Shavkat mirziyoev



Download 73,49 Kb.
bet6/9
Sana19.04.2022
Hajmi73,49 Kb.
#563864
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KIRISH-1-MARUZA

Umumiy orta ta’lim sifatini oshirish, fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganishga yangicha yondashuv - barkamol avlodni tarbiyalash garovi.
Bugungi kunda millionlab bolalarimiz yangitdan barpo etilgan va rekonstruktsiya qilingan 10 mingga yaqin maktablarda, 1556 ta litsey va kollejda, 70 dan ziyod oliy o‘quv yurtlarida yangi ta’lim tizimi asosida bilim va tarbiya olib, zamonaviy kasb-hunarlarga ega bo‘lib, hayotda o‘z munosib o‘rnini topmoqda, mamlakatimiz ta’lim modelining samarasi va raqobatdoshligi xalqaro maydonlarda tan olinmoqda. Umuman, umumiy o‘rta ta’lim tizimi isloxotlarini yanada demokratlashtirish tufayli chet tillar hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muxim va talab yuqori bo‘lgan fanlarni chuqur o‘rganish yoshlarning bilim va saloxiyatini yanada oshirishga, mamlakatning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi. Tizimda rahbar va pedagog kadrlarning masofadan malaka oshirishi bo‘yicha zamonaviy metodlar joriy etilgan. Birgina 2016 yilda 93 mingdan ortiq raxbar va pedagog kadrlar 140 ta malaka toifasi asosida o‘z mahoratini oshirdi.
Hozirgi kunda yurtimizdagi umumta’lim maktablarida 389 ming 740 nafar pedagog faoliyat yuritmoqda. Jumladan, 2016 yilda o‘qituvchilar bilim darajasini o‘rganish bo‘yicha sinovlar o‘tkazildi. Jami 20 ming 119 nafar o‘kituvchidan 17250 (89,5 foizi) nafari sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. Qolgan 2869 nafar o‘qituvchi navbatdan tashqari malaka oshirish kurslarida o‘z bilimini oshirib bormoqda. 2017 yil 14 yanvarda bo‘lib o‘tgan Vazirlar Maxkamasining kengaytirilgan majlisida davlatimiz raxbari ta’lim-tarbiya tizimida o‘quv reja va dasturlarini tubdan qayta ko‘rib chiqish zarurligini qayd etdi. Ta’lim muassasalarida darslarni
samarali tashkil etishda, yetuk kadrlar bilan bir qatorda ta’limga doir me’yoriy hujjatlar, o‘quv-uslubiy ta’minotning o‘rni katta. Prezidentimiz tomonidan o‘qitishning zamonaviy metodologiyasini yaratish va amaliyotga joriy etish, o‘quvchilarning ongli ravishda kasb-xunar tanlash ishtiyoqini kuchaytirish, darsliklarni yaratishga butunlay yangicha yondashish kabi dolzarb vazifalar aynan shu maqsaddan kelib chiqqan xolda qo‘yilmoqda. Haqiqatan ham globallashuv jarayonning jadallashuvi o‘quv dasturlarini tubdan qayta ko‘rib chiqishni, keng bilimga ega bo‘lgan, mantiqiy fikrlay oladigan yoshlarni voyaga yetkazishga xizmat qiladigan, takomillashgan me’yoriy hujjatlar, o‘quv-metodik majmualarni yaratishni taqozo etmoqda. Metodik xizmatning o‘qituvchi extiyojiga asoslangan yangi shakllarini yaratish, ta’lim sifatini baxolash jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etish ham muxim vazifalardan hisoblanadi. Bu kabi ishlarning yo‘lga qo‘yilishi ayni paytda aholining xaqli e’tiroziga sabab bo‘layotgan bir qator muammolarni, jumladan, o‘quv muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonidagi kamchiliklarning barham topishiga xizmat qiladi.
Kasb-hunar kolleji talabalarini bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash hamda ishga joylashtirishborasidagi ishlarni takomillashtirish.
2017-2021 yillarda amalga oshiriladigan tadbirlar tufayli mamlakatimizdagi 135 ta o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadi. So‘nggi yillarda kollej bitiruvchilari tomonidan o‘z biznesini tashkil etishga bo‘lgan intilish kuchayib borayotganini yaqqol kuzatish mumkin. Bitiruvchilarning o‘z biznesini tashkil etish istagi oshib borishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatmoqda:
1. Kollejlarda ta’lim-tarbiya ishi zamon talablari darajasida tashkil etilayotgani, o‘quv ustaxonalarining sohaga oid eng ilg’or vositalar bilan jixozlangani natijasida bitiruvchilarda o‘zi tanlagan mutaxassislik bo‘yicha yetarli bilim va kasbiy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish imkoni kengayib bormoqda.
2. Kichik biznes va tadbirkorlik davlat tomonidan xar tomonlama qo‘llabquvvatlamoqda.
3. Bitiruvchilarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish maqsadida xududlarda «Mikrokreditbank», Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda «Yosh tadbirkor - yurtga madadkor», «Mening biznes g’oyam» kabi mavzularda turli seminarlar va ko‘rik-tanlovlar tashkil etilmoqda.
4. Tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish istagini bildirgan bitiruvchilarga imtiyozli kreditlar berilmoqda. Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash masalasiga davlat raxbarining bevosita jon kuydirishi bejiz emas. Bu - mamlakat ertasining xal qiluvchi kuchi bo‘lgan yoshlar xayoti, qolaversa, ularning ortida turgan odamlar,
oilalar taqdiriga daxldor bo‘lgan masaladir. Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining korxonalarni tanlashi quyidagi ko‘r satkichlar asosida amalga oshirilmoqda:
- bo‘sh ish o‘rinlarining mavjudligi;
- o‘quvchi va talabalar uchun ish o‘rinlarini tashkil etish imkoniyatining
mavjudligi;
- mehnat bozorida raqobatdosh, yuqori talabga ega mutaxassislikka o‘rgatish
imkoniyatining mavjudligi;
- doimiy ish o‘rniga qabul qilish imkoniyatining mavjudligi;
- kasb-hunar o‘qitish, malaka oshirish sharoitlarining mavjudligi.

Ta’lim to‘g’risida’gi Qonunning qabul qilinishi, dasturning maqsad va vazifalari, amalga oshirish mexanizmi, bosqichlari.


O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tug’risidagi qonun” nig yangi taxriri 2020-yil 23-sentyabrda qabul qilinib, unung asosiy maqsadi qonunning birinshi moddasida aniq qilib belgilangan.

Download 73,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish