4-rasm.
Berilgan amalning bajarilishini ta’minlovchi mikrobuyrug‘lar va mantiqiy
shartlar ketma-ketligi shu amalning mikrodasturi deyiladi. Misol tariqasida
ko‘zg‘almas vergulli sonlarni bir-biriga bo‘lish amalining mikrodasturini ko‘raylik.
Bu amalni bajaruvchi qurilma (4 - rasm) amal bajarilishidan oldin bo‘linuvchini
saqlovchi to‘plovchi jamlagich (SM)dan; bo‘luvchini saqlovchi registr (RGX) dan,
amal bajarilgandan so‘ng hosil bo‘lgan bo‘linmani saqlovchi registr (RGY) dan,
takt schyotchigi (CrT) va xona turining to‘lib – toshishini belgilovchi trigger (TP)
dan iborat.
Amal bajarilishida avvalo bo‘linmaning ishorasi aniqlanadi. Agar
bo‘linuvchi va bo‘luvchining ishoralari har xil bo‘lsa (amal bajarilishida avvalo
bo‘linmaning ishorasi aniqlanadi) (sign SM
sign RGX), bo‘linmaning ishora
xonasida «1» holat o‘rnatiladi (sign RGY:=1) va demak, bo‘linma manfiy son
bo‘ladi. Agar ishoralar bir xil bo‘lsa, amalning bu bosqich bajarilmaydi va RGY,
GrT da hamda SM va RGX ning ishora xonalarida «0» holat o‘rnatiladi. Agar SM
ning ishora xonasida «0» yozilgan bo‘lsa, bo‘linuvchidan bo‘luvchi ayriladi.
Buning uchun SM ga RGX da saqlanuvchi son teskari kodda uzatiladi
(SM:=SM+RGX
tesk
). Natijada musbat son hosil bo‘ladi (sign SM = 0), bo‘linuvchi
bo‘luvchidan katta ekanligi ma’lum bo‘ladi, ya’ni xona to‘rining to‘lib – toshishi
sodir bo‘ladi (TP: = 1) va amal bajarilishi to‘xtatiladi.
Agar bo‘linuvchidan bo‘luvchini ayirganda manfiy son hosil bo‘lsa (sign
SM q 1), takt hisoblagichida saqlanuvchi son bittaga orttiriladi (CrT-CrT+1)
hamda SM va RGX dagi sonlar chap tomonga bitta xonaga suriladi (SM:=L1(SM);
RGX:=L1(RGX)). Agar biror taktda bo‘linuvchidan bo‘luvchini ayirganda SM da
manfiy son hosil bo‘lsa, keyingi taktda SM va RGX dagi sonlar bir – biriga
qo‘shiladi (SM:=SM+RGX), ya’ni qoldiq tiklanmaydigan bo‘lish amali bajariladi.
Agar biror taktda (birinchi takt bundan istisno) bo‘linuvchidan bo‘luvchini
ayirganda SM da musbat son hosil bo‘lsa, RGY ning n – xonasida «1» holati
o‘rnatiladi (RGY(n):=1), n taktdan so‘ng (CrT=n) bo‘lish amali tugalandi.
Mikrodasturlarni tavsiflashda algoritmlarning graf – sxemasi, mantiqiy
sxemasi va matritsa sxemasi tillari ishlatiladi. Algoritmlarning graf – sxemasi AGS
– mikrodasturni tashkil qiluvchi mikroamallarning bajarilishi tartibini belgilovchi
uchlar va ular orasidagi bog‘lanishlardir. Uchlar to‘rt xilga bo‘linadi: boshlanish
uchi, operator uchi, shart uchi, tugash uchi.
Do'stlaringiz bilan baham: