Sherobod agrosanoat texnikumi


Markazlashmagan svodkalashda



Download 1,47 Mb.
bet55/107
Sana23.07.2022
Hajmi1,47 Mb.
#843054
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   107
Bog'liq
Samad cтатистика

Markazlashmagan svodkalashda boshlang’ich ma`lumotlar dastlab mahalliy (tuman, viloyat) statistika tashkilotlarida qayta ishlanadi, so`ngra davlat Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga yuboriladi. Bunday svodkalashda statistik kuzatish materiallarini tekshirish va tegishli tuzatishlarni kiritish engillashadi, hududiy ko`rsatkichlarni hisoblash imkoniyati tug’iladi. Ammo markazlashmagan svodkalash ma`lumotlarning tarqoqlanishiga olib keladi. SHuning uchun ham statistika amaliyotida har ikkala ko`rinishdagi svodkalash uyg’unlashgan tarzda amalga oshiriladi.
Qayta ishlash texnikasiga qarab svodkalash qo`lda yoki mexanizatsiyalashgan usulda mashinada bajarilishi mumkin.
Mexanizatsiyalashgan usulda kam mehnat sarflanadi va svodkalash arzonga tushadi, uni bajarish muddati qisqaradi va olingan natijalarning aniqligi oshadi. Hozirgi kunda ko`pgina statistika tashkilotlari zamonaviy mikro eHMlar, va zamonaviy komp’yuterlar bilan ta`minlangan.
Keng ma`noda svodkalash deyilganda to`plangan boshlang’ich ma`lumotlarni ilmiy tekshirishda ko`zlangan maqsad va vazifalar nuqtai nazaridan qayta ishlanishi tushuniladi. Bu holda svodkalash:

  • ma`lumotlarni guruhlash;

  • tipik guruhlar va guruhchalarni tavsiflovchi ko`rsatkichlar tizimini ishlab chiqish;

  • har bir guruh va guruhlar bo`yicha umumiy yakunlarni chiqarish;

  • guruhlash natijalarini statistik jadvallarga joylashtirish va ularni grafiklarda tasvirlash kabi bosqichlarni o`z ichiga oladi.



3.2. Guruhlash to`g’risida tushuncha va uning unsurlari.
Statistik guruhlash deb ijtimoiy hodisa va jarayonlarni chuqur va har tomonlama o`rganish maqsadida eng muhim, xarakterli belgilar bo`yicha bir xil guruh va guruhchalarga ajratib o`rganishga aytiladi. Guruhlash o`rganilayotgan hodisaning xarakterli xususiyatini, undagi qonuniyatni aniqlashga imkon beradi. Ana shu tomoni bilan u ilmiy svodkalashning asosiy unsuri bo`lib hisoblanadi.
Arastu jamiyatdagi kishilarni 3 tabaqaga bo`ladi: 1) eng boy tabaqa; 2) o`rtacha boy tabaqa; 3) eng kambag’al tabaqa. Bulardan eng boy va o`rtacha tabaqalar go`zal fazilatlarga ega bo`lib, kambag’al kishilarda bu axloqiy fazilatlar yo`qdir, deb xulosa qiladi.
Guruhlash usuli ommaviy to`plamlarda miqdor o`zgarishlaridan sifat o`zgarishlariga o`tish jarayonini aniqlash maqsadida juda keng qo`llaniladi.
Masalan, korxonalarni:
samaradorlik darajasi bo`yicha quyidagi uch guruhga:

  • ilg’or;

  • o`rta;

  • qoloq; katta-kichikligiga qarab:

  • yirik;

  • kichik; mulkchilik shakliga qarab:

  • davlat; jamoa;

  • xususiy kabi guruhlarga bo`lish mumkin.

Murakkab hodisalarni o`rganishda kombinatsion guruhlash usuli juda keng qo`llaniladi.
Guruhlash usuli yordamida bir-biri bilan bog’liq bo`lgan quyidagi uch turdagi vazifa echiladi:

  • hodisalar ijtimoiy-iqtisodiy tiplarga ajratiladi;

  • ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar tuzilmasi o`rganiladi;

  • hodisalar o`rtasidagi bog’lanish aniqlanadi.

Har qanday guruhlashni amalga oshirish uchun dastlab guruhlash belgisi va oralig’i aniqlab olinadi. Agar bular noto`g’ri belgilab olingan bo`lsa, u holda guruhlash ham siyosiy, ham iqtisodiy, ham ijtimoiy hayotni bo`yab ko`rsatuvchi natijalarni beradi.



Download 1,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish