4-mavzu: STATISTIK JAMLASH VA GURUHLASH
Reja:
1. Jamlash to`g’risida tushuncha va uning turlari.
2. Guruhlash to`g’risida tushuncha va uning unsurlari.
3. Guruhlash belgisi va ularning turlari.
4. Ikkilamchi guruhlash.
Tayanch iboralar:
Statistik jamlash, statistik guruhlash, guruhlash turlari, guruhlash belgilari, oddiy guruhlash, ko`p o`lchovli guruhlash, kombinatsion guruhlash, ierarxik guruhlash.
3.1. Jamlash to`g’risida tushuncha va uning turlari.
Statistik kuzatish o`rganilayotgan hodisa to`g’risida ko`pdan-ko`p ma`lumotlarni to`plashga imkon tug’dirsa-da, lekin olingan ma`lumotlarning tarqoqligi sababli hodisa to`g’risida umumiy xulosalar yasashga imkon bermaydi. SHuning uchun ham mazkur ma`lumotlarni bir tizimga solish, qayta ishlash navbatdagi vazifa hisoblanadi. Bu bosqich har qanday statistik tadqiqotning ikkinchi bosqichi bo`lib, statistik kuzatish materiallarini svodkalash va guruhlash deb yuritiladi.
Svodkalash oldindan tuzilgan va tasdiqlangan dastur hamda reja asosida amalga oshiriladi. Dasturda ayrim belgilar bo`yicha ajratilishi lozim bo`lgan guruhlar ro`yxati, shu guruhlar uchun hisoblanadigan ko`rsatkichlar tizimi, qaysi hudud chegarasida va ma`muriy tomondan tobelik jihatidan materiallarni svodkalash lozimligi kabi masalalar echiladi. Svodkalash rejasida esa kim va qanday tartibda svodkalashning bajarilishi, uning natijlarini qanday rasmiylashtirish va matbuotda ma`lumotlarning qaysi qismini nashr etish kabi tashkiliy masalalar yoritiladi.
Svodkalash oddiy va murakkab svodkalashlarga bo`linadi. Oddiy svodkalash deganda olingan ma`lumotlarni guruhlarga bo`lmasdan to`plam bo`yicha umumiy yakunlarni chiqarish tushuniladi. Masalan, institutda ta`lim olayotgan jami talabalarning sonini hisoblash uchun kunduzgi, kechki va sirtqi fakul’tetlardagi talabalar sonini qo`shib chiqishning o`zi kifoya. SHuning o`zi oddiy svodkalash bo`ladi. Murakkab svodkalash deyilganda ma`lumotlarni dasturda ko`zda tutilgan belgilar asosida ayrim guruhlarga bo`lib o`rganish tushuniladi. Jami talabalarni kurslarga va mutaxassisliklarga bo`lib o`rganish bunga misol bo`la oladi.
Svodkalash tashkil qilinishiga qarab: markazlashgan va markazlashmagan svodkalashlarga bo`linadi. Markazlashgan svodkalashda boshlang’ich ma`lumotlar bir yoki bir necha statistika boshqarmalarida to`planadi va o`sha era ko`zlangan maqsad va vazifalar nuqtai nazaridan qayta ishlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |