Jarqo‘ton shahar-davlatining boshqaruv tizimi. Jarqo‘ton
ѐdgorligida saroy, hamda Jarqo‘ton olov ibodatxonasi o‘rganilgan2. Demak, Jarqo‘tonda davlatchilikning eng zaruriy shartlari bo‘lgan hukmdorlar guruhi to‘liq shakllangan. SHunday bo‘lsa-da, Jarqo‘ton ѐdgorligini tadqiqotchilar davlatchilikning «chifdom» ѐki «karlikovoe» bosqichiga oid,
degan fikrga kelgan. Ma’lumki, «chifdom» boshqaruv tizimining shakllanmagan davriga xosligi bilan xarakterlanadi3.
Bronza davrining boshqa ѐdgorligi Copollitepa - yuqori rivojlangan fortifikatsiya, hunarmandchilik, qabrlarning differensial tengsizligi, boshqaruv apparatining yo‘qligi bilan xarakterlanadi va tarixiy taraqqiѐtning «chifdom» shakliga to‘g‘ri keladi.
Jarqo‘ton saroyining arkda joylashganligi, mahobatli fortifikatsiyaga egaligi, yagona me’moriy echimda qurilganligi T.SH. SHirinovga bu inshootni saroy deb atashga imkon bergan4. Bizning fikrimizcha, bu bino Jarqo‘tonning ilk davrlarida jamoa sardorlarining qal’a-qo‘rg‘oni bo‘lgan. Lamberg-Karlovskiy ta’riflaganidek «qal’a»lar ishlab chiqarishni, jamoani boshqarish vazifasini bajargan, ammo tom ma’nodagi saroy emas edi.
Fikrimizcha, Jarqo‘ton shahar-davlatining asosiy boshqaruvi «Jarqo‘ton olov ibodatxonasi»dir. №6 tepalikda joylashgan ushbu inshoot
Askarov A.A., SHirinov T.SH. Drevnebaktriyskiy xram ognya v YUjnom Uzbekistane / Gradostroitelьstvo i arxitektura. – T. 1989.
Askarov A.A., SHirinov T.SH. Rannyaya gorodskaya kulьtura epoxi bronzы yuga Sredney Azii. Samarkand,
1993.
Vasilьev L.S. Protogosudarstvo - chifdom kak politicheskaya struktura // Narodы Azii i Afriki. - M., 1981, №6. - S.157-175; Kradin N.N. Vojdestvo: sovremennoe sostoyanie i problemы izucheniya / Rannie formы politicheskoy organizatsii. - M., 1995. - S.11-61; Zdanovich D.G. Sintashtinskoe obщestvo: sotsialьnыe osnovы «kvazigorodskoy» kulьturы YUjnogo Zauralьya epoxi sredney bronzы. - CHelyabinsk,
1997. - S. 79-82.
SHirinov T.SH. Rannyaya gorodskaya kultura epoxi bronzы yuga Sredney Azii. Avtoref.diss. ... dokt. ist. nauk. - M., 1992. – S. 42.
www.arxeologiya.uz 21
O‘ZBEKISTON HUDUDIDA DAVLATCHILIKNING PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI (BAQTRIYA MISOLIDA)
nafaqat ibodatxona, balki saroy-ibodatxona vazifasini o‘tagan. So‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, eng avval bu erda to‘g‘ri to‘rt burchak shaklli, monumental bino bunѐd etilgan. Bu binoni aniq ishonch bilan saroy deb atash mumkin. Negaki, bu erda 7x7 metr ko‘lamli qabulxona, uning atrofida yo‘laksimon xonalar qurilib, oq gips bilan suvalishidan tashqari, devorlarga ot tasviri ifodalangan terrakot haykalchalarning ѐpishtirilishi saroylarga xos bezak usulidir.
Ikkinchi qurilish davrida bu erda A.A. Asqarov va T.SH. SHirinov tomonidan o‘rganilgan «Jarqo‘toni olov» ibodatxonasi quriladi, yaьni bu erda 5 metr qalinlikdagi mudofaa devoriga ega bo‘lgan to‘g‘ri to‘rt burchak shaklli saroy-ibodatxona bunѐd etiladi. Bu binoni saroy-ibodatxona deb atash me’moriy echim jihatidan va jamoaning ijtimoiy qatlamlari jihatidan ham to‘g‘ri keladi. Ilk sinfiy munosabatlarning shakllanishi davrida hukmdorlar va kohinlar alohida ijtimoiy guruhlar sifatida bo‘linmaganligini inobatga olsak, biz chiqargan xulosa tarixiy ekanligi ko‘rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |