Halimaning dastlabki she’riy majmuasi –”Ilk muhabbat” hali talaba chog`ida -1969-yili chop etildi.Birinchi kitobi o’zbek she’riyatiga tamomila o`ziga xos shoira kirib kelayotganidan dalolat berdi.Yosh Halima ijodga ko`ngil ermagi emas, hayot-mamot masalasi deb qarardi.
Shoiraning «Oq olmalar» (1973), «Chaman» (1974), «Suyanch tog’larim» (1976), «Gordost» (1976), «Bobo quyosh» (1977), «Issiq qor» (1979), «Beliye yabloki» (1980), «Sadoqat» (1983), «Muqaddas ayol» (1988), «Yuragimning og‘riq nuqtalari» (1991) kabi she’riy, publitsistik asarlar to‘plamlari birin-ketin nashr etildi.
Shoiraning she’rlari qator chet tillariga tarjima qilingan.Uning ruschaga o`girilgan she’rlari “Gordost”(1976), “Beliye yabloki” (1979),”Reshimost”(1985) nomlarida Moskva va Toshkentda bosildi.Halima Xudoyberdiyevaning “Bu kunlarga yetganlar bor” va “Turkiston onasi” she’riy kitoblari xalqimiz mustaqillikka erishgandan keyin chop etilgan.Shoira qirg`iz, tojik, rus, yapon, tatar shoirlari va dramaturglarining bir qancha asarlarini o`zbek tiliga tarjima qilgan.
Shoira ijodiy faoliyati davomida tarjimachilik ishlarida ham bir qator yutuqlarga erishgan. Xususan, uning tatar dramaturgi Toʻfon Minnulinning “Alla” pyesasini oʻzbek tiliga tarjima qildi. Bu spektakl keyinchalik Hamza nomidagi Milliy akademik teatrda sahnalashtirilib, uzoq yillar tomoshabinlar eʼtirofiga sazovor boʻldi.
Halima Xudoyberdiyeva 1985-yildan boshlab salkam o`n yil mobaynida “Saodat” jurnalining bosh muharriri lavozimida ishladi.
Atoqli adiba Zulfiya so‘zlari bilan aytganda, Halima «Tuyg`u, o`ylar, toshqin hislar» bilan to`la she’riyat ijodkoridir. Unga «Muqaddas ayol» she’riy to‘plami uchun 1990 yilda Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti berildi. 1991 yilda esa “O’zbekiston Respublikasi xalq shoirasi” degan yuksak unvonga sazovor bo‘ldi.
|
Shoira Halima Xudoyberdiyeva she’riyatining mavzu va ma’no ko`lami nihoyatda keng va chuqurdir. Uning she’rlarida go‘dak, ayol, ota-ona, yer-suv, tabiat va tog‘u tosh va qushlar taqdiri, ularning yashash tarzi, tabiati, holati ifodalanadi desa bo‘ladi. Yaxlit holda inson, tabiat va jamiyat muammolarining deyarli barcha ko`rinishlari shoirani hayajonga soladi. Tuproq, ona yer va inson taqdiri bir butunlikni tashkil etadi. Shu boisdan ham u bir she’rida «Men shu tuproq kuychisiman» deb g`ururlanardi. Eng muhimi, shoir nima haqida, kim to`grisida yozmasin, ko`pincha ichki yoki tashqi, ruhiy holatlarni chizishdan ko`ra, o`y-mushohadalar ziddiyatlarini chizishga ishtiyoq kuchli.
Do'stlaringiz bilan baham: |