Xalq taʼlimi tizimida “Ustoz-shogird” maktabini tashkil etish va amalga oshirish mexanizmi



Download 23,27 Kb.
bet1/6
Sana03.01.2022
Hajmi23,27 Kb.
#316728
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ustoz-shogird nizomi


Xalq taʼlimi tizimida “Ustoz-shogird” maktabini tashkil etish va amalga oshirish mexanizmi

Zamonaviy shaklga ega boʼlgan maktabga bugungi kunda yuqori kasbiy layoqatga ega, tajribali, mahoratli, mustaqil fikrlaydigan, nazariy bilimlarni amaliyot bilan chambarchas bogʼliq holda olib boradigan kuchli mutaxassislar kerak. Taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish, oʼqituvchilarga amaliy-metodik yordam berish, ayniqsa maktablarda endi ish boshlagan oʼqituvchilarga ish jarayonini toʼgʼri tashkil etishi uchun maslahatlar berish, pedagogik jamoalardagi tajribali oʼqituvchilarga izdoshlarini biriktirish bugungi kun zamonaviy maktabida eng muhim vazifalardan biridir.

Bu yoʼnalishda Xalq taʼlimi tizimida “Ustoz-shogird” maktabi, “Yosh oʼqituvchilar maktabi”, “Ilgʼor tajriba maktabi” kabi metodik ishlarni tashkil etish koʼp yillardan buyon maktab tajribasida qoʼllanilib kelinmoqda. Jumladan, oliy oʼquv yurtini bitirib, endigina maktabda faoliyat boshlagan “Yosh mutaxassis”ni jamoadagi tajribali oʼqituvchiga 3 yil davomida biriktirib qoʼyish tajribasi ham mavjud.

Lekin, afsuski yuqorida qayd etilgan tajribalar bugungi kun talablariga yetarlicha javob bermayapti.

Shuning uchun, taʼlim sifatini oshirish va oʼqituvchilarga amaliy-metodik yordam berish maqsadida joylardagi mahoratli oʼqituvchilarni aniqlab, ularga shogirdlarni biriktirish maqsadga muvofiqdir.

Respublika boʼyicha 200 tumandanhar bir fan yoʼnalishida tashabbuskor, ijodkor, ilgʼor va oʼz kasbining yetuk ustalari yaʼni “Ustoz-oʼqituvchilar” aniqlanib, ularga shu hududdagi yangilikka intiluvchan, doimiy ravishda oʼz ustida ishlaydigan, ustoz maslahatiga ehtiyoji boʼlgan oʼqituvchilar biriktiriladi.

Tanlash jarayonida uning qaysi yoʼnalishda tajribasi koʼproq ekani inobatga olinadi. Buning uchun barcha oʼrganish usullari - testlar, oʼqituvchi faoliyati toʼgʼrisida muassasa rahbarlari, kasbdoshlari, oʼquvchilar va ularning ota – onalari bilan oʼtkaziladigan anketa soʼrovlari, maktab maʼmuriyati, fan oʼqituvchilarining tegishli oʼqituvchi tomonidan oʼtkazilgan dars va sinfdan tashqari tadbirlarining tahlillari, shu oʼqituvchidan yozma nazorat ishlari olish va boshqalardan foydalanish kerak. Shu bilan birga oʼqituvchi faoliyati davomida u oʼqitgan sinf oʼquvchilarining koʼrsatgan natijalari (olimpiadalar, fan oyliklari, turli musobaqalardagi natijalari, oliy oʼquv yurtlariga kirishi va h.k.) ham albatta inobatga olinishi maqsadga muvofiq.

Birinchidan, yuqoridagi talablar natijasida maʼlum bir tumandan eng tajribali fan oʼqituvchisi aniqlanadi.

Masalan, shartli ravishda Fargʼona viloyati Oltiariq tumanidagi 3-sonli maktabning ona tili va adabiyoti fani oʼqituvchisi Ziyodova Ubayda tanlandi. Sabab ushbu oʼqituvchi 29 yillik pedagogik stajga ega, fanining nazariy asoslarini puxta biladi, 8 ta ilmiy maqolasi “Til va adabiyoti taʼlimi” jurnalida nashr etilgan. Tuman ona tili va adabiyoti fani oʼqituvchilari metodik kengashi raisi. Sobiq oʼquvchilaridan 18 nafari ona tili va adabiyoti, jurnalistika yoʼnalishida oliy oʼquv yurtlarini tugatgan. Shundan 9 nafari maktablarda oʼqituvchilik qiladi. Oʼquvchilari soʼnggi 3 yilda fan olimpiadalarining tuman va viloyat bosqichida faxrli oʼrinni egallagan. 10 soat darsi tahlil qilinganida oʼquvchilari 100 % oʼzlashtirish, 89% samaradorlik natijasini koʼrsatgan.



Ikkinchidan, shu tumandagi tajribali oʼqituvchiga biriktirilishi lozim boʼlgan 3 nafar oʼqituvchi tanlanadi. Ulardan biri ustoz- oʼqituvchining oʼzi ishlayotgan maktabdan boʼlsa, qolgan ikki nafari shu tumandagi boshqa maktablardan tanlanishi mumkin.


Download 23,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish