Tajohil ul- orif-(arabcha bilib turib bilmaslikka olish" degani) she'rda ritorik so'roq gaplarni qo'llash.
Jonbaxsh la'ling ustida ul xoli hindularmudur,
Yo chashmayi hayvon uza zog'i siyohmo' larmudur?
Qaysi gulning men kibi bir andalibi zori bor?
Qaysi bulbulning seningdek bir guli bexori bor.
Xo'blarda seningdek bir mahbub qani nozuk?
Boshdin oyoqi zebo, bel-u badani nozuk. (Lutfiy)
Irsoli masal-badiiy asarda fikr isboti uchun xalq maqollaridan foydalanish san'ati. Irsol keltizish; masal- (misol) tamsil,maqol, metal ibora ma'nolarini anglatadi. Eski o'zbek tilida maqol, matal va iboralar masal yoki zarb ul-masal deyilgan. Irsoli masalning xususiyatlari:
1.Muallif fikr-mulohazasini maqol, matal, hikmatli so'z orqali quvvatlab oladi, 2. O'quvchini ishontirishga xizmat qiladi. 3. Ifoda ta'sirchanligini oshiradi.
Har kishikim birovga qozg'oy choh,
Tushgay ul choh aro o'zi nogoh. (Navoiy)
Bir kun tuz totgan joyga,
Qirq kun salomdir joiz.
Sabr qilsang g'oradin halvo bitar,
Besabrlar o'z oyog idan yitar.
Iyhom (shubhaga solish","adashtirish") bir so'zni2 xil) ma'noda qo‘llash.
Bosh qo'yay dedim oyog'ing tuprog‘iga. Dedi: qo'y.
Sendek saname ko'rman Lutfiy Chig'atoyda,
Chin so'yla Xito xo'blarig'a ne bo'lursan?
Ulus ichinda turar o'z begim qiyo ko'zlik,
Xayoli to'qtamish andin ko'ngil saroyinda
Mubolag'a - badiiy asarlarning ta'sir darajasini oshirish uchun unda tasvir etilgan odam, narsa yoki hodisaga xos xususiyatni orttirib ko'rsatilishi. Mubolag'a xalq dostonlarida juda ko'p qo'llaniladigan tasvir vositasidir.«Ravshan dostonida Hasanxonning g'azabi,Jaynoqning jismoniy qudrati juda oshirib tasvirlangan o'rinlar ko'p uchraydi. Masalan;
Janobi shahga keldim bu jihatdin
Ko'zim yoshig'a toya-toya navro'z. (Ogahiy)
Mubolag'aning bir necha turlari bor:
Tablig' -ishonsa bo‘ladigan hayotda ham yuz berilishi mumkin bo'lgan mubolag'a.
Kecha kelgumdir debon ul sarvi gulro‘ kelmadi
Ko'zlarimga kecha tong otg'uncha uyqu kelmadi.
Ig‘roq-ishonsa bo'ladigan, lekin hayotda yuz berishi-mumkin bo‘lmagan mubolag'a turi.
Ko'tardi orqasiga bodponi.
Nechunkim bodpo, ul dilraboni.
Chu ikki- uch yig'och gom urdi shaydo.
G‘uluv-aql bovar qilmaydigan va hayotda ham yuz-berishi mumkin bo'lmagan mubolag'a turi.
Vah, muhabbat ko'yida qon yig'ladim
Yetti iqlim g'arq bo ldi ko'z yoshima. (Mashrab)
Ifrot (yoki bulug')behad orttirilgan mubolag'a
Turfa qishlog'i g'azabkardaki, parrandalari
Tovug'i-ignachi-yu, o'rdagi g'ozi - kapalak. (Maxmur)
Do'stlaringiz bilan baham: |