IV-BOB. Ilk temir davrida hududiy davlatlarning shakllanishi. Kuchuk I madaniyatining paydo bo‘lishi muammosiga doir yangi
mulohazalar. O‘rta Osiѐning janubiy viloyatlarida mil.av. II ming yillikning ikkinchi yarmida chuqur iqtisodiy va madaniy o‘zgarishlar yuz beradi. Bir tomondan Marg‘iѐna va Baqtriyaga chorvador aholining kirib kelishi yuz bersa3, ikkinchi tomondan CHust madaniyatining ta’sirida Marg‘iѐnada YOzdepe, Baqtriyada Kuchuktepa, Qiziltepa, Tillatepa kabi ѐdgorliklar qad ko‘taradi. Bu madaniyatlar Baqtriya va Marg‘iѐnada har xil nomlar bilan atalsa-da, ularning moddiy madaniyatlari aynan o‘xshashligi bilan xarakterlanadi.
Litvinskiy B.A. Bronzovыy vek / Istoriya tadjikskogo naroda. Tom I. - M., 1963; Masson V.M. Pechati protoindiyskogo tipa iz Altыn-depe (K probleme etnicheskoy atributsii kulьtur raspisnoy keramiki Blijnogo Vostoka) // VDI, 1977, №4.
Rtveladze E.V. K voprosu o substratnom yazыke yuga Sredney Azii (III-II tыs.do n.e.) / «Tarix, Mustaqillik, Milliy g‘oya (Respublika ilmiy nazariy anjumani materiallari). – T., 2001. – B. 124.
Masson V.M. Drevnezemledelьcheskaya kulьtura Margianы. - M., - L., 1959; Askarov A.A. Drevnezemledelьcheskaya kulьtura epoxi bronzы yuga Uzbekistana. – T., 1977; Sarianidi V.I. Drevnie zemledelьsы Afganistana. -M., 1977.
www.arxeologiya.uz 27
O‘ZBEKISTON HUDUDIDA DAVLATCHILIKNING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI (BAQTRIYA MISOLIDA)
Bu madaniyatlarning paydo bo‘lishi to‘g‘risida fanda turli xil fikr va mulohazalar aytilgan bo‘lsa-da, bir fikrga kelingani yo‘q. Ushbu masalaga Evropa va Amerika arxeologlari ham qiziqib, O‘rta Osiѐ arxeologlari bilan chust tipidagi yangi madaniyatlarning xronologiyasi, paydo bo‘lishi masalasida kelishmay, o‘z qarashlariga ega bo‘ldilar. Ular YOz I madaniyatini mil.av. II ming yillik o‘rtalari - XV asr bilan sanalaydilar, etnik jihatdan Andronovo va YOz I madaniyati ahlini indo-ariylar deb ataydilar. Indo-ariylarning O‘rta Osiѐ orqali Hindistonga tarqalishi masalasini va Xarappa madaniyatining inqirozi masalalari bilan bog‘laydilar1.
Toshkent shahrining 2200 yilligiga bag‘ishlangan konferensiyada Burgali - YOz I tipidagi madaniyatlarning paydo bo‘lishi xususida yangi fikrlar aytildi2. Jumladan, L. Sverchkov va N. Boroffkalar Bandixon ѐdgorliklarida tadqiqotlar olib borib, YOz I tipidagi ѐdgorliklarning paydo bo‘lishini Tarim vohasining shimoli-sharqiy qismida joylashgan Sintala va Kuxu ѐdgorliklari bilan bog‘laydi. Tadqiqotchilar Bandixon va Tarim vohasi ѐdgorliklari sopollarining “aynan” o‘xshashliklarini, g‘ishtlar ko‘lamlarining mosligini o‘z fikrlariga asos qilib oladilar3. Xulio Dendezi-Sermento esa Burgali va Tozabog‘ѐb madaniyatlarining moddiy madaniyatlarini taqqoslab YOz I tipidagi ѐdgorliklarning paydo bo‘lish masalasiga echim qidiradi4.
Kuchuk I davri ѐdgorliklari asosan yangi sug‘orish rayonlari hududlarida paydo bo‘lishi bilan birga, hududiy kichikligi bilan xarakterli. Baqtriya hududidagi shu davr ѐdgorliklarining birontasini shahar tipidagi ѐdgorliklar toifasiga kiritib bo‘lmaydi. Kuchuk I davri aholisi dehqonchilikka qulay joylarda o‘troq haѐt kechirishgan. Ular Sopolli madaniyatidan monumental inshootlar qurilishi an’analarini meros qilib olgan. Baland platformalar ustiga uy-joy qurilishi ishlari yangi madaniyat ahliga Sopolli madaniyatidan o‘tgan.
YAngi paydo bo‘lgan madaniyat qabrlari shu kungacha topilmagan. Bu holatni ko‘plab tadqiqotchilar zardushtiylik urf-odatlarining tarqalishi natijasi deb tushuntiradilar5.
YOz I davrida sopol charhidan foydalanmaganini ilg‘or texnologiyadan voz kechilishi deb baholanishi kerak. Bizning kuzatishlarimiz shuni
1 Kohl Ph.L. Central Asia (Western Turkestan): Neolithik to the Early Iron Age // Chronologies in Old World Archaeology. Ed. by Ehrich R.W. - Chicago. Vol. I: - R.179-195; Vol. II: - R.154-162; Hiebert F.T. Chronology of Margiana and Radiocarbon Dates // Information Bulleten of IASCCA. – M., 1993. - Issue 19. - R.136-148; Salvatori S. Protohistoric Margiana: on a Recent Contribution. (Reviev of: «IASCCA. Information Bulleten», 19. Moskow 1993 // Revista di Arheologia. - Venice, 1995. Anno XIX. – R. 38-54.
2 Baratov S.R. K drevneyщey istorii naseleniya Tashkentskogo oazisa i basseyna Sыrdarьi / Stolitse Uzbekistana Tashkentu 2200 let. Trudы mejdunarodnoy nauchnoy konferensii. – T., 2009. - S. 30-32.
Sverchkov L., Boroffka N. O nekotorыx problemax arxeologicheskogo issledovaniya kulьtur rospisnoy keramiki epoxi pozdney bronzы – rannego jeleza / Stolitse Uzbekistana Tashkentu 2200 let. Trudы mejdunarodnoy nauchnoy konferensii. – T., 2009. - S. 33-37.
Julio Dendezi-Sermento, Johanno Lhuillier. Entre nomadizme et sedentarite: L’etude des cultures de l’age du fer ancien du Chach. Peut-on parler d’une influence du Khorezm? / 2200 th Anniversaru of Tashkent – the Capital of Uzbekistan. – T., 2009. - P. 40-45.
Sarianidi V. Margiana and Protozoroastrizm. -Athens, 1998. - R. 47.
www.arxeologiya.uz 28
O‘ZBEKISTON HUDUDIDA DAVLATCHILIKNING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI (BAQTRIYA MISOLIDA)
ko‘rsatdiki, jamiyat ilg‘or texnologiyadan aholi etnik jihatdan o‘zgarganda ѐki diniy qarashlar yangilanganda voz kechishi mumkin. Sopolli va unga turdosh madaniyatlarga xos bo‘lgan monumental ibodatxonalarning YOz I davrida uchramasligini diniy qarashlarning o‘zgarganligida deb hisoblaymiz.
Bizningcha, YOz I madaniyatining paydo bo‘lishini juda keng hudud doirasidagi muammo sifatida o‘rganish kerak. Bu masala jamiyat taraqqiѐtida muhim rol o‘ynagan halqlar ko‘chishi, o‘troq va chorvador xalqlarning assimilyasiyasi, diniy va ijtimoiy o‘zgarishlar jaraѐni bilan bog‘liq bo‘lib, Avesta ma’lumotlari asosida o‘z echimini topadi. SHuni alohida ta’kidlash joizki, Sopolli madaniyatining inqirozi va Kuchuktepa madaniyatining paydo bo‘lishi muammosiga bir masalaning ikki tomoni sifatida qarash kerak.
Avesta va Rigvedada eslanadigan ariylarni Andronovo madaniyati bilan etnik bog‘lanishini ko‘pchillik olimlar e’tirof etmoqda1. Andronovo madaniyatining, yaьni ariylarning janubga, Hind o‘lkalarigacha borishi ѐzma va arxeologik manbalar asosida kuzatiladi.
Andronovo va Sopolli madaniyati o‘rtasidagi madaniy aloqalar Jarqo‘ton davridan boshlangan, keyingi bosqichlarda bu aloqalar ko‘p qirrali bo‘lgan. Ko‘chmanchi Andronovo qabilalarining O‘rta Osiѐ va uning janubiy mintaqalarida o‘troq haѐtga o‘tishi, ularning tub joyli aholi bilan assimlyasiya jaraѐnlarining kechganligi tabiiy jaraѐn ekanligi hech kimda shubha uyg‘otmaydi. Bu jaraѐn Janubiy Tojikiston ѐdgorliklari misolida yanada yaqqol ko‘rinadi2. Bu holat Sopolli va unga turdosh madaniyatlarning inqirozida ko‘chmanchi halqlarning o‘rni bor degan xulosani bermaydi, bizning fikrimizcha o‘troq va ko‘chmanchi halqlarning munosabatlari tinch, madaniy aloqalar tarzida bo‘lgan. Ular bir hududda qo‘shni xalqlar sifatida yashagan.
Sopolli va unga turdosh bo‘lgan madaniyatlarning inqirozida ijtimoiy masalalar ham sabab bo‘lgan, yaьni bu madaniyatlar kuchli davlatchilik siѐsatining o‘rnatilmaganligi sababli inqirozga yuz tutgan. Sopolli madaniyati jamoalari o‘rtasida yagona iqtisodiy va harbiy birlikning
yo‘qligi, jamoa boshliqlarining yagona hukmdor atrofida jipslashmaganligi oqibatida bu madaniyat ahli tinch yo‘l bilan tarqab ketishi natijasida ushbu madaniyatlar irqirozga yuz tutgan,- degan yangi fikrni ham aytishimiz mumkin.
Jarqo‘ton ѐdgorligida o‘rganilgan ikki mingdan oshiq qabrlarning statistik tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, aholining ijtimoiy guruhlarga ajralish jaraѐni jadal kechaѐtgan bo‘lsa-da, jamoada qullar bo‘lganligi to‘g‘risida birorta ashѐviy dalil yo‘q. Jarqo‘ton aholisining xunarmand,
Filanovich M.I. K voprosu o rasselenii arieev po dannыm arxeologii Sredney Azii / Indiya issentralьnaya Aziya. – T., 2000. - S. 121-126.
Vinogradova N. Die spatbronzezeitliche Siedlung Tasguzor in Sudtadzikistan // AMIT. Band 31. - Berlin, 1999. - P.33-46.
www.arxeologiya.uz 29
O‘ZBEKISTON HUDUDIDA DAVLATCHILIKNING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI (BAQTRIYA MISOLIDA)
dehqon ѐki dindorlar kabi jamoalarga bo‘linib yashaganligini aytishimiz mumkin. Iqtisodiy jihatdan bir-biriga qaram bo‘lmagan bu jamoalar tinch yo‘l bilan yangi darѐ o‘zanlari bo‘ylab tarqab ketgan. Natijada, Baqtriya, Marg‘iѐna hududlarida Kuchuktepa, YOzdepe madaniyatlari davrida kichik-kichik, umumiy maydoni 0,6 - 1,5 gektarlik ѐdgorliklar paydo bo‘lgan.
Sopolli va unga turdosh madaniyatlarning sopol buyumlari shakllarining bir xilligi va sifatliligi kulolchilik bilan ixtisoslashgan jamoa shug‘ullanganligini ko‘rsatadi. Kuchuktepa madaniyati davrida tarqab ketgan har bir jamoa kulolchilik bilan shug‘ullanishga majbur bo‘lgan. SHuning uchun bu davr kulolchilik ashѐlari sifat jihatidan qo‘pol va shakllari oddiydir.
Do'stlaringiz bilan baham: |