Shavkat mirziyoev


O’zbekistonda bilim olish huquqi va uning kafolatlari



Download 73,49 Kb.
bet4/9
Sana19.04.2022
Hajmi73,49 Kb.
#563864
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KIRISH-1-MARUZA

2. O’zbekistonda bilim olish huquqi va uning kafolatlari
Qonun ustuvorligining muhim sharti bu huquqiy kafolatlarning yaratilganligi hisoblanadi. YA’ni, bu fuqarolar huquq va erkinliklarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlanishi hamda ularni ta’minlashga, amalga oshirishga qaratilgan boshqa huquqiy hujjatlarning mavjudligi hisoblanadi.
Ta’lim olish huquqi shaxsning asosiy huquqlaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari umumjaxon deklaratsiyasiga (1948 yil) asoslanib berilgan huquqni amalga oshirishning faoliyat ko‘rsatayotgan mexanizmini yaratdi. SHaxsning har tomonlama barkamol bo‘lib, unib-o‘sishida bilim olish masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasiga ko‘ra, har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir.
O‘zbekiston Respublikasi demokratik huquqiy davlat qurish yo‘lidan borar ekan, uning asosiy vazifasi har tomonlama barkamol erkin shaxslarning kamol topishiga shart-sharoit yaratish va ta’minlash hisoblanadi. SHuning uchun ham ta’lim sohasiga davlat siyosati darajasida katta e’tibor berilmoqda.
1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi va Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risi­dagi xalqaro paktlar talablariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida shaxsning bilim olish huquqini amalga oshirishning harakatdagi samarali huquqiy mexanizmi yaratildi.
Ta’lim shakli va bosqichlarining ko‘p xilliligi shaxsning ehtiyojlari va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda uning ta’lim olish huquqini iloji boricha to‘laroq amalga oshirishga imkon beradi.
Ta’lim olish huquqining mazmuni shundan iboratki, u O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi uchun ta’lim va tarbiyaning barcha shakllaridan teng foydalanish imkoniyatini beradi.
Ta’lim olish huquqini amalga oshirish quyidagilar orqali ta’minlanadi:
• ta’lim olish uchun zarur ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni yaratish;
• davlat va nodavlat ta’lim muassasalarining tarmog‘ini yaratish;
• davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning barcha uchun imkoniyati borligi;
• davlat ta’lim muassasalaridagi ta’limning bepulligi;
• tayanch ma’lumoti olishning majburiyligi;
• ta’limning turli shakllarini qo‘llash;
• ta’lim muassasalarining siyosiy partiyalar va ijtimoiy-siyosiy xarakatlarga qaram emasligi.
Ta’lim olish huquqiga tegishli halqaro xujjatlar (1960 yil 14 dekabrdagi Ta’lim soxasidagi kamsitishlarga qarshi kurash to‘g‘risidagi Konvensiya) shuni e’tirof etadiki, “ta’lim” iborasi o‘qitishning barcha turlarini va bosqichlarini qamrab oladi va ta’lim olish imkoniga ega bo‘lish, ta’limning darajasi va sifati, shuningdek, ta’lim berish sharoitlarini o‘z ichiga oladi.
Xalqaro huquq normalari boshlang‘ich ta’limning majburiy va bepul qilishni, o‘rta ta’limni uning barcha turlarida umum erishadigan qilishni va undan hammaning foydalanishini ta’minlashni; oliy ta’limni to‘la tenglik asosida va har bir kishining qobiliyatidan kelib chiqib barcha erisha oladigan qilishni; qonunda belgilangan o‘qishning majburiyligini ta’minlashni tavsiya etadi.
O‘zbekiston Respublikasi o‘zi olgan majburiyatlarga amal qilib uzluksiz ta’limning barqaror tizimini yaratdi, shaxsning ta’lim olish huquqini amalga oshirish mexanizmini mustaxkamlab qo‘ydi.
Xalqaro huquq normalariga muvofiq, boshlang‘ich ta’lim bepul va majburiy ekanligini, o‘rta ta’lim va uning turli shakllari umumiyligini ta’minlash, oliy ta’limni barcha o‘z qobiliyati asosida olishi O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrdagi «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni mazmunini tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida, xususan, «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunda har bir shaxs dini, tili, irqi, yashash joyi, millati, kelib chiqishi va qaerda ishlashidan qat’i nazar, teng ta’lim olish huquqiga ega deb ko‘rsatib o‘tilgan. Ta’lim olish huquqining mazmuni shundaki, O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosiga ta’lim va tarbiyaning barcha turlaridan teng foydalanish imkoniyatlarini kafolatlaydi. Ta’lim olish huquqini amalga oshirishga mavjud kuchli moddiy texnika bazasi imkon yaratadi.
Respublika ta’lim tizimida mulkchilikning barcha shakllari­dagi o‘quv yurtlari uchun majburiy bo‘lgan ta’lim darajasiga va fanlar bo‘yicha o‘tiladigan darslar hajmiga nisbatan asosiy talablarni belgilab beradigan, jahon amaliyoti mezonlariga muvofiq keladigan davlat andozalari joriy etildi. O‘zbekistonda ta’lim tizimining takomillashuvi, o‘quv rejalari va dasturining yangilanishi, o‘qitish bosqichlari va shakllarining yangilanishi respublikada ta’limni yuqori darajaga ko‘tarishga erishishni ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasida bilim olish tizimi oila va maktab­gacha tarbiya muassasalarida, boshlang‘ich, tayanch, o‘rta maktablarda, boshqa ta’lim yurtlari (gimnaziya, litsey va boshqalarda)da umumiy ta’lim olish bilan, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash tizimi bo‘yicha shakllangan. Respublikada ta’lim olayotgan shaxslarni ijtimoiy himoyalash maqsadida, ular belgilangan tartibda stipendiya, nafaqa, yotoqxona, tekin ovqat va boshqa imtiyozlar bilan ta’minlangan.
Davlatning ta’lim berish funksiyasidagi ustuvor yo‘nalish har bir insonning qobiliyatiga yarasha ta’lim olishi va uni jamiyat foydasiga, taraqqiyotiga xizmat qilishini ta’minlashga qaratilgan. Texnika va fanning yuksak darajadagi rivojlanishi har bir insonning yuqori sifatda bilimli bo‘lishini talab qiladi.
Bugungi kunda mamlakatimizda «o‘zbek modelining» muhim tamoyili bo‘lgan kuchli ijtimoiy siyosat prinsipiga monand bepul umumiy ta’lim berish masalasi konstitutsiyaviy norma bilan kafolatlangan. Mamlakatimizda iqtidorli o‘quvchi va talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularga kerakli bilim olish uchun qulay imkoniyat yaratish va rag‘batlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. SHu maqsadda, mamlakatimizda bir qancha turdagi stipendiyalar, fondlar, bolalar madaniyat uylari tashkil etilgan.
Butunjahon banki ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatimiz aholisining savodxonlik darajasi 99,34 foizga etgan. O‘ylaymizki, bu dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan ekanini izohlab o‘tirishning hojati bo‘lmasa kerak.
Bugungi kunda faqat yuksak bilimli, zamonaviy, mustaqil fikrlaydigan, intellektual rivojlangan va amaliy kasb-hunarlarga ega bo‘lgan yoshlargina mamlakatning buyuk kelajagini ta’minlashi mumkin. YUrtboshimiz ta’biri bilan aytganda, «Biz yashayotgan XXI asr – intellektual boylik hukmronlik qiladigan asr. Kimki bu haqiqatni o‘z vaqtida anglab olmasa, intellektual bilim, intellektual boylikka intilish har qaysi millat va xalq uchun kundalik hayot mazmuniga aylanmasa – bunday davlat jahon taraqqiyoti yo‘lidan chetda qolib ketishi muqarrar»2.
Intellektual jihatdan rivojlangan mamlakatda demokratik qadriyatlar barqaror rivojlanadi. CHunki intellektual boylik faqat bilim, aqlu tafakkur, ilm-fan salohiyati bilan cheklanmay, yuksak ma’naviyatni ham o‘z ichiga oladi. Bu o‘rinda, avvalo, Fransiyaning nufuzli «Insead» xalqaro biznes maktabi va Jahon intellektual mulk tashkiloti tomonidan tayyorlanib, 2012 yil 3 iyul kuni e’lon qilingan «2012 yildagi innovatsiyalarning global indeksi» nomli tahliliy ma’ruzaga tayangan holda jahonning etakchi ommaviy axborot vositalari tarqatgan bir xushxabarga to‘xtalish joiz3. YA’ni, ta’lim sohasidagi innovatsiyalar ko‘rsatkichi bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda ikkinchi o‘rinni egalladi, deyiladi mazkur xabarda.
Bu kabi yuksak e’tiroflar keyingi davrda tobora kengayib, eng muhimi, aniq ilmiy-amaliy tadqiqotlar, xalqaro tahliliy hujjat­lar, nufuzli rasmiy anjumanlarning yakuniy rezolyusiyala­rida o‘z aksini topayotgani diqqatga molikdir.
Jumladan, 2012 yil fevral oyida poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan «YUksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti» mavzuidagi xalqaro konferensiyaning ishtirok­chilari tomonidan qabul qilingan yakuniy hujjatda O‘zbekistonda ta’lim sohasida shakllangan samarali model yuksak baholanib, bu borada to‘plangan tajribalarni boshqa mamlakatlar uchun namuna sifatida tavsiya etish lozim, degan xulosaga kelindi.
Prezidentimizning 2012 yil 24 iyuldagi «Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmoni o‘z vaqtida qabul qilingan, sohadagi demokratik yangila­nishlarni mantiqiy davom ettirishga qaratilgan dasturilamal hujjat bo‘ldi.
2014 yil 15–16 may kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan «O‘rta asrlar SHarq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati» mavzuidagi xalqaro konferensiyada Prezidentimiz ta’kidlagani­dek4, ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilish dasturi hayotimizga muvaffaqiyatli joriy etilishi natijasida uzluksiz ta’limning zamonaviy talablarga javob beradigan yaxlit tizimi yaratildi. Bu tizim ta’lim jarayonlarining barcha bosqichlarini — maktabgacha va maktab ta’limidan tortib o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim bo‘g‘inini, shuningdek, xalqaro me’yorlarga mos holda bevosita fan doktori darajasini olish uchun dissertatsiya himoyasini nazarda tutadigan oliy ta’limdan keyingi bir bosqichli ta’limni o‘ziga qamrab oladi.
Mamlakatimizda keng ko‘lamli islohotlar boshlanganidan buyon oliy o‘quv yurtlari soni 4 marta oshdi, bugungi kunda 120 dan ziyod universitet va institutlarda 400 ming nafardan ziyod talaba tahsil olmoqda. O‘zbekistonda Evropa va Osiyoning bir qator etakchi oliy o‘quv yurtlarining filiallari, jumladan, Vestminster universi­teti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Turin politexnika universiteti, Rossiya neft va gaz universiteti, Moskva davlat universiteti, Rossiya iqtisodiyot universiteti filiallari faoliyat yuritmoqda. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Milliy universiteti, Fanlar akademiyasi va Buyuk Britaniyaning etakchi oliy o‘quv yurti – Kembrij universiteti bilan birgalikda YUksak texnologiyalar o‘quv-tajriba markazi tashkil etilmoqda.
2014 yilning sentyabr oyidan boshlab yurtimizda, yuqorida zikr etilganidek, Janubiy Koreyaning Inha universiteti filiali fao­liyat ko‘rsatadi, uning asosiy yo‘nalishini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kompyuter muhandisligi sohasidagi ta’lim tashkil etadi. YOshlarimizning minglab iqtidorli vakillari YAponiya, Germaniya, Janubiy Koreya, Xitoy, Buyuk Britaniya, AQSH, Fransiya va boshqa mamlakatlarning etakchi universitetlarida ta’lim olmoqdalar, bu esa ularning bilim va malakasini oshirishda keng imkoniyatlar ochib bermoqda. Bugungi kunda BMT ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatimizda ta’limga yo‘naltirilayotgan xarajatlar davlat byudjetining 35 foizdan ortig‘ini tashkil etmoqda. Boshqacha aytganda, O‘zbekiston davlat byudjetidan har yili 35 foiz mablag‘ aynan ta’lim-tarbiya sohasiga yo‘naltirilmoqda. 
Jahon intellektual mulk tashkiloti va etakchi xalqaro biznes-maktablardan biri — «INSEAD» tomonidan 2012 yilda inson kapitalining taraqqiyot darajasi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston 141 mamlakat orasida 53-o‘rinni, ta’lim tizimini rivojlantirish darajasi, jumladan, ta’lim maqsadlari uchun ajratiladigan mablag‘lar bo‘yicha esa dunyoda beshinchi o‘rinni egallagani bejiz emas, albatta.

Download 73,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish