Shaxs taraqqiyotning yoshga bog’liq xususiyatlari



Download 23,92 Kb.
bet3/4
Sana14.05.2020
Hajmi23,92 Kb.
#51546
1   2   3   4
Bog'liq
Shaxs taraqqiyotning yoshga bog’liq xususiyatlari.

3.Mehnat - bu ma'lum bir ijtimoiy foydali (yoki hech bo`lmaganda jamiyat tomonidan-iste'mol qilinadigan) moddiy yoki ma'naviy mahsulotni ishlab chiqarishga yo`naltirilgan faoliyat demakdir. Mehnat faoliyati - kishining eng yetakchi, asosiy faoliyatidir. Insoniyat agar mehnat qilishni to`xtadigan bo`lsa, u (tur sifatida) o`z hayot-mamotini tugallagan bo`lur edi. Shuning uchun ham mehnat faoliyati kishining hayot kechirishini, boshqa turlar ustidan g`alaba qozonishini hamda tabiat kuchlari va moddalaridan foydalanishini ta'min etadigan o`ziga xos turga oid xulq-atvori deb hisoblanishi mumkin.

Mehnat faoliyati odamlar iste'mol qiladigan buyumlarni va ana shunday iste'mol qilinadigan buyumlarni ishlab chiqarish uchun zarur buyumlarni - don va mashinalarni, mebel va qurollarni, kiyim-kechak va avtomobillarni hamda shu kabilarni ishlab chiqarish maqsadini ko`zlagan bo`lishi mumkin. Bular energiyadan (issiqlik, yorug`lik, elektr, harakat) va axborot vositalaridan (kitoblar, chizmalar, filmlar) iborat bo`lishi mumkin. Pirovardida bu ideologiya mahsulotlari (fan, san'at, g`oyalar) va kishilarning xulq-atvorini hamda mehnatini uyushtiruvchi (boshqaruv, nazorat qilish, muhofaza qilish, tarbiyalash) harakatlar bo`lishi ham mumkin.

Bu o`rinda kishi tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulot uning o`z ehtiyojlarini qondirish uchun zarurligi yoki zarur emasligining ahamiyati yo`q. Agar bu mahsulot umuman jamiyatga kerak bo`lsa, shuning o`zi kifoya. Xususan, kishi faoliyatining maqsadlari uning shaxsiy ehtiyojlari bilan belgilanmaydi. Bunday maqsadlarni unga jamiyat belgilab berayotir, faoliyatning o`zi esa muayyan ijtimoiy topshiriqni bajarish shaklini kashf etmoqda. Shunday qilib, kishilarning mehnat faoliyati o`z mohiyatiga ko`ra ijtimoiy hisoblanadi. U jamiyat ehtiyojlari bilan shakllanadi, belgilanadi, yo`naltiriladi va boshqariladi.

Bu faoliyat o`z xarakteriga ko`ra ham ijtimoiy hisoblanadi. Hozirgi jamiyatda mehnat taqsimoti tufayli kishi o`zi uchun talab qilingan barcha narsalarni faqat ishlab chiqarmaydigina emas, balki bironta xam mahsulotni ishlab chiqarishda deyarli hech qachon boshidan oxiriga qadar ishtirok etmaydi. Shuning uchun ham kishi hayot uchun talab qilinadigan barcha narsalarni o`z mehnatiga ayirboshlangan tarzda jamiyatdan olishi kerak.

Shaxsning ehtiyojlari tashqaridan qaraganda uning o`z mehnati bilan emas, balki jamiyat tomonidan qondirilayotgandek bo`lib tuyuladi. Buning qanday yuz berishi jamiyatda hukmron bo`lgan ishlab chiqarish munosabatlari sistemasi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham jamiyatda har qanday mahsulotning ishlab chiqarilishi ayni paytda mehnat qilish, uning mahsulini taqsimlash, ayirboshlash va iste'mol qilish jarayonida odamlarning muayyan munosabatlarini ro`yobga chiqarish bo`lib ham hisoblanadi.

Shu tariqa kishi mehnat jarayonida bajaradigan harakatlar biologik ehtiyoj bilan emas, balki ilgari surilgan ishlab chiqarish maqsadi va bu maqsadni ro`yobga chiqarish jarayonida uning boshqa odamlarga nisbatan munosabatlari bilan belgilanadi. Bu xildagi harakatlarni bajarish va boshqarish uchun axborotni qayta ishlashning oliy jarayonlaridan foydalanish va, eng avvalo, tasavvur va tafakkurni ishga solish zarurdir.

Bulardan shu narsa ravshanki, knshi psixikasining bu ajoyib xususiyatlari manbainn isbot qilish maqsadida «rux» ning qandaydir alohida xususiyatlarini o`ylab topishga hojat yo`q. Bularga bo`lgan zarurat inson faoliyati qonuniyatlari bilan belgilanadi, ya'ni kishining ijtimoiy-mehnat mohiyatiga ega bo`lgan jonzot sifatida mavjudligi shaklining o`zidan kelib chiqqandir.

Ro`yobga chiqarilishi uchun yuksak psixik funktsiyalar bajarilishini takozo etarkan, Jamoa mehnat faoliyati ayni chog`da insoniyatning rivojlanish jarayonida ularning shakllanishi uchun asos va shart-sharoitlar yaratadi.

Misol uchun ibtidoiy ovchilar o`rdasidagi hurkituvchilarning xatti-harakatlarini olib ko`raylik. Ularning harakatlari o`z holicha o`ljani ushlashga qaratilgan bo`lmaydi. Bunisi tugul, agar u yolg`iz o`zi harakat qiladigan bo`lsa, u holda uning bu harakatlari o`ljaning osongina qochib ketishiga olib kelgan bo`lardi - uning o`zi esa qolardi. Shuning uchun uning butun faoliyati faqat boshqa kishilarning - ovchilarning faoliyati bilan uyg`unlashgan tarzdagina biron-bir ma'no kasb etadi. Hayvon xurkituvchi maqsadga erishish uchun ovchilarning harakatlarini hisobga olishi, ya'ni bug`uni duch kelgan tomonga haydamasdan, balki ovchilar tomonga haydashi kerak.

Shu tariqa uning xatti-harakatlari biologik mohiyatga ega bo`lgan maqsadga karatilgan bo`lmasdan, aksincha ijtimoiy mohiyat kasb etadi. U ichki instinktiv kechinmalar shaklida emas, balki tashqi real ob'ektlar bilan bo`ladigan harakatlarning idrok etilishi orqali aks etadi. Shu tarzda ob'ektlar va ular bilan bajariladigan harakatlarning timsollari faoliyatga undaydigan biologik ehtiyojning xayoldagi kechinishidan amaliyotning o`zi bilan ajratiladi.

Mehnatni uning tabiat maxsulini shunchaki o`zlashtirishidan farq qildiradigan eng muhim belgisi shundan iboratki, u qurollarni tayyorlash va ko`llanish bilan, ya'ni buyumlarning birining ikkinchisiga ta'siridan foydalanish bilan bog`liqdir. Shuning uchun ham mehnat jarayonida buyumlarning bir-birlariga nisbatan ob'ektiv xossalari namoyon bo`ladi. Har qanday mehnat ham buyumlarning biologik mohiyatiga emas, balki ana shu ob'ektiv xossalariga amal qiladigan faoliyat hisoblanadi.

Masalan, nayzaga suyakdan uchlik yasash uchun suyakni xazm qilib bo`lishi yo bo`lmasligi emas, balki uning nisbatan qattiqligini hisobga olish lozim bo`ladi. Suyakdan buyumlarni yasashga oid bunday harakatlar ham suyakning ta'mi yoki to`yimliligi bilan emas, balki uning ana shu ob'ektiv xossalari bilan boshqariladi.

Shunday qilib, odamlarning amaliy ijtimoiy mehnat bilan kechadigan turmush o`zi ular uchun buyumlarning yangi mohiyatlari va ularga nisbatan yangi munosabatni yaratadi. Jamoa faoliyatning o`zi buyumlarda ularning ob'ektiv xossalarini alohida ko`rsatib beradi. U boshqa odamlar bilan axborot ayirboshlashga va bu axborotni alohida kommunikativ harakatlarda - nutqda mustahkamlashga majbur etadi. Aynan Jamoa faoliyat boshqa odamlarni ham shu faoliyat ishtirokchilari deb qarashga majbur qiladi. Pirovardida u shaxs xatti-harakatlarini ideal maqsadlarga yo`naltirishga va ularni ijtimoiy tajriba bilan belgilashga o`rgatadi.

Voqelikka nisbatan bunday munosabatda bo`lish esa, yuqorida ko`rib o`tganimizdek, ongning negizini tashkil etadi. U kishini buyumlarga nisbatan faoliyat sub'ektiga va odamlarga nisbatan esa shaxsga aylantiradi. U kishini tevarak-atrofdagi olamning qulidan uning sohibi darajasiga ko`taradi, kishiga bu olamni qayta o`zgartirish va uzoqqa mo`ljallangan maqsadlarga erishish uchun intilish imkonini beradi, kishining xatti-harakatlarini ongli ravishda rejalashtirilgan faoliyatga va uning Yer kurrasida mavjudligini esa moslashgan holda hayot kechirishdan ma'lum bir mazmun va yuksak maqsadga ega bo`lgan faol hayot kechirishga aylantiradi.




Download 23,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish