Shikoyatariz a



Download 49,32 Kb.
bet1/4
Sana01.07.2022
Hajmi49,32 Kb.
#724609
  1   2   3   4
Bog'liq
Yoriyeva M Arizasi


O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga
Shavkat Mirziyoyevga
Nusxasi: O`zbekiston Respublikasi
Yoshlar ittifoqi kengashiga


Qashqadaryo viloyati Kasbi
tumanida yashovchi Yorieva
Mohira tomonidan
SH I K O Y A T A R I Z A
Assalomu-alaykum O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyaev .
Men 1974 yil Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz tumanida to’g’ilganman millatim o`zbek oilalikman uch nafar farzandim bor turmush o`rtog’im vafot etgan .Uch nafar bolani voyaga etkazdim 12 yil ijarada uyda yashadim .Davlatga boqimanda bo`lmadim .Qishloqdan olisda bo`lgan dala shiponlarida 3 ta norasida bola bilan yashashga majbur bo`ldim.
Bolalarimni ko`chaga etimxonaga tashlab engil xayot izlamadim . Xayotimni yaxshilashga ,tadbirkor bo`lishga harakat qildim va hammasiga o`zimni mehnatim bilan erishdim .
Uy-joy qildim qizimni bittasini to’y qilib uzatdim kelin tushirdim .2014 yil tadbirkorlik ro’yxatidan o’tib tadbirkor bo`ldim. Davlat soliqlarini xam o`z vaqtida to`lab ,tinch-osayishta yashayotgan vaqtim edi.
I

  1. 2018 yil vevral oyi edi. Qashqadaryo viloyat Qarshi tuman xokimligi binosiga tadbirkorlarni Qashqadaryo viloyati prokrori yig’ilishga chaqirdi . Zal tadbirkorlar bilan to`la edi .Viloyat prokrori tadbirkorlarni Prezidentimizni 2017-yil noyabrdagi yo’qolib ketgan milliy buyumlarimizni qayta tiklash qadirlash hunarmadchilikni rivojlantirish ,xalqni ish bilan band qilish to`g’risidagi qarorini e’lon qilganliklarini tadbirkorliklarga ish boshlash uchun kredit berishni yana viloyat prokrori aytdiki,5 ta ishsiz fuqaroni ish bilan band qilgan tadbirkorni Prezidentimiz boshimda ko`taraman deb aytidilar deydi.

Mustaqillik davrida yo’qolib ketgan milliy buyumlarimizni davlat dasturiga kiritilgandan men shunchalik xursand bo`lganimdan birinchilardan bo’lib 20- nafar xotin –qizlarga hunar o`rgatib ish bilan band qila olaman deydim.
Qadimgi o`zbek xonadonlarida qo`lda tayorlanadigan milliy buyumlarni xar qanday turini tayorlashni bilaman . Men yoshligimda onamdan momodan o`rganganman. Vaqtim bo`lganida onda –sonda o`zim ham uyida tayyorlab qizlariga o`rgatgan edim. .Men har tomonlama o`ziga ishonchim bor bo`lganligi uchun viloyat prokroriga 20 nafar xotin qizlarga hunar o`rgatib ish bilan band qilolaman deb va’da berdim.
Viloyat prokrori menga 50 million kredit vada qildi.
2 . Men 2018 yil fevral oyiga 1999 yilga tug’ilgan 3- kurs talabasi kollej bitiruvchisi qizim Mustafayeva Charosni ,, Tadbirkor hunarmand uyushmasiga a’zo qildim. Ijaraga joy oldim 20 nafar emas 24 nafar xotin qizlar bilan ish boshladim. Viloyat prokraturasi xam televediniyada muhbirlar bilan kelishdi tadbirkor Yoriyeva Mohiraga 50 million kredit berildi deb bir necha kun televideniyaga reklama qilishdi.
Birinchi oy ishchi shogird qizlarga ish o’rgatdim ikkinchi oydan 400 mingdan so’mdan ish xaqqi belgiladim . Ikki uch oy ichida ishlash uchun hunar o’rganish uchun kelayotgan xotin-qizlar soni ko’payib ijaraga olgan joyim torlik qilib qoldi. Tuman hokimi nomiga ariza bilan murojat qilib bizga kattaroq joy berishlarini so’radim.
2018 yil may oyiga bizga tuman markazida Iqtisodiyot kolleji binosida yoshlar ittifoqi klastrdan katta bir zalni berishdi. Ishlayotgan xunar o’rganishga kelayotgan xotin-qizlar soni yuzga yaqinlashdi.
Qo’lda tayyorlangan milliy buyumlarni qadimgi nusxalarini ularni tayyorlaydigan asbob uskunalarni chekka qishloqlardan anchaginasini topdim ulardan andoza olib asbob uskunalarni qayta yasatdim.
Seximiz qo’lda gilam to’qish uchun ochilgan edi. Men bir glam to’qish bilan cheklanib qolmadim.Zardo’zlik, kashta. Joynomozlar, qo’lda to’qiladigan kiyimlar, milliy liboslarxotin-qizlarni do’ppisidan tortib jixagigacha tayyorlashni yo’lga qo’ydim.
Sex qizim Mustafoyeva Charosni nomiga ochilgan, men ish boshqaruvchiman. Charosni talanti xunari bor lekin xali ish boshqarishga tajribasi kamroq bolalarim , yoshligidan ro’zg’orni yukini men bilan teng tortishdi ancha muncha ishni eplab keta oladi.
Endi qizlarim kelinim sexda qizlarga ish o’rgatib ishni yuritib boshladi, men qizlarni tayyorlagan buyumlarini bozorga qishloqlarga sotib kelaman, kerakli xom ashyoni sexga yetkazib beraman. Endi bizga ko’proq qo’y junidan tayyorlangan ip kerak bo’lyapti. Asta sekin boshqa tumanlarga, viloyatlarga chiqib suriv qo’ylar boqiladigan joylarni qidirib topdim junlarni yig’ishtirib ip qilib tayyorlash uchun xonadonlarga tarqatib bera boshladim.
Men qizlarimga birinchi ish o’rgatib boshlaganimda eng qadimgi nusxalarda gilam to’qishni kashta to’qishni o’rgatdim. Qizlarim kashta gilam to’qish sirlarini yaxshi o’rganishib olishgandan keyin o’zlari mustaqil ko’proq xar xil katta-kichik gilamlarga qushlarni, jonivorlarni,gullar , daraxtlarni manzarasini aks ettirib gilam to’qib boshlashdi.

Download 49,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish