1.Muqayyad qofiya sifatlari
2.Mutlaq qofiya sifatlari.
Muqayyad qofiya unsurlar qofiyadosh so'zlarda raviygacha uchraydi: Ta'sis, Ridf, Qayd, Daxl.
Mutlaq qofiya unsurlari esa, qofiyadosh so'zlarda raviydan keyin keladi: Vasl, Xuruj, Mazid, Noyira.
Sarlavha: Re: Abituriyentlarga yordam: ona tili va adabiyotidan tayyorlov kurslari
Jo'natildi: AbdurRohman dan 01 Noyabr 2007, 13:22:40
She'riy janrlar
FARD. Lug'aviy ma'nosi "yakka, yolg'iz". Bu janr lirik turdagi en kichik janr hisoblanadi. Chunki fard 2 misradan iborat bo'ladi.
Kishi aybing desa, dam urmag'ilki, ul erur ko'zgu
Chu ko'zgu tiyra bo'ldi, o'zga aybing zohir aylarmu?!
Devon tuzish an'anasiga ko'ra, fard devonga oxirida kiritiladi.
QIT'A. Lug'aviy ma'nosi "parcha, bo'lak, qism". Qit'alar pandnoma - tarbiyaviy ruhda yoziladi. Qit'a kamida ikki baytdan iborat bo'ladi. Qofiyalanishda toq misralari ochiq qolib, juft misralari o'zaro qofiyalanadi (b-a, v-a, g-a...)
Yuqori o'ltirurni kim tilasa,
Kishilikdin ani yiroq bilgil.
O'ltirur safda yuqoriliqdin
O'ltirur safda yaxshiroq bilgil.
Qit'a ikki xil yo'l bilan yoziladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |