Shartnoma – belgilangan institutsional doiralarda shaxslarning ongli ravishda va erkin tanlashi natijasi hisoblangan mulkchilik huquqlari bilan almashish va ularni himoyalash to‘g‘risidagi kelishuv.
Boshqacha aytganda, shartnoma belgilangan institutsional doiralarda amalga oshiriladigan almashuv maqsadlari va shartlarining shaxslar tomonidan ongli ravishda va erkin tanlanishini aks ettiradi.
Shartnomalarning xillari
3
Implitsit shartnoma o‘zaro hamkorlikning aniq belgilanishini istisno etadi, shartnoma tomonlari shartnomaning amalga oshirilishi jarayonida ularning tafsirlanishini nazarda tutadi.
Neoklassik yoki gibrid, «munosabatli» shartnoma o‘zida ham yollash to‘g‘risidagi shartnomaning, ham sotish to‘g‘risidagi shartnomaning unsurlarini birlashtiradi va tomonlarga kutilmagan holatlar sodir bo‘lganida uning harflariga amal qilmaslik imkonini beradi.
Klassik shartnoma, unda o‘zaro hamkorlikning barcha shartlari aniq va to‘la-to‘kis belgilangan, sotish to‘g‘risidagi shartnomadan hosil bo‘lgan shartnoma.
Xatarga betaraf bo’lgan shaxs va xatarga qarshi shaxs o’rtasidagi kelajakda shartnomaning bajarilish jarayonida amalga oshirilishi mumkin bo’lgan vazifalar doirasini belgilab beruvchi kelishuv.
Bir xil darajada xatarga betaraf bo’lgan shaxsla o’rtasidagi kelajakda shartnomaning bajarilish jarayonida amalga oshiriladiga vazifalar doirasini belgilab beruvchi kelishuv
Shaxs tomonidan faoliyatning shartnomada belgilangan sohalardagi oʼz harakatlari ustidan nazoratning topshirilishi hukmronlik munosabatlarining asosida yotadi. Hukumronlik munosabatlari bir necha xilda boʼladi:
Shartnomaviy davlat – bu faqat unga fuqarolar tomonidan topshirilgan huquqlar doirasida va ularning manfaatlari yo‘lida kuch ishlatish monopoliyasidan foydalanuvchi davlat, fuqarolar esa soliqlarni to‘lashga majburiyat deb emas, balki o‘z zimmasiga ixtiyoriy ravishda olingan burch sifatida qaraydi.
Chayqovchilik – turli tovarlarni arzon sotib olib, ularga texnologik ishlov bermasdan, qimmat sotish bilan daromad topishni ko‘zlaydigan faoliyat turi.
Shartnoma munosabatlari – tovar ishlab chiqaruvchilar bo‘lmish korxonalar o‘rtasida bitimga binoan amalga oshadigan iqtisodiy aloqalar.
Shartnoma narxlari– tovarlarni ishlab chiqaruvchi bilan uni iste’mol etuvchi o‘rtasidagi bitimga binoan har ikkala tomonning roziligiga qarab belgilangan narx.