Ko'chim so‘zni ko‘chma ma‘noda qo‘llash yoki narsa-hodisaga xos sifatlarni qaysidir jihati bilan shularga o‘xshaydigan boshqa narsa hodisalarga ko'chirish san'atidir. Ko'chim turlari:
1. Majoz o‘quvchiga noaniqroq bo'Igan tushunchani ko'pchilikka ma'lum bo'lgan narsalarga xos belgilar bilan fodalash. Gulxaniyning "Tuya bilan bo'taloq" "Maymun bilan najor", "Toshbaqa bilan chayon" asarlarida insonlarga, ayrim ijtmoiy tabaqalarga xos xususiyatlarning hayvon obrazlariga ko‘chirilishi majozning yorqin namunasidir.
2.Istiora (metafora)Istiora arabcha so'z bo'lib, " biror narsani vaqtincha omonatga olash" "qarz olish" degan ma'noni bildiradi. O'xshashiikka asoslangan holda so'zlarni ko'chma ma'noda qo'llash. Istiora so'zni takror ishlatmay, bir o'rinda ikki ma'noda qo'llash. Istiora shunday she'riy san'atki, misralarda o'xshayotgan narsa ishtirok etib, o'xshatilayotgan tushib qoladi. Istiorada biror narsa-hodisaga xos xususiyatlarni boshqa bir narsa-hodisaga ko'chirish orqali badiiy ma'no ifodalanadi. Lekin bu ko'chirishda tashqi o'xshashlik asosiy o'rin tutmaydi.
Balki o'xshatilayotgan va o'xshayotgan narsa- hodisalar orasidagi ichki mantiqiy bog'lanishga yaqinlikka, vazifalardagi umumiylikka tayaniladi. Istiorani qisqargan ko'rinishdagi o‘xshatish deyish mumkin. Istiora ikki narsa o'rtasidagi o'xshashlikka asoslanadi. Tashbehdan farqli ravishda, o'xshatish vositasi va o'xshatish sababi qo'lanmaydi.
Cho'lponning "Binafsha she'rida "ko'kragim" so'zi "vatan", "erk yeri" so'zi esa "ozod yurt'" tushunchasini anglatmoqda (Binafsha sen uchun ko'kragim erk yeri)
Tamanno qilg'ali la'lingni ko'nglum,
Kishi bilmas onikim, qoldi qanda. (Atoyi).
"La'l» tabiatda uchraydigan qimmatbaho qizil tosh ayni paytda, yor labidan chiqadigan iliq so'zni, yor labini ham anglatadi.
Tilar el mansabi oliy va lekin,
Atoyi sarvi ozodingg'a banda. (Atoyi)
Ushbu baytdagi "sarvi ozod"birikmasi yor qaddini, qomatini nazarda tutadi.
3. Ramz-anglash murakkabroq bo'lgan mavhum axloqiy sifatning shu sifatga ko'proq ega bo'lgan narsa va jonivorlar orqali ifodalash. Ramz (simvol) grekcha "symbolon" so'zidan olingan bo'lib, qadimgi greklarda maxfiy bir-tashkilot a'zolarining bir-birini tanib olishi uchun qo'llanilgan shartli belgini anglatgan.O'zbek adabiyotida may-hayot gul-ma'shuqa, burgut-mag'rurlik, tulki- ayyorlik, chumol-mehnatsevarlik, tirishqoqlik ramzi va h.
Do'stlaringiz bilan baham: |