Mavzu: Kombinatsion sxemalar.
Reja:
Kombinatsion sxema haqida ma’lumotlar.
Shifratorlar va deshifratorlar sxemalari.
Multipleksorlar va demultipleksorlar sxemalari.
Kombinatsion sxemalarni
Qattiq jismli elektronika sohasining raqamli mikrosxemalarni yaratish yo’lidagi erishgan yutuqlari fan va texnikaning ixtiyony murakkab- likdagi qurilmalarini yigish imkonini beradi. Buning uchun qunlma axborotlarni qabul qilish, saqlash, kerakli o’zgartirishlarm amalga oshirish va ma'lumotlarni uzatish kabi tugallangan jarayonlarni bajara olishi kerak. Bunday qurilmalar raqamli tizimlar deb ataladi va turli funksional bloklar va tugunlardan tashkil topadi. Ular esa o’z navbatida kichik integratsiya darajasidagi yoki KIS va O’KIS tarkibiga kiradigan alohida yasalgan negiz sxemalardan yig’iladi.
Funksional tugun deb, mikroamallarni bajarishni ta'minlaydigan mantiqiy elementlar majmuyiga aytiladi. Mikroamallarga arifmetik qo’shuv, konyunksiya, dizyunksiya, inversiya va boshqalar kiradi. Jamlagichlar, kod o’zgartirgichlar, siljituvchi registrlar va shu kabilar tugunlar hisoblanadi. Mazkur darslikning ushbu V va VI boblarida raqamli sxemalar funksional tugunlarining asosiy turlari haqida batafsil ma'lumot keltirilgan.
Bir qurilma tarkibiga kiruvchi va bir turdagi mikroamallarni baja- ruvchi funksional tugunlar ko’p hollarda funksional bloklarga bir- lashadi. Arifmetik-mantiqiy blok, xotira bloki, boshqaruv bloki va boshqalar fiinksional bloklarga misol bo’ladi.
Raqamli qurilmalar tugunlari va bloklari ikki sinfga bo’linadi: kombinatsion va ketma-ketli. Kombinatsion tugunlar va bloklar xotiraga ega emas, ketma-ketli tugunlar va bloklar esa xotira elementlariga ega.
Kombinatsion sxemalarda chiqishdagi signal mazkur vaqtda kirishga berilayotgan mantiqiy signallar kombinatsiyasiga aynan mos keladi. Funksional tugun va bloklar sodda mantiqiy^mallarni bajaradigan elektron sxemalarda tuziladi. Bu sxemalar negiz mantiqiy elementlar deb ataladi va ular IV bobda ko’rib tilgan edi. Raqamli sxemalarda turli mantiqiy funksiyalarni amalga oshirish uchun minimal element bazis (yoki baza) deb ataluvchi mantiqiy elementlar majmuasiga ega bo’lish yetarli hisoblanadi.
biri HAM, ikkinchisi esa EMAS amalini bajaruvchi ikki turdagi mantiqiy elementlar majmuyi;
biri YOKI, ikkinchisi esa EMAS amalini bajaruvchi ikki turdagi mantiqiy elementlar majmuyi;
YOKI-EMAS (EMAS-YOKI) amalini bajaruvchi Pirs mantiqiy elementlari majmuyi;
HAM-EMAS amalini bajaruvchi Sheffer mantiqiy elementlari majmuyi.
Amalda elementlar va boshqalar nomenklaturasini qisqartirish maqsadida HAM-EMAS yoki YOKI-EMAS amallarni bajaruvchi element bazasidan foydalaniladi. Lekin faqat minimal bazis element- laridan foydalangan holda raqamli tizimni shakllantirish qurilmaning murakkablashib ketishiga olib keladi.
U holda tizim parametrlarini yaxshilash maqsadida, HAM-EMAS yoki YOKI-EMAS minimal bazis elementlaridan tashqari, HAM- YOKI-EMAS, HAM, YOKI, istisnoli YOKI va boshqa amallarni bajaruvchi sxemalar ham qo’llaniladi.
Minimal element bazisi mantiqiy elementlarning funksional to’liq tizimi hisoblanadi. Ya'ni minimal bazis mantiqiy elementlari majmuyi ixtiyoriy murakkablikdagi mantiqiy sxemani shakllantirishga imkon beradi.
Shifratorlar va deshifratorlar
Deshifratorlar va shifratorlar raqamli kodlarni ơzgartirish uchun xizmat qiladi.Deshifrator n kirishga va 2n chiqishga ega bơlgan kombinatsion qurilmabơlib, kirishdagi har bir kod kombinasiyasiga mos ravishda chiqishlardan faqat bittasida «1» signali xosil bơladi.
Deshifratorlarning bir pog’onali yoki parallel` (eng tez turi), piramidal va kơp pog’onali turlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |