Shaxs psixologiyasi va kasbiy shakllanish


Kasbiy ta’limning samaradorlik mezoni



Download 78,72 Kb.
bet3/8
Sana06.03.2022
Hajmi78,72 Kb.
#483931
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7-мавзу shaxs psixologiyasi va kasbiy shakllanish reja

Kasbiy ta’limning samaradorlik mezoni.


Mutaxassislik malakasi samaradorligini aniqlovchi asosiy kriteriyalar quyidagilar kiradi:

    • Malakaviy faoliyatda mustaqillik hissining yuzaga kelishi;

    • Mehnat xavfsizligiga amal qilgan holda texnik talablarni bajarish;

    • Ishlab chiqarishda vaqt va me’yorlarga amal qilish;

    • Kasbiy faoliyatida fikrlash va o’zini-o’zi nazorat qilishni tashkil eish;

    • Mehnat madaniyatiga qat’iy amal qilish.

    • Mehnat faoliyatiga ijodiy yondashish.

    • Bajariladigan ish uchun mas’uliyat his qilish.

    • O’qituvchiga jamiyat tomonidan qo’yiladigan talablar, turli xilda ijtimoiy kutishlar, pedagogning individualligi, uning shu tariqa talablarga javob berishga sub'ektiv tayyorligi muayyan o’qituvchining pedagogik faoliyatga naqadar tayyorligidan dalolat beradi.

    • Shunisi muhimki, zamonaviy o’qituvchi uchun zarur bo’lgan shaxsiy xislatlarni batafsil ko’rib chiqish kerak. Bularqanday xislatlarekan?

    • Ko’pchilik psixologlar, shu bilan birga o’zbekistonlik psixolog olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar zamonaviy o’qituvchilar uchun eng zarur xislatlarni aniqlab olish imkoniyatini beradi. Rossiya psixologlaridan N.V.Ko’zmina, V.Slastenin, F.N.Gonobolin, O’zbekistonlik psixologlardan R.Z.Gaynutdinov, M.G.Davletshin, S.Jalilova, A.Jabborov, M.Kaplanova va boshqalar tomonidan olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar o’qituvchilik kasbini atroflicha o’rganib, ancha batafsil ko’rsatmalar berish imkoniyatini yaratadi. Bunda gap o’qituvchilik kasbining professiogramma (ma'lum tizimga keltirilgan, mehnatpsixologik tomonidan o’rganishga va undan kelgusi amaliy faoliyatda foydalanishga qaratilganqisqa va har tomonlama batafsil ko’rsatib berilgan hujjatga professiogramma deyiladi). Professiogramma psixologik nu?q nazardan ishlab chiqarish faoliyati xarakteristikasi (aniq birorta kasb bo’yicha kelgusi amaliy ishlar uchun zarur bo’lgan mazmundagi barcha tomonlarini o’z ichiga olishi kerak) ustida boradi.

    • O’qituvchi professiogrammasi muayyan fan tomonidan o’qituvchiga qo’yiladigan maxsus talablarni o’z ichiga qamrab olishi lozim.

    • Bo’lajak o’qituvchi u yoki bu xildagi fan tomonidan qanday talablar qo’yilishini bilishi va shu asosida o’quv-tarbiya jarayonini tashkil qilish uchun pedagogika KHKida muayyan mutaxassislik bo’yicha o’qituvchi professiogrammasi ishlab chiqilishi zarurdir.

    • Psixologik tadqiqot ishlarini olib borgan M.Abdullajonova, Ye.Gladkova, A.Mashkurov, T.Hamroqulov, E.Xidirov va boshqalarning ilmiy izlanishlari o’zbek tili va adabiyoti, o’zbek maktablarida rus tili va adabiyoti, matematika, jismoniy tarbiya o’qituvchilari va maktabgacha tarbiya muassasalarining tarbiyachilari kabi qatormutaxassisliklar bo’yicha o’qituvchi professiogrammasining taxminiy modelini, ya'ni namunasini aniqlab olish imkoniyatini berdi. Har bir mutaxassislik bo’yicha o’qituvchining ixtisoslashgan xarakteristikasini nazarda tutgan professiogrammasi tuziladi. Jumladan, maktabning o’qituvchi-murabbiysi professiogrammasini misol qilib keltiramiz. Professiogrammada muhim xislatlardan borgan sari birmuncha ortib borishini hisobga olgan holdao’qituvchining quyidagi xislatlari ko’rsatib berilishi lozim.

    • 1) O’qituvchining shaxsiy xislatlari:

    • -bolalarni yaxshi ko’rish, ularni sevish;

    • -amaliy-psixologik aql-farosatlilik;

    • -mehnatsevarlik;

    • -jamoat ishlarida faollik;

    • -mehribonlik;

    • -kamtarlik;

    • -odamiylik, dilkashlik;

    • -uddaburonlik, mustahkam xarakterga ega bo’lish;

    • -o’z bilimlarini oshirishga intilish.

    • 2) Kasbiga xos bilimlari:

    • -ta'lim va tarbiya jarayoni mohiyati bilan uning maqsad va vazifalarini tushunishi;

    • -psixologiya asoslari, yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya asoslarini bilishi;

    • -etnopsixologik bilimlarni egallashi;

    • -hozirgi zamon pedagogikasi asoslarini bilishi;

    • -hozirgi zamon pedagogikasining metodologik asoslarini egallanganligi;

    • -maktab yoshidagi bolalarning psixologik-pedagogik xususiyatlarini tushunishi;

    • -o’z fanini o’qitishmetodikasini bilishi;

    • -o’quvchilarga tarbiyaviy ta'sir etishning samaradorligini bilishi;

    • -ota-onalar va jamoatchilik bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning mazmunini bilishi.

    • 3) O’z kasbiga xos xislatlari:

    • -milliy qayta qurish mafkurasi bilan mustaqil davlat mafkurasini tushunishi;

    • -zamonaviy maktabda olib boriladigan o’quv-tarbiya jarayonida umuminsoniy boyliklar, milliy an'analar va urf- odatlarning ahamiyatini tushunishi;

    • -o’qituvchining ko’zatuvchanligi;

    • -o’z diqqat-e'tiborini taqsimlay olishi;

    • -pedagogik fantaziya (xayol)ning rivojlanishi;

    • -o’ziga tanqidiy munosabatda bo’la olishi;

    • -o’zini qo’lga ola bilishi, o’zini tuta olishi;

    • -pedagogik takt;

    • -nutqning emosional ifodalanishi;

    • 4) Shaxsiy - pedagogik uddaburonligi:

    • -dars mashg’ulotlari uchun zarur materiallarni tanlay bilishi;

    • -o’quvchilarning bilish faoliyatini boshqara olishi;

    • -ta'lim va tarbiya jarayonida o’quvchilar ongining taraqqiy etib borishini istiqbolli ravishda rejalashtira olishi;

    • -pedagogik vazifalarni shakllantirish va tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishni bilishi;

    • -bolalar jamoasiga rahbarlik qilishda o’z faoliyatini rejalashtira bilishi;

    • -o’quv maqsadlarini rejalashtira olishi;

    • -o’zini talim-tarbiya ishlariga tayyorlash tizimni rejalashtira olishi.

    • 5) Tashkilotchilik malakalari:

    • -bolalar jamoasini uyushtira bilishi;

    • -turli sharoit va vaziyatlarda bolalar jamoasini boshqara olishi;

    • -bolalarni biror narsaga qiziqtirib, ularni faollashtira olishi;

    • -amaliy masalalarni hal etishda o’zining bilim va tajribalarini ustalik bilan tez qo’llay olishi.

    • 6) Kommunikativ malakalari:

    • - bolalarii o’ziga jalb etishni bilishi;

    • - bolalar va ota-onalar bilan maqsadga muvofiq pedagogik munosabatlarni tiklashni bilishi;

    • - bolalarning jamoalararo va jamoa ichida o’zaro munosabatlarini tartibga solishni bilishi;

    • - bolalar va ota-onalar bilan tashqaridan aloqa bog’lashni bilishi.

    • 7) Gnostik malakalari:

    • - bolalarning asab-psixik taraqqiyoti darajasini aniqlay bilishi;

    • - o’zining tajribasi va pedagogik faoliyati natijalarini tanqidiy tahlil qila olishi;

    • - boshqa o’qituvchilarning tajribalarini o’rganib, undan nazariy va amaliy tomondan to’g’ri xulosa chiqara olishi;

    • - psixologik va pedagogik adabiyotlardan foydalanishni bilishi;

    • - o’quvchilarni to’g’ri tushunib, ularning xulq-atvor sabablarini tushuntirishni bilishi.

    • 8) Ijodiy xislatlari:

    • - pedagogik mahoratini takomillashtirishga intilishi;

    • - o’quvchilarni tarbiyalash dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshirish qobiliyati;

    • - o’zini o’quvchi o’rniga qo’yib, bo’lib o’tgan hodisalarga uning nazari bilan qaray olishi;

    • - o’zining o’quvchiga pedagogik ta'siri natijalarini oldindan ko’ra bilishga intilish;

    • Shunday qilib, ko’rsatib o’tilgan modelning asosiy tuzilishi tariqasida quyidagilar keltiriladi:

    • -shaxsning jamoatchilik va kasbiy yo’nalishi;

    • -pedagogik mahorat va qobiliyati;

    • -xarakterining psixologik xususiyatlari;

    • -bilish faoliyati;

    • -o’qituvchi shaxsining bolalarni kasbga tayyorlash ishlari darajasidagi umumiy taraqqiyoti.

    • Professiogramma yoshlarga o’zlarining kelgusida o’qituvchilik kasbini to’g’ri va ongli ravishda tanlab olishlariga yordam beradi.

    • Professiogrammani kasbga xos ravishda o’qitishni tashkil qilishda ta'limning samaradorligi va uning muvaffaqiyati qanday bilim va ko’nikmalarga,ayniksa, shaxsning qandayqobiliyat va shaxsiy xislatlariga bog’liq ekanligini albatta ko’rsatish zarurdir.

    • Mana shu professiogrammaga asosan bo’lajak mutaxassis - o’qituvchilarning sifat jihatidan o’z kasbiga nakadar tayyorligi haqida bir fikrga kelishimiz mumkin.

    • Tayyorlangan o’qituvchi shaxsining yuqoridagi ana shu talablarga mos kelish yoki kelmasligi, oliy pedagogika maktablarining qandayo’qituvchi tayyorgarligini ko’rsatib beradi.

    • Pedagogik kasb, ma'lumki, har kimning ham qo’lidan kelavermaydi. Pedagogik faoliyatdan yutuqlarga faqat shu kasbga qiziqqan, shu faoliyat bilan shug’ullanishga moyil, oqibat natijada esa, pedagogik qobiliyatga ega bo’lgan kishilargina erisha oladi.



Download 78,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish