Halima Xudoyberdiyeva
1-boshlovchi:Kulib turar ko’zlarim
Dildan aytsam so’zlarim
Xush kelibsiz do’stlarim
Assalomu Aleykum
2-boshlovchi:Qarindoshmiz qondoshmiz
Vatandoshmiz jondoshmiz
Qalblar tutash yo’ldoshmiz
Assalomu Aleykum
1-boshlovchi:Assalomu Aleykum
Assalomu aleykum hurmatli,mehri daryo
ustozlar sevimli o'quvchilatbarcha
barchangizga “Ijod gulshani” nomli
savodxonlik bayramiga xush kelibsiz.Bugungi
tadbirimiz O'zbekiston xalq shoiri Halima
Xudoyberdiyeva ijodiga bag'ishlanadi.
2-boshlovchi:Ijozatingiz bilan bayramimiz
qahramonlarini chaqqonlik va tirishqoqlik
bilan tayyorlagan bayram tadbirini birgalikda
tomosha qilsak . Bayramni boshlash uchun
Maktab direktori Doliyeva To'ydona
Shodmonovnaga so’zni bersak.
1-boshlovchi:Halima Xudoyberdiyeva 1947
yil 17 mayda Sirdaryo viloyatining Boyovut
tumanida dehqon oilasida tugildi. Ikki yoshida
onasidan ayrilib, xolasi Qarshigul Xonnazar
qizi tarbiyasida qoladi.
2-boshlovchi:Halima Xudoyberdiyeva
Toshkent davlat universiteti (hozirgi
OzMU)da (1968–1972), Moskvadagi M.
Gorkiy nomli Oliy adabiyot kursida
(1975–1977) tahsil oldi.
Endi navbatni Halima Xudoyberdiyevaning
she'rlariga beramiz marhamat.
SHE'RLAR:
1-boshlovchi:Halima Xudoyberdiyevaning “Ilk
muhabbat” nomli birinchi kitobi 1968 yilda
bosilib chiqdi. Shundan song shoiraning “Oq
olmalar” (1973), “Chaman” (1974), “Suyanch
toglarim” (1976), “Bobo quyosh” (1977),
“Issiq qor” (1979), “Sadoqat” (1983),
“Muqaddas ayol” (1987), “Yuragimning ogriq
nuqtalari” (1991), “Hurlik oti” (1993), “Bu
kunlarga yetganlar bor” (1994), “Tomarisning
aytgani” (1996) kabi yigirmadan ortiq sheriy
majmualari, dostonlari va maqolalar
toplamlari nashr etildi.
2-boshlovchi:Halima Xudoyberdiyeva
sheriyatining mavzu va mano kolami keng,
teran. Uning sherlarida ona Vatan, ota-ona,
ayol va bola mavzulari ustuvorlik qiladi.
endi navbatni musiqiy tanaffus chiroyli bir
raqsga beramiz
RAQS:
1-boshlovchi:U tarjimon sifatida Fazu
Aliyeva, Silva Kaputikyan, Ibrohim Yusupov
kabi qardosh xalqlar shoirlari asarlarini ona
tilimizga ogirdi.
2-boshlovchi:Ozbekiston xalq shoiri Halima
Xudoyberdiyeva 1990 yilda “Muqaddas ayol”
sheriy toplami uchun Davlat mukofotiga
sazovor bolgan.
She'rlar:
1-boshlovchi:Uning tasviridagi ayol har
qanday xalq va mamlakatning kelajagi —
soglom va barkamol yoshlarni yetkazib
beruvchi mojizaviy kuchdir.
2-boshlovchi:X. ayni shu nuqtai nazardan
ozbek ayollarining oyxayollarini, ichki
kechinmalarini yorqin tasvirlaydi,
zamondoshlarida ayollarga nisbatan xurmat
va muhabbat tuygularini ostirishga intiladi.
Xudoyberdiyevaning sherlari koplab xorijiy
tillarga tarjima qilingan.
Sahna ko'rinishi:
1-boshlovchi:
X. ozbek sheriyatiga samimiy insoniy tuygu
va fazilatlar — sevgi va sadoqat, mexr va
muruvvatni tarannum etuvchi shoira, ozbek
xotinqizlari orzu va armonlarining kuychisi
sifatida kirib keldi.
2-boshlovchi:Tofon Minnullinning „Alla“
pyesasi Xudoyberdiyevaning avtorlashtirilgan
tarjimasida hozirgi Ozbek milliy akademik
drama teatri sahnasida qoyilgan.
Raqs:,She'rlar: .
1-boshlovchi:Bugungi fayzli davramizning
aziz ishtirokchilari, shu bilan tadbirimiz o‘z
nihoyasiga yetdi.
2-boshlovchi:Barchangizga faol ishtirokingiz
va e’tiboringiz uchun tashakkur aytamiz!
Xayr, salomat bo‘ling!
Do'stlaringiz bilan baham: |