, g`arbda esa O`rtayer dengizi va Kichik Osiyo chegarasigacha bo`lgan yerlarni egallaydilar.



4. Parfiya podsholigining tushkunlikka uchrashi. Miloddan avvalgi 40-yillardan boshlab rimliklar O`rtayer dengizining sharqiy sohilidagi mamlakatlarda va Kichik Osiyoda o`z mavqeini qayta tiklab oladilar. Rim qo`shinlari Parfiya qo`shinlarini Frot daryosi chap sohiliga surib chiqarishga muvaffaq bo`ladilar. Ammo rimliklarning miloddan avvalgi 38-yilda Midiyaga qilgan yurishlari mag`lubiyat bilan tugaydi. Miloddan avvalgi I va milodning I–II asriaridagi ichki nizolar va to`xtovsiz urushlar Parfiyani kuchsizlantirib qo`yadi. Bu davrlarda Parfiyaga shimoldan alanlar bostirib kiradilar. Milodning II asrining birinchi yarmida rimliklar Mesopotamiyaga ikki bor bostirib kirib poytaxt Ktesifonni talab vayron qiladilar. Shundan keyin Rim bilan Parfiya o`rtasidagi kurash 200 yilcha davom etadi. Bu davr ichida Rim va Parfiya davlatlari kuchsizlanib parchalanishga yuz tutadi. Parfiya esa mayda davlatga bo`linib ketadi.

Milodiy III asrdan boshlab podsholikning janubi-g`arbidagi Parsua viloyati yuksalib Sosoniy sulolasi asos solgan davlat tashkil topadi.

Milodiy 224-yilda sosoniy hukmdorlari Parfiya poytaxti Ktesifonni egallab, kuchsizlanib qolgan Parfiya podsholaridan taxtni tortib oladilar.

Shunday qilib, 500 yilcha umr ko`rgan Parfiya podsholigi ag`darilib, uning o`rnida Sosoniylar davlati tashkil topadi,



5. Parfiyaning ijtimoiy tuzumi, xo`jaligi va madaniyati. Parfiya janubi-g`arbiy Osiyodagi yirik quldorlik davlatiaridan biri bo`lgan. Davlat tepasida arshakiylar sulolasidan bo`lgar shoh o`tirgan. Shoh huzurida qabila aslzodalari va ruhoniylardan Iborat ikki alohida kengash bo`lgan. o`lgan shohning o`rniga aka-uka va o`g`illaridan biri taxtga o`tqizilgan. Shoh davlat ahamiyatiga ega bo`lgan masalalarni aslzoda va ruhoniylar kengashi bilan maslahatlashib hal etgan. Mamlakat aholisining asosiy qismini ozod dehqonlar, hunarmandlar, savdogarlar va ziyolilar tashkil etgan, Parfiyada qulchilik ancha sust rivoj topgan edi. Solnomalarda qulning bolasi ham qul bo`lib qolishi ta`kidlangan. Qullar mehnatidan xo`jalikning hamma tarmoqlarida foydalanilgan. Parfiya aholisi to`rt tabaqadan iborat bo`lgan. Ular: 1. Zodagon jangchilar. 2. Yengil qurollangan suvoriylar. 3. Erkin jamoachi dehqonlar. 4. Qullar. Parfiya shohlarining asosiy kuchi qo`shin bo`lgan. Parfiya qo`shinining asosiy qismini qullar tashkil etgan.

Rim tarixchisi Pompey Trog: «Ularning qo`shinlari qullardan tashkil topgan, qullar olomoni ko`payib bormoqda, chunki hech kim ularni ozod etolmaydi, hammasi qullar bo`lib tug`iladi. Ular shu qullarni o`z farzandlaridek ko`rib tarbiyalaydilar, ot minishga va o`q-yoy otishga o`rgatadilar»,– deb yozgan ekan.

Parfiyonlar Rim sarkardasi Antoniyga qarshi 50 000 suvoriy tayyorlaganlar, shulardan 400 suvoriy erkin kishilardan, qolgani esa qullardan bo`lgan.

Parfiya xo`jaligining asosini dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq tashkil etgan. Parfiya aholisi Murg`ob, Tajan, Atrok, Karun, Kerxa kabi daryo va soy bo`ylaridagi unumdor yerlarga sholi, sabzi, turp, sholg`om, qovun, tarvuz, qovoq ekib parvarish qilganlar. Ular olma, anor, anjir, o`rik, uzum va boshqa mevali daraxtlar ekib. bog`dorchilik bilan shug`ullanganlar. Sug`orilmaydigan lalmikor kam suvli yerlarga bug`doy, arpa, tariq, no`xat, mosh kabi dukkakli ekinlar ekkanlar.

Qishloq xo`jalik ishlarida qullar mehnatidan foydalanganlar. Ozod dehqonlar olingan hosildan davlatga soliq to`laganlar. Dehqonlar yerni haydash va unga ishlov berishda omoch, belkurak, ketmon, tesha, o `roq, so `qa, mola kabi mehnat qurollaridan foydalanganlar. Qishloq xo`jalik ishlarida ot, eshak, xachir, ho`kiz va tuyalardan foydalanilgan. Dehqonlar ham kam miqdorda qoramol, qo`y, echki, eshak, ot va tuya asraganlar. Parfiyaning tog`, tog` oldi, yassitog`lik va dashtlarida sero`t yaylovlar ko`p bo`lgan. Bu yaylovlarda qo`y, echki, qoramol, eshak, tuya va xachirlar boqilgan.

Parfiyaliklar yilqichilikka katta e`tibor berganlar. Parfiyaning quruq iqlimli yaylovlari va tog` yonbag`irlarida asl zotli otlar parvarish qilingan.

Hikoya qilishlaricha Iskandar Zulqarnayn Parfiya bo`ylab o`tayotganda, mamlakatning dasht va tog` yaylovlarida yuz minglab ayg`ir, biya va qulunlarni o`tlab yurganini ko`rgan ekan.

Qadimgi solnomachilarning hikoya qilishlaricha, parfiyonlar otga qattiq mehr qo`yganlar. Ular bir umr ot ustidan tushmay urushganlar, bazm qurganlar, barcha jamoat va siyosiy ishlarni ot ustidan tushmay bajarganlar, savdo qilganlar va dam olganlar.

Qadimgi tarixchi Tasit «Parfiyaliklarning birdan-bir kuchi ularning suvoriylaridir» deb, yozgan edi.

Parflyaliklar tuyachilikka ham katta e`tibor berganlar. Mamlakatning qurg`oqchil, quruq iqlimli dashtlarida ko`plab tuyalar boqilgan. Ular ot bilan bir qatorda tuyalarni minib yurganlar, ularda yuk tashiganlar. Ular ichki va tashqi savdoda juda katta ahamiyatga ega bo`lgan. Tuyalardan harbiy maqsadlarda foydalanilgan. Parfiya jangchilari tuya minib urushga kirganlar.

Xitoyliklar Parfiyani An`si deb ataganlar. Xitoy sayyohlarining yozishlaricha «An`sida yuzga yaqin katta-kichik shaharlar bor». Ularning eng mashhurlari Zadrakarta, Gekatompil, Ekbatan, Niso va boshqalardir. Bu shaharlarda to`qimachilik, qurolsozlik, kulolchilik, zargarlik, ko`nchilik, me `morchilik birmuncha rivoj topgan edi.

Parfiyada savdo-sotiq ancha rivoj topgan bo`lib. savdogarlar Turon, Xitoy, Hindiston, Kavkaz, Misr Kichik Csiyodagi mamlakatlar bilan qizg`in savdo-sotiq ishlanm olib borganlar. Parfiya savdogarlari g`arb mamlakatlari bilan Xitoy o`rtasidagi savdo ishlarida vositachilik qilishgan.

Parfiya ham o`zining qadimiy madaniyatiga ega bo`lgan. Ular aramey yozuvidan foydalanib, xalq og`zaki ijodiyoti asosida ko`plab asarlar yaratganlar. Adabiyotda Qadimgi Eron an`analarining ta`siri kuchli bo`lgan.

U yerda me`morchilik, haykaltaroshlik, rassomchilik, bo`rtma rasmlar ishlash ancha rivoj topgan bo`lgan. Parfiya me`morchiligi va haykaltaroshligida yunonlarning ta`siri kuchli bo`lgan. Shoh saroylarining devorlari xilma-xil mazmundagi rasmlar bilan bezatilgan. Suyakdan yasalgan haykallar, shoxdan yasalgan qadahlar, ritonlar va boshqa idishlar kishini hayratga soladi. O`sha davrda chiqqan oltin pullarning sathi podsho, malika va jangchilarning tasvirlari bilan bezatilgan.

Parfiyada ibtidoiy din shakllari, hayvonlarga tog`-toshlar, daraxtlar va suvga sig`inish bilan bog`liq e`tiqodlar saqlangan. Lekin ular zardushtiylikka ko`proq e`tiqod qilib, suv, havo, yer va olovni ulug`laganlar. Axuramazdani ulug`lab, Axrimonga nafrat bilan qaraganlar. Chunki Axrimon yomonlik timsoli edi.

Parfiyaliklar qo`shni xalqlar madaniyatidan bahra olib o`zlariga xos madaniyat yaratganlar.



Sosoniylar davlati

1. Sosoniylar davlatining tashkil topishi. II asr oxiri – III asr boshlariga kelib ichki o`zaro urushlar Parfiya davlatining kuch-sizlanib qolishiga olib keldi. 208-yilda parfiylar davlati ikki qismga bo`linadi. Keyinchalik esa Parfiya yana bir necha mayda davlatlaiga ajralib ketadi. Bundan Eronning janubi-g`arbida joylashgan pors qabilalari foydalanib, Staxr shahrida hokimiyatni egallab oladilar. Bu jang-u jadallar tepasida porslarning soson urug`idan bo`lgan Bobak turardi. Bobak vafotidan so`ng Pors viloyati taxtiga uning o`g`illaridan biri Ardasher I (224–239) o`tiradi. 224-yilda bo`lib o`tgan jangda u Parfiya shohi Artabon V qo`shinlarini yengadi. 226-yilda Ardasher I poytaxtni Staxr shahridan Dajla daryosi bo`yidagi Ktesifonga ko`chiradi. Ktesifonda Ardasher I Sosoniy davlati taxtiga chiqish marosimini o`tkazgach, Sosoniylar davlatining chegaralarini kengaytirishga harakat qiladi. 230-yilda u o`z qo`shinlari bilan Suriya va Kichik Osiyoga bostirib boradi. Bu joylar Rim saltanatiga qaram edi. 232-yili Rim imperatori Aleksandr Sever katta qo`shin bilan Shimoliy Mesopotamiyaga kelib tushadi. Ardasher I qo`shinlari Rim legionlari bilan uzoq vaqt mobaynida qonli urushlar olib boradi.

2. Sosoniylar davlatining kuchayishi. Ardasher I vafotidan keyin Sosoniylar davlati taxtiga Shopur I (243–273) chiqadi. Shu vaqtdan boshlab sosoniy taxtiga chiqqan sulola vakillari «shahanshoh» unvoniga ega bo`ladilar. Sosoniylar davlati esa Eronshahr – oriylar podsholigi yoki eroniylar shohligi deb nomlangan. Shopur I davrida Eron qo`shinlari Rim qo`shinlari bilan janglar olib borib, ularni bir necha bor mag`lubiyatga uchratganlar. Bu urushlarning birida Rim imperatori Gordian halok bo`lib, juda ko`p rimlik aslzodalar va askarlar asir tushganlar. Ular Eron shohiga 500 ming dinor aqcha to`lashga majbur bo`lganlar.

244–251-yillar orasida bo`lib o`tgan urushlar natijasida sosoniy qo`shinlari Janubiy Armaniston va Qadimgi Ossuriyani bosib olganlar. Shopur I qo`shinlari Suriyada Rim qo`shinlari bilan to`qnashib, ularni tor-mor etadi. Shimoliy Mesopotamiyaning Xarran va Edessa shaharlari yonida bo`lgan jangda ham sosoniy qo`shinlari rimliklar ustidan g`alaba qiladilar. Edess yonidagi jangda Rim imperatori Valerian, ko`pgina senatorlar va aslzodalar asirga tushadi. Rim bilan olib borilgan janglar natijasida Shopur I qo`shinlari Suriya va Frot daryosining yuqori oqimidagi 36 qal`a va shaharni ishg`ol qiladi. Rim imperiyasi hech qachon bunday katta mag`lubiyatni ko`rmagan edi.

IV asrning 60–70-yillarida sosoniy qo`shinlari rimliklar bilan yana to`qnashib, Armaniston va Shimoliy Mesopotamiyaning ko`p joylarini bosib oladi. 63-yildagi jangda yana bir Rim imperatori Yulian halok bo`ladi. Sosoniy qo`shinlari Sharq tomonda ham katta urush olib borib, Xuroson, Seyiston, Girkaniya va Tajan, Murg`ob vohasigacha bo`lgan yerlarni ishg`ol qiladi. Sosoniy shahanshohlari Sharqda Kushonlar podsholigi bilan ham shiddatli janglar olib borganlar. Kushon podsholigi tugatilib, u yerda eroniylar Kushoni davlati barpo etiladi. Uni Eron shahzodalari boshqargan. V asrning ikkinchi yarmida eron qo`shinlari xioniylar, kidaritlar va eftalitlar bilan ham qattiq urush olib borganlar.

Shunday qilib, III asrning ikkinchi yarmi va IV asrda sosoniylar Eroni Sharqdagi eng qudratli davlatga aylangan. Ammo V asr o`rtalaridan boshlab bu davlat eftalitlar va kidaritlarning bergan zarbalari natijasida asta-sekin kuchsizlanib, hatto eftalitlarga o`lpon ham to`lagan. III–V asrlar sosoniylar saltanatining dastlabki davri bo`lib, u Sharq xalqlari tarixida alohida o`rinni egallaydi.



3. Dastlabki sosoniylar davrida xo`jalik va madaniyat. Dastlabkl sosoniylar Eronni birlashtirish borasida juda ko`p harakat qilganlar. Eronning bir davlat qilib birlashtirilishi xo`jalikning rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Eron davlatiga qarashli Frot, Dajla, Kerxa, Korun, Tajan, Murg`ob, Erimander kabi daryo bo`ylaridagi joylar ekinbop yerlar edi. U yerlarda bog`dorchilikka ham katta e`tibor bilan qaralgan. Asosan olma, o`rik, nok, anjir, xurmo ekilgan.

Eronning katta qismi dasht, yassi tog`lik va tog`liklardan iborat bo`lib, yaylovlar ko`p bo`lgan. Eron chorvadorlarining qo`y, echki, ot, tuya va qoramol podalari, shu yaylovlarda o`tlab yurgan. Sosoniylar saltanatining shahar va qishloqlarida temirchilik, qurolsozlik, zargarlik, to`qimachilik, me`morchilik, ko`nchilik, kulolchilik, toshtaroshlik, gilam to`qish, namat, sholcha bosish ancha rivoj topgan edi. Eron shahar va qishloqlarini bir-biri bilan birlashtirib turuvchi karvon yo`llari sertarmoq bo`lgan. Ularda doimo savdo karvonlari qatnab turgan. Eron savdogarlari va shohlari Misr, Suriya, Kichik Osiyo, Kavkaz, Turon va Hindiston bilan qizg`in savdo-sotiq ishlarini olib borganlar.



4. Sosoniylar davri madaniyati. Sosoniylar davrida madaniyat ancha rivoj topgan. Bu madaniyatning ravnaqida Qadimgi Eron, Parfiya, Bobil, Ellin va boshqa xalqlar madaniyatining ta`siri kuchli bo`lgan. Sosoniylar davlati kuchaygan davrda me`morchilik va bo`rtma naqshli rasm-tasvirlar ishlash birmuncha rivojlangan. Ustalar sosoniy shohlari, nufuzli kishilar, sarkardalar uchun ajoyib saroylar, muhtasham binolar qurganlar. Sosoniylar davrida zardushtiylik ibodatxonalari qurilishiga ham katta e`tibor berilgan, chunki zardushtiylik davlat dini sifatida qabul qilingan edi.

Sosoniylar davrida xalq og`zaki ijodiyoti va badiiy adabiyot ancha rivoj topgan. Bu jihatdan Abulqosim Firdavsiyning «Shohnoma» asari diqqatga sazovordir. Doston Qadimgi Eron afsonalari, ertaklari va tarixiy voqealari asosida yaratilgan. Unda Eron va Turon xalqlarining to`rt-besh mingyillik tarixi haqida hikoya qilinadi. Dostonning juda katta qismi bevosita sosoniylar davri tarixiga bag`ishlanib, ularning taxtga chiqishidan Yazdigird podsholigigacha bo`lgan tarixiy voqealar she`riy yo`l bilan juda qiziqarli ravishda ifoda etilgan.

«Avesto» ham o`sha davrning eng nodir asarlaridan biri hisoblanadi. U zardushtiylik dinining muqaddas kitobidir. «Avesto» faqat muqaddas diniy kitob bo`libgina qolmay, tarixiy kitob hamdir. Bu kitobda O`rta Osiyo, Eron va qo`shni mamlakatlarning tabiati, aholisi, geografiyasi, tarixi va madaniyati haqida ko`p ma`lumotlar bor. «Avesto»da sosoniylar hukmronlik qilgan davrda yashagan turli qabilalarning diniy e`tiqodi haqida ham qiziqarli ma`lumotlar berilgan.

«Avesto»da bayon qilinishicha, Mitra Quyosh xudosi bo`lgan. U bitmas-tuganmas kuchga ega bo`lib, o`tda kuymaydi, suvda cho`kmaydi va o`q o`tmaydi. U odamlarga hamisha yaxshilik qilib, ularga nur, issiqlik va baxt-saodat in`om etadi. Axuramazda esa Mitraning yordamchilaridan biridir. U yaxshilik va ezgulik ma`budasi bo`lib, doimo xalq manfaati uchun xizmat qildi. Axrimon yomonlik fna`budi hisoblangan. U xalqqa ofat, ocharchilik va kasalliklar keltiradi. Axrimon bilan Axuramazda o`rtasida ayovsiz kurash bo`lib, bu kurash Axuramazdaning g`alabasi bilan tugaydi.

Zardushtiylikda olov kishilarni gunohlardan tozalovchi sehrli kuch deb qaralgan. Shuning uchun bu din otashparastlik dini, uning muxlislari esa otashparastlar deb atalgan.

Bu davrda asoschisi Moniy ibn Fatak (216–276) bo`lgan moniylik oqimi ham tarqaladi. Bu oqim namoyandalari mehnatkash xalq ommasining manfaatlarini ko`zlab targ`ibot olib borganlar.



V–VI asrlarda mazdakchilar oqimi ham vujudga kelgan. Uning asoschisi Mazdak ibn Hamadoniy (470–529) edi. Bu oqim negizida ezgulik va yorag`lik bilan qorong`ilik o`rtasidagi kurash yotadi. Mazdakchilar barcha odamlarni mulkiy jihatdan teng bo`lishga chaqiradilar.

Navro`z bahor bayrami, Mehrjon esa kuzgi bayram; Bu bayramlarning har ikkalasi ham Sosoniylar podsholigi davrida keng ko`lamda o`tkazilgan. Bayram kunlari urushlar to`xtatilgan, turli o`yinlar, sayllar tashkil qilingan. Odamlar bir-birlarini tabriklab, har xil in`omlar, taomlar ulashganlar. Bayram kunlari tabarruk kishilarni ziyorat qilganlar.

Shunday qilib, sosoniylar davri madaniyati ham o`ziga xos bo`lib, Yaqin Sharq mamlakatlari madaniyatiga katta ta`sir o`tkazgan.



XULOSA

Miloddan avvalgi 40-yillardan boshlab rimliklar Oʻrtayer dengizining sharqiy sohilidagi mamlakatlarda va Kichik Osiyoda oʻz mavqeini qayta tiklab oladilar. Rim qoʻshinlari Parfiya qoʻshinlarini Frot daryosi chap sohiliga surib chiqarishga muvaffaq boʻladilar. Ammo rimliklarning miloddan avvalgi 38-yilda Midiyaga qilgan yurishlari magʻlubiyat bilan tugaydi. Miloddan avvalgi I va milodning I–II asriaridagi ichki nizolar va toʻxtovsiz urushlar Parfiyani kuchsizlantirib qoʻyadi. Bu davrlarda Parfiyaga shimoldan alanlar bostirib kiradilar. Milodning II asrining birinchi yarmida rimliklar Mesopotamiyaga ikki bor bostirib kirib poytaxt Ktesifonni talab vayron qiladilar. Shundan keyin Rim bilan Parfiya oʻrtasidagi kurash 200 yilcha davom etadi. Bu davr ichida Rim va Parfiya davlatlari kuchsizlanib parchalanishga yuz tutadi. Parfiya esa mayda davlatga boʻlinib ketadi. Milodiy III asrdan boshlab podsholikning janubi-gʻarbidagi Parsua viloyati yuksalib Sosoniy sulolasi asos solgan davlat tashkil topadi. Milodiy 224-yilda sosoniy hukmdorlari Parfiya poytaxti Ktesifonni egallab, kuchsizlanib qolgan Parfiya podsholaridan taxtni tortib oladilar. Shunday qilib, 500 yilcha umr koʻrgan Parfiya podsholigi agʻdarilib, uning oʻrnida Sosoniylar davlati tashkil topadi, 

Parfiyaning ijtimoiy tuzumi, xoʻjaligi va madaniyati. Parfiya janubi-gʻarbiy Osiyodagi yirik quldorlik davlatiaridan biri boʻlgan. Davlat tepasida arshakiylar sulolasidan boʻlgar shoh oʻtirgan. Shoh huzurida qabila aslzodalari va ruhoniylardan Iborat ikki alohida kengash boʻlgan. oʻlgan shohning oʻrniga aka-uka va oʻgʻillaridan biri taxtga oʻtqizilgan. Shoh davlat ahamiyatiga ega boʻlgan masalalarni aslzoda va ruhoniylar kengashi bilan maslahatlashib hal etgan. Mamlakat aholisining asosiy qismini ozod dehqonlar, hunarmandlar, savdogarlar va ziyolilar tashkil etgan, Parfiyada qulchilik ancha sust rivoj topgan edi. Solnomalarda qulning bolasi ham qul boʻlib qolishi taʻkidlangan. Qullar mehnatidan xoʻjalikning hamma tarmoqlarida foydalanilgan. Parfiya aholisi toʻrt tabaqadan iborat boʻlgan.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Arxeologlar hikoya qiladi. To’plam. Toshkent, 1974.

2. Arsixovskiy A. Arxeologiya asoslari. Toshkent, 1970.

3. Askarov A, Alьbaum L.Poseleniye Kuchuktepa. Tashkent, 1970.

4. Borisovskiy A.I. Drevneysheye proshloye chelovechestva. Moskva. Nauka, 1980.

5. Kabirov J, Sagdullayev A.O’rta Osiyo arxeologiyasi. Toshkent, 1990.

6. Muhammadjonov A. Qadimgi Buxoro. Toshkent, 1991.

7. Okladnikov A.P. Paleolit i mezolit Sredney Azii. Vkn. Srednyaya Aziya v epoxu kamnya i bronzi. M. - L., 1966.

8. Tolstov S.P. Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab. Toshkent, 1964.

9. Taylor E.B. Pervobыtnaya kul’tura. Per. s angl. D. A. Koropchevskogo.M., 1989.

10. Cheboksarov N.N., Cheboksarova I.A. Narodы, rasы, kulьturiы. M.: Nauka, 1985.

11.O’zbekiston tarixi. Sagdullayev A., Eshov B. tahriri ostida. Toshkent.Universitet, 1997, 2-nashri, 1999.
Download 80,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish