4-chizma. Statistik kuzatishning dasturiy-uslubiy masalalari
Kuzatish dasturi deyilganda o`rganilayotgan to`plamning har bir boshlang’ich unsuri haqida kuzatish davomida qayd (registratsiya) qilinishi lozim bo`lgan belgilar to`plami tushuniladi. Masalan, aholi ro`yxati dasturi – bu ro`yxat varaqasiga va boshqa formulyarlarga kiritiladigan savollar bo`lib, ro`yxat o`tkazish jarayonida mamlakatdagi har bir kishi yoki aholining ayrim guruhlaridan bu savollarga javob olinadi.
Kuzatish ob`ekti deyilganda o`rganilayotgan hodisa va jarayonlar to`plami tushuniladi.
Ayrim hollarda kuzatish ob`ektini belgilayotganda maxsus tsenzlardan foydalaniladi. TSenz deganda barcha ob`ektlar ichidan ayni kuzatishda hisobga olinishi lozim bo`lganlarini belgilash uchun qabul qilingan ma`lum miqdoriy me`yor tushuniladi.
Kuzatish birligi deyilganda kuzatilayotgan to`plamning bir birligi tushuniladi.
Kuzatish dasturida savollarga javob maxsus hujjatda aks ettiriladi. Bu hujjat statistik formulyar deb ataladi. U har xil nom bilan yuritiladi, jumladan, hisobot formasi, tabel’, nakladnoy, ro`yxatga olish varaqasi va hokazo.
Statistik formulyar ikki xil bo`ladi:
alohida shakldagi formulyar;
ro`yxat shaklidagi formulyar.
Kuzatishning tashkiliy masalalari quyidagilarni o`z ichiga oladi (5chizma).
Statistik kuzatishning tashkiliy masalalari
K uza- Kuzatish Kuza- Kadrlarni Kuzatish varaqatish vaqti va tish tanlash larini ko`payti organi muddati joyi va rish va joylarga o’qitish jo`natish
5-chizma. Statistik kuzatishning tashkiliy masalalari
Kuzatish organi – bu statistik kuzatishni bevosita tashkil qiladigan va o`tkazadigan tashkilotlardir.
Kuzatish vaqti va muddati kuzatishni qachon va necha kunda amalga oshirishni aniqlaydi. Masalan, 1989 yilga aholi ro`yxati 12 yanvardan 19 yanvargacha bo`lgan, 8 kun davomida o`tkazilgan. SHu davr aholi ro`yxati uchun kuzatish muddati edi.
Kritik fursat (moment) deyilganda ma`lumotlarni ma`lum vaqt (daqiqa, soat, kunga)ga to`g’rilab (moslab) ro`yxatga olish tushuniladi. Aynan shu holatga nisbatan hodisalar ro`yxatga olinadi. Masalan, 1989 yilgi aholi ro`yxatida kritik fursat 11 yanvardan 12 yanvargacha o`tar kechasi – soat 24 ga belgilangan edi. Mavjud aholi aynan shu fursatga to`g’rilab ro`yxatga olingan, ya`ni 12 yanvar soat 00 gacha tug’ilgan bolalar ro`yxatga olingan, undan keyin tug’ilganlar esa ro`yxatga olinmagan. SHu vaqtgacha o`lgan shaxslar esa ro`yxatdan o`tmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |