2. Gerontologiya fani tarkibiy qismlari.
Gerontologiya fani quyidagi tarkibiy qismlardan iboratdir:
1. Qarish biologiyasi –qarish jarayonida to’qimalarda kechuvchi biologik
jarayonlar.
2.Geriatriya – keksa, yoshi qaytib qolgan kishilarda kasalliklarning
kechishi xususiyatlarini o’rganadigan fan bo’lib, Sog’liqni Saqlash tizimi
amaliyotiga tobora chuqurroq kirib bormoqda(29- rasm).
3.Gerogigiena – keksaygan va katta yoshdagi kishilar gigienasini
o’rganadigan fandir.
4.Gerontopsixologiya – keksalar psixikasi va fe'l-atvorini o’rganadigan
fandir.
5.Gerodietika – keksaygan kishilar ovqatlanishi va uning xususiyatlarini
o’rganadigan bo’limdir.
6.Gerodermiya – keksaygan kishilar teri qoplami xususiyatlarini
o’rganuvchi bo’limdir.
7.Geroekologiya – qarish jarayoniga ekologik omillarning ta'sir etishini
o’rganuvchi bo’limdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |