V-BOB. Qadimgi Baqtriya podshohligi davlatchiligida Ahamoniylar imperiyasining tutgan o‘rni. O‘rta Osiѐ xalqlari mil.av.
VI-IV asrlar mobaynida Ahamoniylar imperiyasi tarkibida bo‘lgan. Bu davr erli xalqlar davlatchiligining tabiiy rivojlanishiga barham berilishi va
Sh Shajdullaev. Unterchungen zur frühen Eisenzeit in Nordbaktrien ... P.292, Abb.41.
Sulimirski T. Scythian Antiquities in Westerrn Asia // Artibus Asiae, V. XVII, 1954. - P.297.
www.arxeologiya.uz 40
O‘ZBEKISTON HUDUDIDA DAVLATCHILIKNING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI (BAQTRIYA MISOLIDA)
davlat boshqaruvi usulida Ahamoniylar an’analarining kirib kelishi bilan xarakterlanadi.
Ahamoniylarning davlat boshqaruv usulini ѐritishda Fransua Lenormanь asarlaridan foydalandik. Uning tadqiqotlari Doro saroyidagi jonli voqealarga bag‘ishlangan1.
Qadimgi Eronda shoh xukmronlikka davogar urug‘lar vakillaridan, xalq yig‘inida saylangan («Kara» - xalq, qo‘shin). SHohning nomi ulug‘lanib, hattoki ilohiylashtirilib xudolarga tenglashtirilgan. U davlat bilan bir vaqtda diniy ishlarni va marosimlarni ham boshqargan2.
Ahamoniylar davrida forslar Osiѐga o‘zlarining mulki sifatida qaragan va fors shohining erlari sifatida qaragan. SHohning atrofida maslahatchilar kengashi bo‘lgan. Ular davlatni boshqarishda vazirlik vazifasida bo‘lib, shohdan keyingi bosh vazifani bajargan. Butun jamoatchilik ishlari ularning rahbarligida amalga oshirilgan. Maslahat kengashidan so‘ng ettita saroy og‘asi turgan. Ular asosan shohning istagini bajarishgan. Saroydagi ichki xizmatlardan tortib, satrapliklar hududlarida komissarlik vazifalarini amalga oshirgan3.
Davlat miqѐsidagi yirik masalalar kengashda muhokama qilingan. Unga pasargad urug‘i oqsaqollari, satraplar, davlatning yirik harbiy amaldorlari taklif etilgan. Muhokama qilinaѐtgan masala bo‘yicha kimning taklifi qabul qilinsa, o‘sha kishi shu ishga mutasaddi, boshliq qilib tayinlangan. U shu ishning bajarilishiga boshi bilan javob bergan4.
SHohlar shohi Doro I Ahamoniylar davlatchiligida yangi reformalarni amalga oshirdi. U boshqaruv va moliya ishlarini yangi pog‘onaga ko‘tardi, butun imperiya hududini satrapliklarga bo‘lib boshqarish usulini joriy etdi. Satraplik hududlari hududiy davlatlar va aholining etnografik guruhlar yashaydigan chegaralari asosida bo‘lib chiqildi. Kir ѐki Kambiz davrida bosib olingan erlar mahalliy hukmdorlar tomonidan boshqarilgan bo‘lsa, yangi reformaga binoan, satraplik boshliqlari forsiylardan tayinlanadigan bo‘lgan5.
Satraplar va undagi harbiy boshliqlar shohlar shohi va markaziy davlat boshqaruvining nazoratida bo‘lgan. Davlat boshqaruvi va tekshiruvlar xazarapad tomonidan amalga oshirilgan. U bir vaqtning o‘zida shohlar shohining shaxsiy gvardiyasini ham boshqargan.
Joylardagi satrapliklarni boshqarish usuli va kanselyariya tarkibi Suzadagi bosh kanselyariya tuzilishini aynan takrorlagan, yaьni kanselyariya boshlig‘i, xazinabon, tashabbusni bug‘uvchilar, hisobchilar, sudyalar, husnixatchilar va boshqalar.
Lenormant Sh. Introduction a I’histoire de I’Asie Occidental. 1838.
Widengren G. The Sacral Kingship of Iran / «Numen», Supplement. - Leiden,1959. - P. 242-257.
Lenormant Sh. Manuel d’histoire ancienne de L’ Orient jusqu’aux guerres Mediques... - P. 255.
Lenormant Sh. Manuel d’histoire ancienne de L’ Orient jusqu’aux guerres Mediques... - R. 257.
Richard Fray. Nasledie Irana. - M., 1972. – S. 98.
www.arxeologiya.uz 41
O‘ZBEKISTON HUDUDIDA DAVLATCHILIKNING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI (BAQTRIYA MISOLIDA)
Oromiy tili imperiyaning yagona davlat tili va ѐzuviga aylantirilgan,-degan g‘oya Sovet sharqshunosligi adabiѐtlarida o‘rnashib qolgan edi. YAngi ma’lumotlarga ko‘ra, Doro I bir necha tilni imperiyaning davlat tili sifatida qabul qilishga majbur bo‘lgan. Kichik Osiѐda kanselyariya ishlari grek tilida, Kappadokiya, Kilikiya, Suriya va Falastinda oromiy tilida, Misrda esa firavnlar zamonidan qo‘llanib kelinaѐtgan ieroglifika davom etgan bo‘lsa, Forslarda va O‘rta Osiѐda mixxatsimon va oromiy ѐzuvlari qo‘llanilgan1. Bu ma’lumotdan shunday xulosa qilish mumkinki, imperiya hududida yagona oromiy tili kanselyariya tili vazifasini bajarmagan.
Ahamoniylar imperiyasi aholisi asosan uchta ijtimoiy guruhdan iborat bo‘lgan: 1. Erkin fuqoralar; 2. Qaram kishilar va 3. Qullar. Qullarga hayvonlar va boshqa mulk shakllari singari shaxsiy mulk sifatida qaralgan, ularni sotish ѐki birovga berib yuborish mumkin bo‘lgan2.
Ahamoniylar imperiyasining davlatni boshqaruv usuli
Xalq yig‘ini
«Kara»
SHohlar shohi
Kir (550-529) - Kambiz (530-522) - Doro I (522-485) - Kserks (486-465) - Arta kserks I (465-423) - Doro III (335-330).
Maslahat kengashi a’zolari
(pasargad urug‘idan iborat oqsoqollar, satraplar, harbiy aristokratlar va amaldorlar)
7 nafar saroy og‘alari
Xazarapad (Mingboshi)
|
|
|
Satraplar (I-XXI)
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Kanselyariya
|
Xazinabon
|
|
Tashabbusni
|
Hisobchilar
|
Tergovchi,
|
Soliqchilar
|
boshlig‘i
|
|
|
bug‘uvchilar
|
|
|
sud’yalar
|
|
Mahalliy urug‘ boshliqlari, amaldorlar
Ahamoniylar imperiyasi tarkibiga kirgan satraplar to‘g‘risidagi manbalar Gerodot, Behustun qoya tosh ѐzuvlarida, Doro I ning Naqshi Rustam ѐzuvlarida saqlanib qolgan. Ushbu manbalarda satrapliklar soni, joylashishi hamda tarkiblari to‘g‘risida bir-biriga to‘g‘ri kelmaydigan
Lenormant Sh. Manuel d’histoire ancienne de L’ Orient jusqu’aux guerres Mediques... - P. 267.
Dandamaev M.A. Sotsialьnaya suщnostь perevorota Gaumatы // VDI, 1958, №4. - S. 36-50.
www.arxeologiya.uz 42
O‘ZBEKISTON HUDUDIDA DAVLATCHILIKNING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI (BAQTRIYA MISOLIDA)
dalillar ham borki, bu har xillilikni tadqiqotchilar satrapliklar hududlarining o‘zgarib turganligida deb hisoblaydilar1.
«Tarix otasi» qoldirgan ma’lumotlarda Baqtriya va So‘g‘diѐna alohida satrapliklar sifatida tilga olingan. Baqtriya XII, So‘g‘diѐna esa Xorazm bilan birga XVI satraplik sifatida talqin qilinadi. Bu haqda tadqiqotchilarning turli hil fikrlari mavjud. V.V. Bartolьd va V.M. Masson bu Gerodotning xatosi degan fikrda bo‘lsalar, boshqa tadqiqotchilar esa Doro I ning Marg‘iѐna, Baqtriya, So‘g‘diѐnaning iqtisodiy va harbiy mavqeini bo‘lib qo‘yish siѐsati natijasida So‘g‘diѐna XVI satraplik tarkibiga kiritilgan degan fikrda2.
Har bir satraplik ma’lum talant miqdorida to‘lov to‘lagan. Tadqiqotlarga ko‘ra O‘rta Osiѐliklar har yili 23 tonna kumush miqdorida soliq to‘lashgan3.
Doro qurdirgan saroyni bezashda Baqtriyadan oltin, So‘g‘diѐnadan lapis, serdolik, Xorazmdan gavhar olib ketilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bor4.
Do'stlaringiz bilan baham: |