Litota (yunon. Litotes-oddiy, kichik)) yoki tafrit mubolag'aning teskarisi bo'lib, badiiy asardagi biror predmetni, hodisani, detalni bir necha barobar kichraytirib tasvirlash.
Bo'ying sarv-u sanubartek, beling qil,
Vafo qilg'on kishilarg'a vafo qil. Xorazmiy)
Laf va nashr (arabcha yig'ish va yoyish")so'zlaridan olingan).Bunda shoir biror narsa yoki hodisani oldin sanaydi, so'ng shu tartibda ularga tegishli o'xshatishlarni tizib chiqadi.
Qoshing, iring, yuzing, ey rashki rizvon
Hilol-u, kavsar-u, bog'i jinondir. (Lutfiy.)
Raddi matla' -g'azalning birinchi bayt birinchi misrasining she'r oxiri maqta'da takrorlanib kelishidir. G'azal boshida o'rtaga tashlangan fikr she'r davomida atroflicha dalillanib, keyingi takrorida xulosaga aylanmog'I lozim Ogahiyning;
Bizki, bukun jahon aro kishvari faqr shohimiz,
Boshimiz uzra ohimiz shu'lasidir kulohimiz
matla'li g'azalida shu san'at qo'llanilgan. G'azal o'n bir baytli bo'lib, o'rtadagi to'qqiz baytda bu dunyo aysh-ishratidan, mol-davlat qayg'usidan voz kechgan,faqr ahli'ning ,shohlik falsafasi har jihatdan asoslanadi va maqta'da u aytilganlarni xulosalash uchun qo'llanilgan:
Tashbeh (o'xshatish)-bir narsa, belgi, harakatni boshqasiga o'xshatish, qiyoslash. Masalan, «Yuzing go'zallikda gul kabidir» deyilganda yuz gulga o'xshatilgan. Yoki:
Harimi iffat ichra shoh ul ermish,
Sipehri ismat uzra moh ul ermish. (Farhod va Shirin" dostonidan)
Tashbehning yuzaga kelishida 4 unsur qatnashadi:
1.O'xshamish- tasvirda fikr qaratilgan narsa yoki tushuncha. (yuz)
2.O'xshatilmish - tasvirda qiyoslanayotgan narsa yoki tushuncha. (gul)
3. Asos-nimaga ko'ra o 'xshatishning yuzaga chiqqanligi. (go'zallikda)
4. Vosita -o'xshatish belgisi. (kabi)
Bular o'xshatilgan narsa(mushabbah)o’xshagan narsa (mushabbahbihi), o'xshatish sababi (vajhi shaboh) hamda o'xshatish vositasi (holati tashbeh) deb ham yuritiladi. So'z san'atida -dek-day -cha -simon -vor, -saro -oso, -vash -iy -oyin kabi qo'shimchalar, kabi, yanglig', misoli, go'yo, go'yoki xuddi, singari,misli, naq, o'xshab, nechukki va boshqa so'zlar vosita bo'lib keladi. Sanga binafsha kibi qaddi nigun, Bosh ko'tara olmay uyotdin zabun.
Ba'zan vosita ham tushib qolib, tashbehda o'xshamish bilan o'xshamish bilan o'xshatilmishgina ishtirok etadi. Masalan, «qoshi hiloldek egik» deyish o'rniga «qoshi hilol», «qomati sarvdek tik» deyish o'rniga «sarvqomat», yuzi oydek» o'rniga «yuzi oy» ishlatiladi. Salotin bobida» maqolatidagi
Ermas alar tufrog -u, sen nuri pok,
Xilqat alarg'a-vu sangaiiyra xok-
baytida ham shu holatni ko'rish mumkin. Asos va vositaning qo'llanish yoki qo'llanmasligidan qat'iy nazar o'xshamish bilan o'xshatilmish ishtirok etgan o'xshatish san'ati mutlaq tashbeh (aniq o'xshatish) deyiladi. Agar o'xshamish tushib, o'xshatilmishning o'zigina saqlansa, kinoya tashbeh (ishora o'xshatish) hisoblanadi. "Hilol", "sarv", "oy", «gul» so'zlarining o'zi o'xshamishga ham ishora qiladi.
Quyidagi baytda 4 ta kinoya tashbih bor:
Bo‘rini dag'i galadin dur qil,
Suy beribon bog'ni ma'mur qil.
Ma'shuqaning tik, chiroyli, adil qaddi sanuvbarga, alifga shamshodga; sochhlari sunbulga;ko'zlar joduga, ohuga qoshlari kamon, yoy,mehrob yarim oyga;kipriklari o'qqa; lablari shahd-u shakar aqiq, obi-hayot, la'lga; tishlari inju,marjonga o'xshatilgan. Qadni,ayriliqdan ezilgan oshiq holatini dolga,yoyga: yuzni oyga, quyoshga,bo'zga;qizil yuzni arg‘uvonga (tanasi pushti, qizg'ish daraxtga); oshiqni parvonaga;tiriklikni,hayotni o‘tkinchi dunyoni rabotga;yigitlikni arg'umoqqa; bilimni kimyoga, mash'alga; so‘zni shakarga, zaharga (achchiq so'zni); ko'ngilni dengizga, shishaga; zolim amaldorlarni bo‘riga; xalqni qo'yga,podaga va bekni qo‘ychivon(cho'pon)ga o'xshatish yozma adabiyotda an'anaga aylangan. Mumtoz adabiyotimizda ko'z arab alifbosidagi "sod"ga qosh "nun"ga o'xshatiladi. Mirrix(Mars)sayyorasi jang-u jadal, payg'ambarlardan Yusuf go‘zallik (Beqiyos husn timsoli sifatida tilga olinadigan "Yusuf" nomi g'azal baytlarida, asosan, Ya'qub nomi bilan birga uchraydi),Iso jon baxsh etish, Ayyub alayhissalom sabr-toqat timsoli Ya'qubning ayriliqdagi hayoti she'riyatda "Bayt ul-hazan" (g'am uyi) sifatida tilga olinadi. Mumtoz she'riyatda asosiy tasvir manbayi ko'ngil (qalb, yurak) bo'lib, u "shisha", "ko'za", "ayog' "(idish), "kosa" kabi timsollar orqali ifodalanadi, "may", "sharob", «boda» so'zlari esa ishq, muhabbat, mehrni ifodalaydi. Kashmir sehr- joduning vatani sifatida qaraladi.
Tamsil-birinchi misrada aytilgan fikrga ikkinchi misrada dalil keltirish.
Umri jovid istasang fárd o'lki bo'ston Xizridur
Sarvkim da'b ayladi ozodlig‘ birla maosh. (Navoiy)
Do'stlaringiz bilan baham: |