Shaxsning kasbiy kamoloti


Professiogenezning markaziy nuqtasi



Download 34,6 Kb.
bet3/12
Sana22.04.2022
Hajmi34,6 Kb.
#573135
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Shaxsning kasbiy kamoloti.mustaqil ish.

3. Professiogenezning markaziy nuqtasi.
Professiogenezning markaziy nuqtasida mehnat sub’ektining kasbiy shakllanishi va uni bir necha aspektlarini keng ko‘lamda ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir:
Birinchidan, shaxs taraqqiyoti sifatida – bu muayyan mehnat sub’ektining faollik darajasiga bog‘liq va etakchi faoliyat xarakteriga asoslangan holda aniq bir yosh davrida namoyon bo‘ladi. Psixik taraqqiyot eng avvalo, mehnat motivlarining shakllanishi, kasbiy muhim sifatlarning faollashishi va aniq bir faoliyatning talablariga muvofiq ravishda shaxs qobiliyatlarining tarkib topishi bilan yakunlanadi.
Ikkinchidan, sub’ekt ijtimoiylashuvi sifatida – bu individ tomonidan ijtimoiy normalarning o‘zlashtirilishida, ijtimoiy tajribani shaxsiy kasbiy ustanovkalar tizimida qo‘llashda, qadriyatlar va faoliyat dasturida, ijtimoiy rollarni qabul qilish va ijtimoiy masalalarda namoyon bo‘ladi.
Uchinchidan, sub’ektning kasbiy o‘z-o‘zini anglashi, o‘z-o‘zini namoyon qilishi sifatida – bu hayot faoliyati davomida kasbiy shakllanishiga zamin tayyorlaydigan o‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘zini boshqarish, o‘z-o‘zini nazorat qilish, hayotiy tajriba va hayot tarzi orqali namoyon bo‘ladi. Hayot davomida taraqqiy etish va kasbiy shakllanish yosh davrlarida, shaxs hayot-faoliyati bosqichlarida aks etib, jamiyat talablari va shaxsning o‘zini-o‘zi namoyon qilishga intilishi orasidagi qarama-qarshiliklarga bog‘liq bo‘ladi.
To‘rtinchidan, kasbiy shakllanish shaxs faolligi shaklida namoyon bo‘ladi va tavsiflanadi – bunda shaxs shakllanishining dinamik sharoitlari va uni shaxsiy harakatlarining faoliyat bilan muvofiqligi ko‘rib chiqiladi.
Oxirgi 15 yil ichida mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatlar shaxs xulq-atvori va kasbiy sohasida o‘z aksini topib kelmoqda. Etuklik davridagi shaxslarni kasbiy qayta yo‘naltirish keng tarqalgan voqelikka aylangan. O‘zini-o‘zi anglash va shaxsning kasbiy shakllanishi muammosi bu jarayonda sub’ektlarning turli kasbiy tajribaga ega ekanliklari, barqaror qadriyatlar tizimi, shakllangan shaxs tuzilishi, hayotiy pozitsiyani amalga oshirishda ijtimoiy, kasbiy va iqtisodiy sharoitlarni aniqlash bilan aloqadorlikda yangi qirralarga ega bo‘ldi.

Yetuklik davrida kasbiy qayta yo‘naltirish va uning kasbiy shakllanish jarayoniga ta’siri quyidagi omillar orqali aniqlanadi:

  1. Qayta yo‘naltirish vaziyatining ko‘rinishiga ko‘ra (majburiy yoki ixtiyoriy);

  2. Mintaqaning ijtimoiy-demografik va kasbiy xususiyatlariga ko‘ra (turli yosh va ish stajiga ega bo‘lgan harbiy xizmatchilar, boshqaruvchi shaxs, muhandis, shifokor, o‘qituvchi);

  3. Joriy faoliyatning xarakteriga ko‘ra;

  4. Qayta yo‘naltirilgan sub’ektlarning individual-psixologik xususiyatlariga ko‘ra (introvertlik, ekstrovertlik, xavotirlanish va boshqalar).

To‘rt yil davomida 600 dan ortiq uchuvchi-kursantlarda olib borilgan tadqiqotlar orqali uchuvchilik qobiliyatini aniqlashga qaratilgan alohida kasbiy muhim xususiyatlar qator tipik jihatlarga, ya’ni uchuvchilik qobiliyatining tuzilishidagi komponentlarning o‘zaro ichki aloqalarini namoyon bo‘lish darajasidagi tafovutlar va bu komponentlar orasidagi ierarxik munosabatlar xarakteriga ega ekanligi aniqlandi. Bu ma’lumot kursantlarning haqiqiy mutaxassis bo‘lib etishishlarining dastlabki bosqichida ulardagi qobiliyatlarning rivojlanganlik darajasidagi individual farqlarning keng qamrovli ekanidan dalolat beradi. Aytish mumkinki, ularning uchuvchi kasbini tanlashdagi kasbiy yo‘nalganligi psixik mavqe jihatidan iqtidorli va uning kasbiy faoliyatga qo‘yiladigan talablarga muvofiq tarzda rivojlanganligi bo‘lajak mutaxassislarning kontengentini to‘liq shaklda aniqlab bera olmaydi.
Kasbiy shakllanganlik” tushunchasi mehnat sub’ektining kasbga egalik qilish darajasi va aniq mehnat faoliyatida kasbiy muhim xususiyatlar, bilim, ko‘nikma, tajriba va mahoratlarning shakllanishi va namoyon bo‘lishi asosida ishlab chiqarish samaradorligiga erishishi sifatida qo‘llaniladi. Mehnat sub’ektining aniq bir faoliyat sohasida yuqori darajadagi kasbiy malakalarga egaligi mahorat deb yuritiladi. A.K.Markovaning ta’kidlashicha, “kasbiy shakllanganlik” tushunchasi turli ma’nolarda: kasbning shaxsga, uning kasbiy va psixologik sifatlariga bo‘lgan me’yoriy talablar sifatida va muayyan bir shaxsda mavjud bo‘lgan va uning kasbiy faoliyatdagi muvaffaqiyatini ta’minlaydigan kasbiy yo‘naltirilgan xususiyatlar majmuining me’yorlari sifatida qo‘llaniladi”.
Kasbiy shakllanganlik darajasini aniqlash uchun shaxsning sifat va miqdor jihatidan kasbiy tayyorgarlik darajasini, faoliyat samaradorligini, ish qobiliyatini, kasbiy yaroqliligini, o‘z ustida ishlashining muvafaqqiyatliligini aks ettiruvchi mutaxassisning “malakasi” tushunchasi qo‘llaniladi. Bu tavsifnomalar aniq kasbiy faoliyatning muayyan bir shaxs xususiyatlariga (kasbiy, psixologik, ijtimoiy va boshqa) qo‘yadigan normativ talablari bilan mutanosibdir. YUqori kasbiy malaka mehnat sub’ekti etukligini shakllanishining va namoyon bo‘lishining muhim sharti hisoblanadi, vaholanki, ayrim vaziyatlarda kasbiy etuklik yetarli darajada bo‘lmasa ham shaxs qator mehnat funksiyalarini malakali darajada bajarishi mumkin.

Download 34,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish