Shavkat mirziyoev


Ta’lim huquqi fanining boshqa fanlar bilan o’z-aro aloqasi



Download 73,49 Kb.
bet5/9
Sana19.04.2022
Hajmi73,49 Kb.
#563864
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KIRISH-1-MARUZA

3. Ta’lim huquqi fanining boshqa fanlar bilan o’z-aro aloqasi.
Ta’lim huquqi fani barcha fanlar bilan, ayniqsa ijtimoiy-gumanitar fanlar, jumladan, falsafa, siyosatshunoslik, tarix, madaniyatshunoslik, iqtisod, huquq va boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liqlikda. Fan Milliy g‘oya, huquq o‘qitish metodikasi fani, huquq, pedagogikaning asosiy didaktik talablari, darsga qo‘yiladigan talablar, psixologiya fanlari bilan uzviy bog‘liq.


4. O’zbekiston Respublikasi «Ta’lim to’g’risida”gi Qonunga muvofiq O’zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar
Mamlakatimizda 2016 yilda siyosiy-huquqiy iqtisodiy, ma’naviy sohalar bilan bir qatorda, ijtimoiy sohada ham chuqur sifat o‘zgarishlari ro‘y berdi. Istiqlol yillarida Respublikamizda ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan xarajatlar xajmi 5 barobar ko‘paytirildi. Xar yili davlat byudjetining qariyb 60 foizi sog’liqni saqlash, ta’lim, kommunal xo‘jalik, aholini ijtimoiy himoya qilish sohalaridagi vazifalar ijrosiga yo‘naltirilmoqda. Jamiyat ijtimoiy sohasining eng muxim tarkibiy qismlaridan biri ta’lim-tarbiya sohasi bo‘lib, uning rivoji siyosiy-huquqiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalarga bevosita ta’sir etadi hamda ijtimoiy sohalar me’yoriy moxiyatini, kamolot darajasini belgilab beradi.
Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish davlat siyosati ma’no-mazmunidan va uning dolzarbligidan kelib chiqib, uni quyidagicha izoxlash mumkin: birinchidan, yangi ta’lim tizimi, barkamol avlod kadrlarini tayyorlashdagi o‘zgarishlar va yangicha yondashuvlar, zamonaviy kasb sohalarining paydo bo‘lgani hamda uning mamlakatimiz sharoiti bilan bog’liqligidir; ikkinchidan, ta’lim tushunchasi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot natijasida muayyan davrdan boshlab, inson faoliyatining aloxida mustaqil sohasiga aylanib, jamiyatning ijtimoiy tajribasini keyingi bosqichga uzatadi: uchinchidan, ta’lim inson shaxsining intellektualma’naviy qirralarini shakllantirish, uning jamiyat ishlab chiqarishi va ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma’rifiy xayotida faol va muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlashga qaratilgan Harakatlar yig’indisi bo‘lib, ma’rifat xamda bilim berishni anglatadi; to„rtinchidan, fan jamiyatning ijtimoiy institutlaridan biri bo‘lib, tabiat va jamiyat xayotini aks ettiruvchi ijtimoiy ong shakli. U katta ilmiy saloxiyatni, ijodiy kuchquvvatni birlashtirib, ma’naviy barkamol insonni tarbiyalashga, mamlakatda qudratli ilmiy saloxiyatni yaratishga xizmat kiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g’risida»gi Farmoni bilan Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturining «Ijtimoiy sohani rivojlantirish» deb nomlangan to‘rtinchi yo‘nalishida maktabgacha ta’lim muassasalarining qulayligini ta’minlash, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim sifatini yaxshilash hamda ularni rivojlantirish chora-tadbirlarida turadi.
Uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat olib borishi ta’lim dasturlarining izchilligi asosida ta’minlanadi va quyidagi ta’lim turlarini o‘z ichiga oladi: O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi qonunining 7-moddaga asosan ta’lim turlari quyidagilardan iborat:

  1. maktabgacha ta’lim va tarbiya;

  2. umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;

  3. professional ta’lim;

  4. liy ta’lim;

  5. oliy ta’limdan keyingi ta’lim;

  6. kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

  7. maktabdan tashqari ta’lim.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, rivojlangan mamlakatlarda ta’lim samaradorligi, taraqqiyotning 16 foizi - moddiy-texnik bazaga, 20 foizi axborot resurslariga, 64 foizi - inson omiliga bog’liq. Bu uchala omil bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo‘lib, ta’lim-tarbiyaning moddiy-texnik bazasi, mavjud resurslaridan, imkoniyatlaridan oqilona foydalanish inson manfaatiga xizmat qiladi va uning ratsional rivojlanishini belgilab beradi. 2017-2018 yillar davomida yurtimizda 459 ta maktabgacha ta’lim muassasasi kapital ta’mirlandi va zamonaviy talablarga mos ravishda jixozlandi. Bugungi kunda ta’limni rivojlantirishga yo‘naltirilayotgan xorijiy texnik yordam xajmi tobora ortib bormoqda. O‘tgan davrda bu boradagi yordam 500 million dollardan ortib ketdi. Osiyo taraqqiyot bankining salkam 290 million dollar mablag’i, Janubiy Koreya hukumatining 110 milliondan ortiq, Jaxon bankining 33 million. OPYeK fondi, Saudiya fondi, Islom taraqqiyot bankining 42 million, Germaniya hukumatining «KfV» banki orqali yo‘naltirilgan qariyb 20 million va boshqa donorlarning 100 million dollardan ortiq yordamini qayd etish lozim. Bu esa talim jarayonining bevosita davlat nazoratida ekanining so‘zsiz isbotidir. Ya’ni, davlat ertangi kun istiqbolini o‘ylab, talim jarayonida ana shunday yirik islohotlarni amalga oshirmoqda. Ta’lim-tarbiya va tibbiyot muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini jadal rivojlantirish uchun 2015 va 2016 yillarda davlat byudjeti jami xarajatlarining qariyb 60 foizi yo‘naltirildi. Shu jumladan, talim va ilm-fanni rivojlantirishga 34.3 foiz mablag’ sarflandi. Bugungi kunda ta’lim davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Davlat byudjetidan ta’limga ajratilgan mablag’lar byudjet xarajatlar qismining 33,7 foizi darajasida rejalashtirilib ta’lim sohasiga yo‘naltirilayotgan xarajatlar xajmi mamlakatimiz YaIM tarkibida 10-12 foizni tashkil etadi. Xolbuki, jaxon tajribasida bu ko‘rsatkich 3-5 foizdan oshmaydi. Qariyb 9,5 ming yoki mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan maktablarning deyarli barchasida qurilish, capital rekonstruktsiya va ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
O‘quv maskanlarining zamonaviy o‘quv laboratoriya, mebel jixozlari bilan ta’minlangani ta’lim sifati va mazmuniga yuksak e’tibor qaratilayotganligidan dalolat beradi. Yana shuni ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida kam ta’minlangan oilalar va ularning bolalarini davlat tomonidan moddiy qo‘llab-quvvatlashga aloxida e’tibor qaratilgan. Xususan, bugungi kunda davlat tomonidan kam ta’minlangan oilalar va ularning bolalarini davlat tomonidan moddiy qo‘llab-quvvatlashning quyidagi mexanizmlari mavjud: - ota-onalar to‘lovi joriy etilgan barcha ta’lim muassasalarida kam ta’minlangan oilalarning bolalarini badal to‘lovlaridan ozod qilish; - maktablarda kam ta’minlangan oilalarning bolalarini qishki kiyim-bosh to‘plami bilan tekin ta’minlash - umumta’lim muassasalarida kam ta’minlangan oilalarning bolalarini darsliklar to‘plami uchun ijara to‘lovlaridan ozod qilish va boshqalar.
Kelgusida amalga oshiriladigan tadbirlar tufayli Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat test markazi, O‘zNNTMA zimmasiga aholining ijtimoiy nochor qatlamlarining sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida inklyuziv ta’lim tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish topshirildi. Vazirlar Maxkamasining shu boradagi qarori loyixasida quyidagi amaliy natijalar nazarda tutilgan:
1) nogiron bolalarni zarur maxsus adabiyotlar va o‘quv qo‘llanmalar bilan
ta’minlashni qamrab oluvchi inklyuziv tizimni yanada rivojlantirish;
2) inklyuziv ta’lim tizimi o‘qituvchilariga imtiyozlar berish;
3) jismoniy imkoniyati cheklangan talabalarning oliy o‘quv yurtlarida ta’lim
olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish;
4) nogiron bolalarni uyda o‘qitadigan pedagoglarning ishini rag’batlantirish.
Bugungi kunda aksariyat maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi zamon talablariga javob bermaydi. Bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish ko‘rsatgichi hamon pastligicha qolmoqda(27 foiz). Shu boisdan ham 2017 yil davomi 2200 ta maktabgacha ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini mustaxkamlash uchun jami 2,2 trillion so‘m mablag’ ajratildi. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog’i 50 ta yangi qurilish hamda mavjud muassasalarning 1167 tasini rekonstruktsiya qilish va 983 tasini mukammal ta’mirlash orqali kengaytirildi. Shuningdek, mavjud muammolarni amaliy bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi «2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida»gi qarori qabul qilindi va uning asosida dastur ishlab chiqildi. Mazkur qaror maktabgacha ta’lim tizimi moddiy-texnik bazasini
mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy dasturlar va texnologiyalarni tatbiq etish, farzandlarimizni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish kabi dolzarb masalalarni xal etishda muxim dasturulamaldir. Binobarin, mazkur hujjatga muvofiq, maktabgacha ta’lim tizimi yanada takomillashtirilib, yangi muassasalar quriladi, mavjudlari rekonstruktsiya qilinadi hamda mukammal ta’mirlanadi. Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha tashkil qilinadigan qisqa muddatli guruxlarda o‘g’il-qizlarning kerakli bilimlarni egallashiga aloxida e’tibor qaratiladi.

Download 73,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish