Bu usul birinchidan yoshlarni ishga berilib qiziqib ishlashga undadi. Zamonaviy xaridor eng muximi xalqimiz uchun yangilik bo’ldi. Iyul oyi kun jazirama issiq edi ko’chadan charchab xorib sexga keldim sexda qizlar gilam to’qishyapti, biri libos, biri kashta xammalari ish bilan band qizlardan biri chala to’qilgan do’ppisini boshiga qo’yib, sanatkor aktrisa Klara Jalilovani qadimgi ,,Do’ppi tikdim ipaklari tillodan’’ deb aytiladigan qo’shig’I bo’lardi. Bu qo’shig’ni bilmagan eshitmagan odamni o’zi bo’lmasa kerak, anashu qo’shigini xirgoyi qilayapti boshqa qizlar xam unga qo’shilib jo’r bo’lishyapti beixtiyor ko’zimga yosh kelib ketdi xech kimga sezdirmasdan jimgina o’tirib qizlarni kuzatdim. Bu qizlar ishga kelgan payti to’rt besh oy avval 70 foizi sariq soch shim kiygan qizlar edi. Igna ushlashni xam bilmagan qizlar o’z qo’llari bilan tikkan do’ppilarini xavas bilan boshiga kiyishadi, sariq bo’yalgan sochlari do’ppiga yarashmayotganligini o’zlari xam sezishdi.
Qarabsizki bu qizlar o’zlari ham bilmagan xolda lozim- ko’ylak do’ppi–jamalaklari o’zlariga yarashgan o`zbek qizlariga aylandi.
Viloyat tumanlar o’tkazilgan hunarmandchilik tadbirlarida qizlarim faol ishtirok etib qisqa vaqt ichida xalqni e’tiborini qozonib, viloyat tumandagi barcha tashkilot –organ raxbar xodimlarini xam etiborini o’zlariga jalb etdi. Qayerga borsak kecha televizorga chiqqan gilamchi, do’ppichi qizlar deyishadi. Erta tongda radoida bizni ovozimiz eshittiriladi, gazetalarni xar saxifasida do’ppichi qizlar, glamchi qizlar chiqadi.
Men o’zimni boshlagan ishimdan shunchalik g’ururlandimki! Men 25 nafar yoshlarni ish bilan band qildim, hunar o’rgatdim. Eng muximi ularni tarbiyaladim. Prezident qarorini asl maqsad mohiyati ham mana shundan iborat edi. Qadimda momolarimiz, onalarimiz qiz bolani yetti sakkiz yoshdan boshlab qo’liga igna ushlashni o’rgatgan xar bir qiz bola o’n sakkiz yoshga to’lgunga qadar kelinlik seplarini o’z qo’llari bilan tayyorlashi kerak bo’lgan. Xam hunar o’rganib xam oylani moddiy tomondan boyitgan. Qo’lga tayyorlanadigan milliy buyumlarimizni tayyorlanishni igna bilan quduq qazishga tenglashtirishgan. Milliy buyumlarimizni tayyorlashni ayollarni sabr- toqatli bo’lishga o’rgatgan. Bizni milliy buyumlarimizni naqshlari gullari ranglarida o’zbek ayollarini xayo-ibosi yashiringan. Milliy buyumlarimiz millatni ko’rki bo’lsa, ularni yaratgan sabr-toqatli, ichki dunyosi go’zal ayollar millatni g’ururi bo’lgan. 4. O”zbekiston davlatimiz mustaqil bo’lgandan keyin biz o’yladikki endi biz mustaqil bo’ldik barcha boyliklarimiz o’zimizniki, bizni xam xashamatli uy-joyimiz shaxsiy moshinamiz Madonna gilam mebellarimiz bo’ladi biz xam endi Rossiyani xalqidek yashaymiz deb o’yladik.
Uyimizdagi qo’lga tayyorlagan milliy buyumlarimizni uyimizdan chiqarib tashladik, ularni yoqib xam yubordik.
Biz o’shanda bilmaganmiz biz milliy buyumlarimizga qo’shib, o’zligimizni, qadr qimmatimizni yoqib yuborganimizni! Biz o’z qo’limiz bilan yo’qotgan milliy buyumlarimizni qayta tiklasakgina o’ligimizni qadr qimmatimizni qayta tiklay olishimiz mumkin!
Do’ppi tikib qo’shiq xirgoy qilayotgan qizlarga qarab o’tirib xayolimdan ko’p narsalar o’tkazdim.
Bu qizlarni talantini, san`atini O”zbekiston xalqi Prezident ko’rishi kerak, bu qizlar jaxon bozoriga olib chiqishga xarakat qilishim kerakligini o’yladim. Prezidentimiz xunarmandlarni jaxon bozoriga maxsulotini olib chiqishga, shaxsiy muzey ochishimizga xam yo’l ochib berdilar!
1. Chevar qizlar shaxsiy ko’rgazmasini tashkillashtirishni rejalalashtirdim.
Qizlarni qo`lda tayorlayotgan milliy byumlarni kelgusida ‘’Johon bozoriga ‘’ olib chiqish xarakatini birinchi qadamni tashladim ;
Usta shogird maktabini ochdim. 2 Kasbi tumani xokimi nomiga Tadbirkor hunarmand Mustafaeva Charosni nomidan ariza bilan murojat qilib tumanda birinchi bo’lib ‘’Chevar qizlar’’ shaxsiy ko’rgazmamizni o’tkazishga ruxsat berishini va bizni qo`llab quvatlashliklarini so’radim .
3 Qadimgi milliy buyumlar saqlash uchun va qo`lda tayorlanadigan milliy bo’yumlar tayorlash uchun moslashtirib muziyga o`xshash xususiy sex qurish uchun bizga yer maydoni ajratib berishigizni so’rab ariza bilan murojat qildim
4. Hunarmand tadbirkor Mustafaeva Charosni Qashqadaryo viloyat savdo –sanoat palatasi a’zo qildim.
5 .Tuman hokimi meni tashabusimni qo`llab –quvatlab tuman markazidan muzey qurilish uchun hunarmand tadbirkor Mustafaeva Charosni nomiga yer maydoni ajratib rasmilashtirib berildi.
6. Chevar qizlar shaxsiy –ko’rgazma o`tgazish to`g`risidagi arizamizni xam qo`llab-quvvatlab tadbirimizni tantanali ravishda o`tgazilishiga tashkilotchilik qilishni Kasbi tuman Yoshlar ittifoqi rais xodimlari zimmasiga yuklatdi.
II Viloyat tumanlarda cho`lma-cho`l yurib mayda chorva mollarni junlarini yig`aman.Uyma uy yurib muzeyga olish uchun qadimiy qo`lda tayyorlangan buyumlarni yig`aman tayyorlaganiga 200 yilga yaqin bo`lgan asari antiqa buyumlarni dollorga sotib oldim,qo`lda tayyorlangan milliy buyumlarimizni yaratilish tarixi,qaysi davrda yo`qolib ketish oqibatlari,millatni taqdiri bilan bog`liqlik tomonlari o`zimni ko`rganimcha bilganimcha milliy buyumlarimizni qaytarilish davriga voqealarni bir kitob qilib kelajak avlodga biz qilgan xatolarni takrorlamasliklarini vasiyat qilib qo`lyozma yozishni ham planlashtirgan edim.Manashu xayollar meni muzey qurilishiga undagan edi.
Endi ko`nglim xotirjam bo`lib “Chevar qizlar” shaxsiy ko`rgazma uchun tayyorgalikni boshladim.
25-nafar qizlarga milliy libos tikish uchun matolarni sotib oldim qizlarni xar biri o`zlari liboslarni milliy kashta gullari bilan bezatib tekishdi .
Klara Jalilovani ‘’Do’ppi tikdim ipaklari tillodan’’ qo’shig’iga ish jarayoniga moslashtirib raqs xam saxnalashtirdik.
Xar doimgidek qizlar bilan zalda ish ham tayorgarlik jarayoni bo`layotgan edi .Yoshlar itifoqi raisi kelib menga aytdiki bugun Respublikadan tekshirishga komissiya kelyapti ishchilaringizga barvaqtroq javob bering eshigizni ochmang dedi. Men unchalik e’tibor bermasdan xo`p dedim ,qizlarimga barvaqt javob berdim.
O`sha payt Iqtisodiyot kolleji binosida birinchi qavatda bizdan boshqa bironta xonada ishlayotgan birorta to’garak yoki tadbirkorni ishlayotganini men ko’rmadim,bir ikkta xonada Yoshlar itfoqi rais xodimlari kirib chiqshar edi.
Usha kuni yopiq eshiklar ochilib xonalar tozalandi ,kompyuter tikish mashinalari keltirib xonalar yosh yigit qizlarga to’lib ketdi. Ishchilar ketishdi.Charos ikkalamiz ertangi ish rejalarini qilib endi ketmoqchi bo’lib turgan edik ,xonamizga bir to`da odamlar kirib kelishdi .Xaligi odamlardan biri xonani xamma yog’ini aylanib ish jarayoni ishchilarni bajargan ishlarini diqqat bilan kuzatib chiqdida menga aytdiki qancha odam ishlaydi dedi. Men 25 nafar ishchi bor hunar o’rganish uchun kelayotganlarini aniq sonini bilmayman deydim. Ishchilar ketishgan bo’lsayam qancha ishchi borligi qanday ish bo`layotganni o`z ko’zga tashlanib turgan edi.
U kishi o`zini tanishtib Respublika Yoshlar ittifoqi raisi Qaxramon Quronboev ekanligini aytidilar .U kishiga hamroxlik qilayotgan tuman xokimi xokim o’rinbosarlari ,Viloyat tuman Yoshlar itifoqi raisi xodimlari telivedeniya muxbirlari xam bor edi.
Men bilan qizim Charos bilan u kishi ancha savol javob qildilar .U kishi menga aytdilarki,Sizga o`xshagan yoshlarga hunar o’rgatib etakchilik qiladigan tadbirkorlar bizga kerak .Biz nima yordam qilaylik tortinmasdan ayting deydi.Men xozir ko’proq foydalanayotgan xom ashyo mayda chorva junidan foydalanaman jundan ip tayorlab olish ancha og’irroq ish ,ishchilar ip etkazib berishga ozroq qiyinchilik bo’liyapti agar junni titib beradigan tenten sitanok bo’lganda men yana ishchilarni ko`paytirib ko’proq ish tashkilashtirgan bo’lar edim .
Qaxramon Qurbonboyev menga tenten uchun 50 million keridit ajratishishni xurarmand tadbirkor Mutafayeva Charosni nomiga berilishini va beshta tikish moshinka sovg`a qilinishini Mustafoeva Charosga Xitoy davlatiga o’qish uchun bir oylik yo`llanma bilan o’qishga yuborishni va’da berib ijrosini tuman viloyat Yoshlar itifoqi raisi zimmasiga yuklatdi.
III Tuman yoshlar itifoqi raisi J.Yo`ldoshov maslaxatlashib ‘’Chevar qizlar ‘’shaxsiy ko’rgazmamizni 2018 yil 24 avgust kuniga o’tkazishni rejalashtirdik .
Men o’zim tadbirda mexmonlarni taklif qilish uchun 40 dona taklifnoma burtma qilib ushandan 15 donasini Yoshlar itifoqi raisini qo`liga berdim .Tegishli tashkilotlarni yosh tadbikorlarni taklif qilish uchun qolgan 25 dona taklifnomanlarni ishchi qizlarim oila –a’zolarini taklif qilish uchun qizlarimga tarqatdim.
2018 yil 24 avgust kuni biz tong otishini sabirsizlik bilan kutdik tong otar –otmas klasterga borganmiz .Saraton issiq kuni soat sakkiz bo’lmasidan quyosh ancha qizdirib tepaga ko’tarildi.
Qizlar milliy liboslarni kiyishib ish jarayonida tayyor bo’lib o’tirishibdi o`zim taklifnoma bergan mexmonlar kelishdi Soat to’qqizdan o’tib o’nlarga yaqinlashyatib xam kutilyotgan
Tashkilotlardan bironta xodim ko`rinmadi. Yoshlar itifoqi raisini xonasiga bordim rais yo’q kotibasi Maloxat aydiki Rais kelolmaydi kasalxonaga tushib qoldi dedi .Usha kuni rais taklifnomalarni maloxatni qo`liga bergan edi . Maloxatga taklifnomalarni tarqatgan sizlarmi desam bilmayman Rais biladi raisni telefoni o`chgan men xam Viloyatga yig’lishga borishim kerak deydi.
Soat 12 ga yaqinlashdi hokimyatga bordim hokimyatdagilar Yoshlar itifoqi kelayotgan tadbirkorni shaxsiy ko’rgazmasi xabari yo’qligini aytidi.Tuman xokimi xokim movunlari Shaxrisabz Oqsaroyda xalqaro maqom kuni o`tkazilishi munosabati yig’lishga ketishgan deyishdi . Xaqiqatdan xam u kishilar Shaxrisabizda oqsaroyda ekan telefonda ko`rib gaplashdim.